qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti.
Ta‟lim mazmunining rivojlanishida ko„zga
tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat
miqyosida
yagona
qoidalar
va
talablar
o„rnatilishi)
hisoblanadi.
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1)
turli ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o„rta,
o„rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta‟minlovchi
mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2)
O„zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida
xalqaro ta‟lim amaliyotida umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunarta‟limi
mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta‟lim standarti:
1)
ta‟lim olish shaklidan qat‟iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak
bo„lgan ta‟lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2)
o„quv fani bo„yicha yakuniy ta‟limning yakuniy natijalarini
belgilovchi asosiy hujjat;
3)
ta‟lim dasturlari mazmunining minimumi, o„quvchilar tomonidan
bajariladigan o„quv ishlarining maksimal hajmi,
shuningdek, bitiruvchilarning
tayyorgarlik darajalariga qo„yiluvchi talablarni belgilaydi.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni bilan bir
qatorda ta‟lim standarti asosiy me‟yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan
tarjima qilinganda «me‟yor», «namuna», «andoza», «model» ma‟nolarini anglatadi.
Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta‟lim muassasalarida ta‟limning
barqarorlik darajasini ta‟minlashga erishiladi, o„quv ishlari normativlari
moslashtiriladi, o„quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
O„quvchi davlat tomonidan belgilangan ta‟lim standarti bilan cheklanishlari
mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil
shug„ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo„lgan
yoki qiziqarli
bo„lmagan fanni o„rganishda o„quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum
bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, o„quvchi o„ziga mos keladigan ta‟lim yo„lini anglagan
holda va mustaqil tanlab, o„z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini
amalga oshirishga imkoniyatga ega bo„ladi. Shakli va mazmuni bo„yicha
tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o„quvchilarga va ularning ota-
onalariga yetkaziladi.
Ta‟limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida,
mukammal ravishda o„quv rejalari
va dasturlarini ishlab chiqish, ta‟limning
ma‟lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o„zi
ta‟limga nisbatan yaqin davrlardan qo„llanila boshlangan. Davlat ta‟lim standartlari
ta‟lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta‟lim mazmuni minimal hajmini qayd
etish va ta‟lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta‟lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas
edi. O„zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo„qligi XX asrning 80-
yillarida ko„pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo„lishiga
olib keldi.
Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta‟lim standartlari har bir fan
bo„yicha o„zlashtirilishi zarur bo„lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga
imkon berdi.
Davlat ta‟lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko„ra quyidagilardan
iboratdir:
1.
Ta‟limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o„rganish
ob‟ektlari va asosiy mazmunli yo„nalishlari ko„zda tutiladigan o„quv fanining
umumiy ta‟rifi.
2.
O„quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasinitasvirlash.
3.
Ta‟limning majburiy natijalarini ifodalash, ya‟ni o„quvchilarning o„quv
tayyorgarliklari zarur bo„lgan minimal darajasiga talablar.
4.
Bilim, ko„nikma va malakalarga qo„yiluvchi talablar,
bu ularning
majburiy tayyorgarliklari darajasining “o„lchamidir”, ya‟ni, tekshirish ishlari,
testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o„quvchilar tomonidan
talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo„ladi.
DTSni, uning talablarini bajarish O„zbekiston Respublikasi hududida
faoliyat ko„rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo„ysunishdan qat‟i nazar
barcha ta‟lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟limning DTS quyidagi tamoyillariga
tayangan holda ishlab chiqiladi:
-
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
-
o„quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog„liqligi;
-
umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟limning boshqa ta‟lim
turlari va
bosqichlari bilan uzluksizligi va ta‟lim mazmunining uzviyligi;
-
umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟lim mazmunining insonparvarligi;
-
ta‟lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va
yaxlitligi;
-
umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟limning mazmuni, shakli, vositalari
va usullarini tanlashda innovasiya (ilg„or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
-
pedagogik tafakkurda qaror topgan an‟anaviy qarashlar bilan «Ta‟lim
to„g„risida»gi Qonun mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
-
ilg„or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta‟lim sohasida me‟yorlarni
belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟lim
muassasalari uchun tayanch o„quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o„quv reja
ta‟lim sohalarini me‟yorlash hamda ta‟lim muassasalarini moliyaviy ta‟minotini
belgilashga asos bo„luvchi davlat hujjati sanaladi.
Tayanch o„quv rejasi o„quv predmetlari bo„yicha beriladigan ta‟lim
mazmunini o„quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o„quv soatlarining manimum
hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma‟lum o„quv
predmeti bo„yicha davlat ta‟lim standartlariga muvofiq beriladigan ta‟lim
mazmunini aniqlashga asos bo„ladi.
Har bir sinf yakunida o„quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo„lgan
bilim, ko„nikma va malakalar ta‟lim (o„quv) predmetlari bo„yicha ishlab chiqilgan
o„kuv rejasi va dasturlarida o„z ifodasini topadi.
DTS (davlat ta‟lim standarti) ta‟lim mazmuni shakllari vositalari, usullari
va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta‟lim mazmunining o„zagi
hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko„rsatayotgan turli
ta‟lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta‟limning barqaror darajasini ta‟minlash
sharti amalga oshiriladi. DTS o„z mohiyatiga ko„ra o„quv dasturlari, darsliklar,
qo„llanmalar, nizomlar o„quv rejasi va boshqa ma‟yoriy hujjatlarni yaratish uchu
nasos bo„lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish O„zbekiston
Respublikasi hududida faoliyat ko„rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy
bo„ysunishdan qat‟i nazar barcha ta‟lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o„rta (kasb-hunar va oliy) ta‟limning DTS quyidagi tamoyillariga
tayangan holda ishlab chiqiladi:
Dostları ilə paylaş: