1-mavzu:
BOG‘LANISH VA BOG‘LANISH REAKSIYALARI.
KUCH MOMENTI.
Reja:
1. Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari.
2. Bog‘lanishlarning asosiy turlari va ularning reaksiya kuchlari.
3. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti.
4. Juft kuch. Juft kuch momenti.
5. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektori.
6. Kuchning o‘qqa nisbatan momenti.
1. Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari. Qattiq jism unga ta’sir
etayotgan
kuchlar ta’sirida fazoning ixtiyoriy tomoniga harakat qila olsa, bunday jism erkin jism
deb ataladi.
Agar jismning holati yoki harakati biror sabab bilan cheklangan bo‘lsa, bunday
jism bog‘lanishdagi jism deyiladi. Jismning holati yoki harakatini cheklovchi sabab
esa bog‘lanish deyiladi. Bog‘lanishning jismga ko‘rsatadigan ta’siriga bog‘lanish
reaksiya kuchi deyiladi. Bog‘lanish reaksiya kuchi bog‘lanishdagi jismning harakati
cheklangan tomonga teskari yo‘naladi.
Bog‘lanishdagi jismlarning bog‘lanish reaksiya kuchlarini aniqlash statikaning
asosiy masalalaridan hisoblanadi. Bu masalani yechishda bog‘lanishdagi
jismning
harakatini yoki muvozanatini erkin jismning harakati
yoki muvozanatiga keltirib
tekshirish lozim bo’ladi.
Bog’lanish
reaksiyalari ham vektor
ko’rinishidagi kuch bo’lib,
ushbu kuch
faqat aks ta’sir
sifatidagina mavjud
bo’ladi. Agar bog’lanish
olib tashlansa
uning reaksiyasi nolga teng bo ‘ladi.
Shuning uchun reaksiya kuchlari ko’p
hollarda passiv kuchlar deb ataladi.
Bog’lanishlarning turlari juda ko’p, shunga ko’ra
ularning reaksiyalari ham
turlicha bo’ladi. Reaksiya kuchlarining son qiymatlari har bir masalada jismga ta’sir
etayotgan kuchlar sistemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi.
Shuning uchun bog’lanishlarning reaksiya kuchlari kuchlarini yo’nalishlarini
aniqlash yo’llari bilan tanishib o’taylik.
1. Silliq yassi yuzadan iborat bog’lanish.
Silliq yassi yuzali bog’lanish deb, shunday yuzaga aytiladiki uning ustida turgan, yoki
unga suyanib turgan jismga xech qanday ishqalanish kuchi ta’sir etmaydi.
a) Jism silliq sirtga tiranib turgan bo’lsin.
Bu holda reaksiya kuchi jism hamda silliq sirtning o’zaro tegib turgan nuqtasi orqali
o’tkazilgan urinma tekislikka perpendikulyar yo’naladi (1.1a, 1.1b – rasmlar)
1.1 a- rasm
1.1 b- rasm
Buning uchun bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipidan foydalanish zarur. Bu
prinsipga ko‘ra, bog‘lanishdagi jismni erkin jism shakliga
keltirish uchun jismga
ta’sir etuvchi kuchlar qatoriga bog‘lanish reaksiya kuchini ham qo‘shish kerak.