Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlar shaxsiy tashabbus ko’rsatmasa va jamiyatning ko’pchilik a’zolari samarali mehnat qilmasa, iqtisodiyotni talab darajasida rivojlantirishni ta’minlash qiyin. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag’batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo’yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim. Bu holda mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo’ladi, ya’ni soliq stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqar-tiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o’z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari o’sish bazalarining pasayishiga olib keladi.