2-mаvzu. Mashinasozlik korxonalarini loyihalash asoslari. Reja



Yüklə 196,37 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü196,37 Kb.
#172966
1   2   3   4
Ma\'ruza №2

36

24

1820

36

36

1520



Loyihalash uchun topshiriqda atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish bo'yicha ham talablar qo'yiladi. Mashinasozlik jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ushbu ma- salaga katta e’tibor berilishi zarur. Shu bilan birga bo‘lim va sexlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirilgan bosh- qarish tizimi (ICHJABT)ni yaratish zarurligi awaldan ko'rsatiladi, ya’ni boshqarishni tashkil qilishni yangi, yuqori turini o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu axborotlami qayta ishlash va uzatish, yig'ishni avtomatlashtirilgan, zamonaviy vositalarini qo'llash aso- sida amalga oshiriladi. ICHJABTning mohiyati ishlab chiqarish tizimini dastur asosida boshqarishdan iborat.
Topshiriq tarkibiga texnik-iqtisodiy asos (TIA) bo'yicha ish­lab chiqarishni kengaytirish taklifi bilan qurilish yoki sohani rivojlantirish sxemasi ko'rsatiladi; qayerda, qachon va nimaning hisobidan ushbu kengaytirish ko'zda tutilganligi va uning ko‘- lamining maksimal qiymati ko'rsatiladi. Qurilishning amaldagi me’yorlari asosida belgilangan muddati, uni tatbiq qilish tarkibi va komplekslarni ishga tushirish ketma-ketligi ko'rsatiladi.
Bulardan tashqari topshiriqda optimal yechimni tanlash uchun loyiha yoki uning qismlarining variantlarini yaratish uchun talablar ko'rsatiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, taklif qilinayotgan variantlaming ko'pligi loyihaning sifatini oshirish imkonini beradi, lekin shu bilan birga loyihalash uchun sarflangan mablag'lar ham ortib ketadi. Ko'p variantli yechim hali o'zlashtirilmagan yoki juda ham murakkab ishlab chiqarish texnologiyalari, murakkab jihozlarning yangi turlari yoki murak­kab qurilish yechimlari bo'lgan holda qo'llaniladi.
Shu bilan birga loyihalash uchun topshiriqda loyihalash bosqichlari ko'rsatilgan bo'lim bo'lishi kerak. Ko'pincha loyiha­lash bitta (ishchi loyiha) bosqich yoki ikkita (loyiha va ishchi hjjatlar) bosqichlardan iborat bo'ladi. Bir bosgichli loyihalash an’anaviy, qaytariluvchi yoki murakkab bo'lmagan obyektlar uchun qo'llaniladi.
Loyihalanayotgan mexanika-yig'uv sexlari amaldagi me’yor- lar, qoidalar, ko'rsatmalar va standartlar bo'yicha loyihalanib, shundan keyin ishlab chiqilgan loyiha ekspertiza qilinadi.
Korxona qurish uchun joy taniash
Sanoat korxonasini qurish uchun hudud taniash belgilangan texnik-iqtisodiy asoslar bo'yicha amalga oshiriladi. Tanlangan hududda korxona uchun maydon tanlab asoslanadi.
Hudud tanlashda quyidagi asosiy omillarga e’tibor qaratiladi: xomashyolarning mavjudligi va ulargacha bo'lgan masofa; yonil- g'i bilan ta’minlanganligi; elektr qurilmalari mavjudligi va sharo- iti; transport yo'llarining mavjudligi, ularning holati va foydalan- ish imkoniyati; mahsulot bilan ta’minilanuvchilargacha bo'lgan masofa; tuproq, qurilish materiallari, ishchi kuchi bilan ta’min- lanish darajasi; sanoat hududining turar joy hududiga yaqinligi; korxona qurish uchun bo sh joy va uning holati; gidromete- reologiya va iqlim sharoiti va boshqalar.
Tanlangan hududda korxona qurish uchun maydon tanla- nadi. Maydon tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
korxona binolari va qurilmalarini qulay sharoitda joylashti- rishni ta’minlay oladigan darajada maydonning yetarli miqdord- agi o'lchami va konfiguratsiyasi, korxonani kelgusida kengayti- rish masalasiga;
energiya bazalarining yaqin joylashganiga, agar hududda elektrostansiyasi mavjud bo'lsa, u holda maydon imkoniyatini yanada oshiradi;
suv bilan ta’minlanganligiga, kanalizatsiya magistrallari, oqova suvlari, to'kish joylarining mavjudligi;
maydon gruntining qoniqarli xususiyatiga, shuni hisobga olish kerakki gruntning yomon holati qurilishning qimmatla- shishiga olib keladi;
maydon va atrofdagi joyning qulay relefiga, bunda may- donni tekislash ishlariga kam mehnat sarflanadi;
maydon hududiga temir yo'l, relssiz transport yo'llarini keltirish imkoniyatiga;
daryo suvining ko'tarilishi natijasida maydonning suv ostida qolish xavfining va yerosti suvlarining yo'qligiga;
maydonning qoniqarli sanitar-gigienik holatiga (atrofida botqoq, ifloslangan joy va axlatxonaning yo'qligi);
aholi yashash joyiga yaqinligiga, ya’ni korxona uchun ish­chi kuchining jalb qilinishi;
sanoat korxonasining yaqinligiga, bunda korxonaning elektr energiyasi, issiqlik, gaz, bug', suv bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya va tozalash inshootlari, korxona qurilmalari, aholi yashash joylarini birgalikda qurish imkoniyati bo'ladi.
Korxona qurish uchun maydon tanlashda korxona va aholi yashash joyi orasida sanitar himoya zonasi bo'lishini e’tiborga olish zarur.
SINOV SAVOLLARI
Yig'ma chizma va mahsulotning umumiy ko'rinishida qanday ma’lumotlar ko'rsatiladi?
Detallar spetsifikatsiyasida qanday ma’lumotlar ko'rsati­ladi?
Konstruksiya bayonida nimalarni yoritilishi kerak?
Hozirgi zamon samarali ishlab chiqarishini yaratish uchun nimalar talab qilinadi?
Loyihalashdan oldin qaysi bosqichlardan o'tiladi?
Tekshirishning asosiy maqsadi nima?
Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishdan oldin tadqiqot qilish qismlari nimalardan iborat bo'ladi?
Yangi ishlab chiqarishni loyihalashdagi asosiy toshiriq- larni ko'rsating.
Hozir ishlab turgan ishlab chiqarishni rekonstruksiya- lashning loyihalashdagi vazifalarini belgilab bering.
Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishini loyihalashda qanday asosiy qismlar mavjud?
Topshiriq tarkibiga nimalar kiradi?
Topshiriqqa qanday talablar qo'yiladi?
Texnik iqtisodiy asoslash qanday ishlab chiqiladi?



Yüklə 196,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin