2.Soha lug’atlari bilan ishlash Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga yetkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili” da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb-hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan , kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Tilshunoslikda soha atamalarining turli jihatlarini yoritishga doir anchagina izlanishlar olib borilgan. Ushbu muammolarni tadqiq etishga tilshunoslardan N.Dmitriev, N.Baskakov, A.Reformatskiy, V.Danilenko, N.Mamatov, S.Ibrohimov, M.Abdiev va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Turkiy tillar materiallari asosida uning terminologik tizimini o‘rganish o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. Bu davrgacha qator turkiy tillarda har xil sohalar bo‘yicha terminlar yuzaga keldi, darsliklar nashr qilindi, rus tilidan ilmiy-texnik adabiyotlarning, turli-tuman o‘quv qo‘llanmalarning tarjima qilinishi sohalar terminologiyasining shakllanishiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi va 50-yillargacha shakllanib ulgurgan, katta lisoniy materiallarni o‘zida jamlagan tarmoqlar terminlarini o‘rganish, ularni tartibga solish tilshunoslik fani oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Shu tariqa milliy turkiy tillarda terminologiya masalalarini tadqiq qiluvchi dastlabki ilmiy ishlar maydonga keldi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo`mitasinang roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday yozilgan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki tadqiqot 1955- yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti, ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan farqli jihatlari, atamaning ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u bilan bog‘liq holda yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi atamashunosligining boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha tahlil etilgan.