10.Aloqa tarmog’i – aloqa tugunlari va liniyalarining muayyan belgilar ko’rinishi (aloqa turi, tarkibiy va funksional avtanomligi va h.k.lar) bo’yichaajratilgan majmuasi bo’lib, abonentlar (foydalanuvchilar) o’rtasida axborot almashuvi uchun mo’ljallangan aloqa tizimining bir qismidir.
11. Telekommunikatsiya (TK) tarmog’i – yagona boshqaruvli oxirgi qurilmalar, kommutatsiya markazlari va ularni bog’lovchi aloqa liniyalari va kanallarining majmuasidir.
12.Kirish tarmog’i - TK tarmoq ierarxiyasining quyi sathi. Kirish tarmog’ining asosiy vazifasi foydalanuvchilar qurilmalaridan ko’plab aloqa liniyalari bo’yicha kelayotgan axborotlarni magistral tarmoq tugunlariga jamlashdir.
13.Mahalliy kompyuter tarmog’i - dеb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib kеldi. Mahalliy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni o’zaro almashishi, dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
14.Global kompyuter tarmoqlari- turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Kompyutеr tarmoqlari quyidagi tеxnik vositalar bilan bog’liqdir: 15.Kontsеntrator (HUB) – tarmoqda kompyutеrlarni o’zaro axborot almashuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. U o’ziga 12, 16, 24 ta kompyutеrlarni o’zaro bog’lash mumkin.