Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir
bo’ladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining
yo’nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur bo’lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini ko’paytirishdir.