2-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/7
tarix25.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#102478
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja

Qo’l bilan parmalash. Agar parmalash dastgohidan foydalanishning iloj i bo’ Imasa, unda qo’ Ida parmalashga to’ g’ri keladi. Qo’ 1 bilan parmalash qo’l yoki elektr parma yordamida amalga oshirilishi mumkin

O‘tkir jag‘li ombir (43-rasm) sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular U7 markali asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi va jag‘lari toblanib bo‘shatiladi, so‘ngra charxlab o‘tkirlanadi. O‘tkir jag‘li ombirlar duradgorlik ombiriga o‘xshash bo‘lib, har xil o‘lchamda tayyorlanadi.

43- rasm. O‘tkir jag‘li ombir.


Undan mixlarni surish maqsadida foydalanish mumkin emas. O‘lchamlariga mos keladigan yo’g‘onlikdagi sim va sterjenlarni qo‘ldagina qirqish kerak. Qo‘lning kuchi yetmagan hollarda bolg‘alab qirqishga yo’l qo‘yilmaydi. Bolg‘alash natijasida jag‘lar sinishi, uchib yetishi mumkin. O‘tkir jag‘li ombir bilan qirqish mumkin bo‘lmagan qattiq va yo’g‘on simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi.
Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo’li bilan pazlar, shlitsalar ham ochiladi.
Slesarlik arralari dastaki (44- rasm, a) va stanokli (44-rasm, b) arralarga bo‘linadi.

44- rasm. Slesarlik arralari:
a-dastaki, b-stanokli: 1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va quloqli gayka.
Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka).
Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo‘lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki Unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish mumkin.
Arra polotnosining uzunligi 250—300 mm, eni 12—15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo‘lib, ular U10, U10A; U1,2> U12A markali uglerodli, SHX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po‘latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo‘lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8—1 mm bo‘lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo‘lgan po‘lat va cho‘yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po‘latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.
Slesarlik arralarining tishlari dura’dgorlikdagi tiluvchi arralarning tishlariga o‘xshash qiyshiq tishli bo‘lib, polotnoni stanokka o‘rnatishda tishlarni oldinga — tortqi vint tomonga qaratib o‘rnatiladi (44- rasm, b) va tortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni taranglashda quloqly gayka qo‘l bilan buraladi. Ortiqcha tarang tortilgan, shuningdek, salqi o‘rnatilgan polotno ish vaqtida uzilib yoki tishlari sinib ketishi mumkin. SHuning uchun uni normal holda taranglash kerak
Arra polotnosi arralanadigan materialning o‘lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka tekisligiga tik o‘rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda polotno ramka tekisligida o‘rnatilib, uzun o‘lchamdagilarini arralashda esa 90° ga burib o‘rnatiladi.
Stanokka yangi polotno o‘rnatish yoki polotnoning holatini o‘zgartishda quloqli gayka bo‘shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa o‘lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo‘lishi mumkin) polotno o‘rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi sozlanadi.
Zubilo
Zubilo – metallarni qirqishda kesuvchi asbob sifatida chilangarlik asbobi bo‘lib, metalni kesish, tunukadan zagatovka qirqib olish, teshik va ariqchalar ochish, metall sirtidan g‘adir-budurlarni tozalashda ishlatiladi.
Zubiloning o‘rta qismidan ko‘ndalang kesimining yuzasi oval shaklida bo‘ladi. Bunday shakldagi zubilo ishlatish uchun qulaydir, chunki u qo‘lda sirg‘alib va aylanib ketmaydi.
Zubiloning tig‘ini kengligi 5 mm dan 25 mm gacha pona shaklida cho‘ziladi va shundan so‘ng kerakli darajada o‘tkirlik burchagi yo‘niladi. Zubiloning uriladigan qismi, ya’ni kallagi odatda konussimon qilinadi va bo‘rttiriladi. Mana shu shakl zubiloning bolg‘a zarbiga chidamligini oshiradi.

Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi.



45-rasm. Zubilo (a) va kreysmeysel (b).

Zubilo ish qismi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi.


Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubilo har xil burchak ostida charxlanadi, ya’ni uning o‘tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo‘ladi: cho‘yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o‘rtacha qattiqlikdagi metall materiallar (po‘lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (mis, latun, alkxmin qotishmalari) uchun 35—45°.
Zubilolar 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ining eni Unga mos ravishdaYU, 15, 20 va 25 mm bo‘ladi. .,
Zubiloning ish qismi toblanadi va bo‘shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po‘lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda tig‘ o‘tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa toblash yaxshi o‘tkazilgan hisoblanadi yoki zubiloning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko‘riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo‘lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi.
YAKreysmeysellar tor ariqchalar (kanavkalar), shponka pazlari ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, ular zubilodan tig‘ining ensizligi va tanasining qalinligi bilan farq qiladi. Ularning materiali, o‘tkirlik burchagi, toblan ganlik darajasi zubsloniki bilan bir xil bo‘ladi.

46- rasm. Zubiloni charxlash (a):1-charxtosh, 2-prujina, 3-quloqli gayka, 4-himoya ekrani, 5- shkiv, 6-tasma, 7-val, 8-magnitli yurgizgich, 9-vanna, 10-sozlovchi bolt, 11-tirgak; o‘tkirlik burchagini tekshirish (b)

Zubilo va kreysmeysellar elektrikcharxlarda (46-rasm, a) charxlanadi. CHarxlash vaqtida ularni tirgak 11 ga tirab charxtoshga ohista bosiladi. So‘ngra toshning eni bo‘ylab Ung va chap-ga surib boriladi. CHarhlanuvchi asbobni toshga qattiq bosmaslik kerak. Aks holda u qizib ketadi, buning natijasida kesish xususiyatini yo’qotadi. Asbob charxtoshga ohista bosilishidan qat’iy nazar charxlash davomida uni tez-tez suvga botirib, sovutib turish kerak. O‘tkirlik burchagi maxsus burchak o‘lchagich andaza yordamida tekshirib boriladi (46-rasm, b).


Slesarlik bolg‘alari (47-rasm). Metallarni bolg‘alash (egish, bukish, to‘g‘rilash), parchinlash, zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo‘lib (47- rasm, a, b) og‘irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo‘ladi. Bolg‘alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.

47- rasm. Slesarlik bolg‘alari:
1—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.

Bolg‘alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag‘och, eman kabi qattiq, qayishqoq yog‘ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo‘lishi kerak. Dastaning bolg‘aga puxta o‘rnashini ta’minlash uchun Unga metall yoki yog‘och ponalar qo-qiladi.


Slesarlik o‘quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko‘rganda yog‘och to‘qmoq (kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yu-maloq va to‘g‘ri to‘rtburchaklik muhrali qilib tayyorlanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin