Bunda avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali
ifodalanadi.
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o’z navbatida, pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam ko’rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o’z
qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi ko’p hollarda amaliyotda xuddi shunday javob choralarining qo’llanilishiga olib keladi