Texnik - iqtisodiy qism: korxonani qurish uchun tanlangan joyni, ishlab chiqarish quwati, dasturi va korxona tarkibini asoslash; korxonani asosiy material resurslari bo'yicha ta’minlash usuli va ta’minlovchilar haqida ma’lumot; korxonani xomashyo, yoqilg'i va energetik bazalari tavsifi; asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni maxsuslashtirish va kooperatsiya masalalarini asoslash; mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirish darajasi; turar joy uchun quriladigan binolar haqida ma’lumotlar; korxonaning asosiy vositalari va kapital sarf xarajatlar tahlili; asosiy, texnik - iqtisodiy ko'rsat- gichlar; qurilishni iqtisodiy samaradorligining tahlili. Bosh reja va transport: qurilish ishlarini bajarish uchun tanlangan hududning holat rejasi, qurilish ishlari olib boriladigan maydonning tavsifi; mavjud, loyihalanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va buzilishi kerak bo'lgan bino va inshootlar, transport yo'llari va kommunikatsiya, ko'rsatilgan korxonaning bosh rejasi hamda bosh reja asosida korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari. Texnologik qism: Korxona bo'yicha: ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi va tavsifi, ishlab chiqarish dasturi, korxonaning ishlab chiqarish tarkibi, ishlab chiqarish sxemasi; texnik yechimlarni, yangi texnologik jarayonni asoslash va tavsifi, ularning taqqoslash; asosiy materiallar, yoqilg'i, elektr energi- yasiga bo'lgan ehtiyoji hamda ma’lumotlar; elektroenergiyasi, issiqlik, gaz, qisilgan havo va energiyani boshqa turlari bilan ta’minlash haqidagi qabul qilingan yechimlar, kadrlarga bo'lgan ehtiyoj hamda qo'llanilgan an’anaviy loyihalarning ro'yxati va pasporti. Asosiy ishlab chiqarish sexlari bo'yicha. ishlab chiqarish das- turi, sexlarning ish rejimi, asosiy jihozlar va transport qurilma- larini tanlash hamda ularning zarur bo'lgan soni hisobi; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarining ish hajmi; elektr energiyasiga bo'lgan ehti- yoj, elektr energiyasi bilan ta’minlanish sxemasi; asosiy jihozlarni ko'rsatilgan holda sex va asosiy uchastkalarning rejali joylash- ishi; yarimfabrikat, asosiy materiallar, yoqilg'i, suvga bo'lgan ehtiyoj; sexda ishlovchilar tarkibi va sexning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari. Qurilish qismi:asosiy bino va qurilmalaming sxemali rejasi, ularning qisqacha tavsifi; korxonada ishlovchilarga maishiy xizmat ko'rsatish bo'yicha qabul qilingan yechimlar bayoni; suv va oqova suvlarga bo'lgan ehtiyoj hisobi; oqova suvlarni tashlash joylari va ularni tozalash usullari; suv bilan ta’minlash, kanalizat- siya va asosiy qurilmalaming sxemasi; isitish uchun zarur bo'lgan issiqlik va energiya xarajati. Sanitar-texnik va ishlab chiqarishni suv bilan ta’minlash qismidasuv bilan ta’minlash manbalarining mavjudligi, ishlab chiqarish kanalizatsiyasi, sex ichidagi sanitar-texnik qurilmalar hamda boshqa inshoot va qurilmalaming mavjudligi ko'rsatiladi. Energetika qismidaquyidagi ko'rsatkichlar, ya’ni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlash, issiqlik va bug' man- balari, qisilgan havo va gaz bilan ta’minlash, sexning ichidagi ishlab chiqarish quvurlari, sinov shoxobchalarining energetik texnologik ko'rsatkichlari va boshqalar ko'rsatiladi. Yuqoridagi ko'rsatkichlarning barchasi jamlanadi va tahlil qilinadi hamda yangi ishlab chiqarish tizimiini yaratish uchun texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Oabul qilingan texnik-iqti- sodiy asosdagi texnik yechim rivojlanish yo'nalishlarining kela- jagi borligi quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak: yangi texnikani, progressiv tejamkor texnologiyalarni, yuqori avtomat- lashgan dastgohlarni, EHM ni tatbiq qilinishi hamda ularni das- turlar bilan ta’minlash. Yangi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimi o'zining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan xorijdagi eng yaxshi namunalaridan ustun bo lishi kerak. Loyihalashdan oldin to'plangan barcha boshlang'ich ma’lumotlar loyihalash uchun topshiriqning asosi qilib olinadi. Loyihalash uchun topshiriqni loyihaning buyurtmachisi loyihalovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqadi. Loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish tex- nik-iqtisodiy asoslangan ma’lumotlami hisobga olgan holda ba- jarilishi zarur. Loyihalash uchun topshiriqda yangi sexni qurish uchun maydonni tanlashni asoslash keltiriladi va korxonani bosh rejasi- dagi joylashish o'mining maydoni haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu ma’lumotlarda maydonchaning sharoiti, relefi, o'lchamlari to‘g‘risida va boshqa kerakli ma’lumotlar bo'ladi. Bundan tashqari, mahsulotni ishlab chiqarish hajmini natural yoki baho ko'rinishda beriladi. Oqim bo'yicha bo'lmagan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish dasturi keltirilishi mumkin. Topshiriqda, ya’ni sexda qanday zagotovka, yarim- fabrikatlar tayyorlash, mahsulotlarni boshqa korxonalardan olish va qanday mahsulotni yuborilishi hamda ishlab chiqarishni ish- lash maromi ko'rsatiladi. Bundan tashqari, topshiriqda ishlab chiqarishning ish rejimi hamda tasdiqlangan me’yorlar bo'yicha dastgohlarning yillik ish- lash samarali vaqt fondi, ish o'rinlari va ishchilar soni ko'rsatiladi. Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishi jihozlarining yillik ishlash samarali vaqt fondi 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1-jadval
Jihozlarning yillik ishlash samarali (hisobiy) vaqt fondi, soatda
Ishlash rejimi
Jihozlar
bir smenali
ikki smenali
uch smenali
Metall kesuvchi jihozlar
Metall kesuvchi dastgohlar, og'irligi bo'yicha: 10 tonnagacha
2040
4060
6060
10-100 tonnagacha
2000
3985
5945
Dastur bilan boshqariladigan (DB) metall kesuvchi dastgoh- lar, og'irligi bo'yicha:
1.2-jadvalda esa ishchilarning yillik ishlash samarali vaqt fondi keltirilgan. Vaqtning samarali yillik fondi nominal vaqt fondi bilan yo'qotilishi mumkin bo'lgan vaqt orasidagi farqqa tengdir. Yo'qotilgan vaqt dastgohlarning bekor va yaroqsiz holda turib qolishi va rejali ta’mirlashga ketgan vaqtlardan kelib chiqadi. 1.2-jadval
Ishchilarning yillik ishlash samarali vaqt fondi