2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi


Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar



Yüklə 265,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.12.2023
ölçüsü265,61 Kb.
#170396
1   2   3   4
2.Maruza mutaxassislik

Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. 
Ilmiy pedagogik 
adabiyotlarda ta‟lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi 
ko„rsatiladi: 
1)
umumiy nazariy bosqich; 
2)
o„quv bosqichi; 
3)
o„quv materialini o„zlashtirish bosqichi, ya‟ni, ta‟lim mazmunining 
o„quv rejasi, o„quv dasturi va darsliklar kabime‟yoriy hujjatlarda o„z ifodasini 
topishi. 
O„rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‟limi mazmuni davlat ta‟lim standarti, 
o„quv rejalari mazmunida namoyon bo„ladi. 
O„quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o„quv 
rejasi. 
Umumiy o„rta hamda o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari 
(akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o„quv rejasidavlat ta‟lim 
standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me‟yoriyhujjat bo„lib, u 


namunaviy va amaliy o„quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo„lib xizmat 
qiladi. Tayanch o„quv rejasi davlat ta‟lim standarti tarkibiy qismi sifatida 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
O„quv rejasi

me‟yoriy hujjat hisoblanib (ta‟lim muassasasi sertifikati) 
quyidagilarni belgilaydi: 
-
o„quv yili, chorak(semestr)lar va ta‟tillarning davomiyligi; 
-
ushbu ta‟lim muassasasida o„rganiladigan o„quv fanlari tartibi; 
-
o„qish yillari bo„yicha fanlarni taqsimlash; 
-
har bir fan bo„yicha yaxlit ta‟lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni 
o„rganishga ajratilgan soatlar hajmi; 
-
har bir fanni o„rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi; 
-
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu 
kabilarning davomiyligi. 
O„quv rejasida, yana shuningdek

aniq bir o„quv muassasi xususiyatlarini 
aks ettiruvchi, o„quvchilarning erkin tanlovi bo„yicha fakulьtativ va majburiy 
mashg„ulotlar aks ettiriladi. 
O„quv dasturi-muayyan o„quv fani bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalar 
mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o„rganilishi bo„yicha taqsimlash, 
mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o„rganilish darajasini 
yorituvchi me‟yoriy hujjat. 
Dasturda o„quv materialining ta‟limning har bir yili va har bir sinf, kurs 
bo„yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko„rsatilgan bilim, 
malaka va ko„nikmalarni o„quvchilar tomonidan to„la o„zlashtirilishi o„qitish 
jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi. 
O„quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo„lishi mumkin. 
Namunaviy o„quv dasturi u yoki bu ta‟lim sohasiga nisbatan davlat ta‟lim 
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O„quv dasturlari quyidagilardan 
iborat bo„ladi: 
-
ushbu fanni o„rganish maqsadlari, o„quvchilarning bilim va malakalariga 
asosiy talablar, o„qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish 
xati; 
-
o„rganilayotgan materialning tematik mazmuni; 
-
kursning alohida savollarini o„rganishga o„qituvchi sarflaydigan 
taxminiy soatlari hajmi; 
-
dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro„yxati; 
-
fanlararo va kurslararo bog„liqlikni amalga oshirish bo„yicha 
ko„rsatmalar; 
-
o„quv uskunalari va ko„rgazmali qo„llanmalar ro„yxati; 
-
tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o„quv dasturlari Oliy va o„rta maxsus ta‟lim Vazirliklari 
tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo„ladi. Namunaviy dastur 
asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o„quv 
dasturlariishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda 
ishchi dasturda regional komponenti ta‟riflanadi, o„quv jarayonini metodik, 
informasion, texnik ta‟minlash imkoniyati, o„quvchilarning tayyorgarligi darajasi 


hisobga olinadi. 
Mualliflik o„quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda 
o„quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo„lishi, u yoki bu nazariyalarni 
o„rganishga mualliflik yondashuvi, o„rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan 
mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida 
pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo„lishi kerak va 
ular mavjud bo„lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 
Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o„quv dasturlari
o„quvchilarning erkin tanlovi bo„yicha (majburiy va fakulьtativ) kurslar tashkil 
etishda keng foydalaniladi. 
O„quv fani ta‟lim muassasalarida o„quvchilarning yosh, idrok etish 
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo„yicha umumiy yoki 
mutaxassislik bilimlarini berish, ko„nikma va malakalarni shakllantirishni 
ta‟minlovchi manbadir. 
O„quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy 
belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta‟limning tarixiy rivojlanishi 
davomida ishlab chiqiladi. O„rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji 
o„quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish 
kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi. 
Ta‟lim mazmuni va o„quv dasturlari o„quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. 
Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o„quv qo„llanmalari kiradi. 
O„quv adabiyotlari orasida darslik alohida o„rin tutadi. Darslik muayyan 
o„quv fani bo„yicha ta‟lim maqsadi, o„quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq 
belgilangan ilmiy bilimlari to„g„risidagi ma‟lumotlarni beruvchi manba bo„lib, u 
mazmuni va tuzilishiga ko„ra fan bo„yicha yaratilgan o„quv dasturiga mos keladi. 
Namunaviy o„quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda 
Respublika Xalq ta‟limi, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim Vazirliklari tomonidan barcha 
maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. 
G„oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo„lgan darslik ta‟lim mazmuniga 
qo„yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o„quvchilar uchun qiziqarli, iloji 
boricha qisqa, tushunarli, ko„rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega 
bo„lishi kerak. 
Darslik bir vaqtning o„zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega 
bo„lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko„ra mustahkam asosga ega, mobilligiga 
ko„ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish 
imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo„yiladigan talablar turli-tuman va qarama-
qarshi bo„lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu 
sababli o„qituvchilar va o„quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish 
imkoniyatiga egalar. 
Darslik o„quvchilarning ta‟lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok 
etishlari, o„quv materialini to„la o„zlashtirishlarini ta‟minlashi kerak. Ana shu 
masalalarni hal etish yo„lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1)
motivasion vazifa-bu vazifa o„quvchilarni ushbu fanni o„rganishga 
yo„naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi 


rag„bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; 
2)
axborot vazifasi o„quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar 
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; 
3)
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi-ta‟lim jarayoni, uning 
natijalarini tekshirish, o„quvchilarda o„zini baholash va tuzatish layoqati hamda 
zarur bo„lgan ko„nikma, malakalarni shakllantirish uchun o„rganish mashqlarini 
tavsiya etishni nazarda tutadi. 
4)
muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta‟limning 
boshqa vositalari (xaritalar, ko„rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb 
etishni ifodalaydi; 
5)
rivojlantiruvchi–tarbiyalovchi 
vazifasi 
darslik 
mazmunining 
o„quvchilarga ma‟naviy-axloqiy ta‟sir ko„rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida 
ulardan 
mehnatsevarlik, 
faol 
fikrlash, 
ijodiy 
qobiliyat 
kabi sifatlarni 
shakllantirishdan iborat; 
6)
o„qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur 
bo„lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko„rsatish, mantiqiy 
eslab qolish kabi malaka va ko„nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida 
ko„zga tashlanadi. 
Ta‟lim mazmuni o„quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli 
xil o„quv qo„llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, 
matematika, fizika, ximiya bo„yicha masalalar to„plamlari, georafiya, biologiya 
bo„yicha atlaslar, til bo„yicha mashqlar to„plamlari va boshqalarda ochib beriladi. 
O„quv qo„llanmalari darslikning ba‟zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni 
hal etish maqsadiga ega bo„ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish). 

Yüklə 265,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin