Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy terminlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining
muayyan taraqqiyoti va takomillashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti asosida ish yuritiladi. Bozor hamma joyda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi makondir. Bozor hozirgi davrda erkin iqtisodiyot degan tushunchani anglatadi. Darhaqiqat, iqtisodiyot taraqqiyotida ixtiyoriylik bo‘lmasa, uning obyektivligi yo‘qoladi.
Terminologiya sohasidagi sinonimiya, ayrim terminlar qo‘llanishdagi har xilliklar, imloviy qoidalarga rioya qilmaslik, iqtisodiyot yo‘nalishlaribo‘yicha lug‘atlar yaratilmaganligi ana shu hal etilmayotgan masalalar qatoriga kiradi. Terminologik tizimlarning shakllanishi va qaror topishi sohasidagi kuzatishlardan shunday holat ayon bo‘ladiki, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi ham, asosan, ikki manba: o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va xorijiy tillar unsurlari (so‘z va so‘z birikmalari) asosida rivojlanib va boyib borgan. Bu manbaning birinchisi asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) tub leksik qatlam, o‘zbek tilida qadimda iste`molda bo‘lgan yoki iqtisod sohasida yangi tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilgan lug‘aviy birliklar hamda ular asosida ona tilining so‘z yasovchi vositalari bilan yangidan hosil qilingan terminlar hisoblanadi. Ikkinchisi, o‘zga tillar, aniqrog‘i, fors-tojik arab va rus tilidan o‘zlashtirilgan qatlamdir.
Iqtisodiyot terminologiyasining yuzaga kelish va taraqqiyot bosqichlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida iqtisodiy terminlar quyidagi tarzda shakllanmoqda.
1. O‘zbek tilida iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshladi: haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, su¨urta, savdo, omonat, g’amlama va boshqalar.
2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtirilayapti, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatilmoqda: taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, qadrli, yetakchi, yig’im, qaydnoma, baho, xo‘jalik. Semantik-sintaktik usulda so‘z yasalishi natijasida boshqa sohalarga tegishli so‘zlar iqtisodiyot terminologiyasini mulkiga aylanmoqda: daromadning qoldi¨i, bozor hajmi, foyda miqdori, qiymat solig’i, kreditning elastikliligi, talabning egiluvchanligi, o’zgaruvchan narx, pul massasi, pul undirish, iqtisodiy o’sish, etakchi valyuta, o’rinbosar tovarlar, o’rmalovchi inflyatsiya.
3. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: ijarachi, nazoratchi, moliyachi, i¢tisodchi, iste`molchi, jam¨arma, uyushma, ustama, undirma, tejamkor, tadbirkor, i¢tisodiyot, ¦isobot, ra¢obat, ta’minot, bojxona, zarbxona, ¢arzdor, sarmoyador, mulkdor, xaridor, ¦issador, shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, boylik, rentabellik, beba¦o, befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chi¢im, bitim, to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aktsiyadorlik.