2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Qayta qurishning 1-bosqichi (1985-1987-yillar)



Yüklə 82,05 Kb.
səhifə2/6
tarix05.11.2022
ölçüsü82,05 Kb.
#67476
1   2   3   4   5   6
2-мавзу. янги

Qayta qurishning 1-bosqichi (1985-1987-yillar):

  • Ma’muriy-tashkiliy tadbirlar avvalgidek buyruqbozlik asosida olib borildi

  • Bu bosqichdagi vazifa – ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish edi

  • Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratildi

  • 1986 yildan mamlakat iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaydi. 1 - bosqich mag'lub bo'ldi

Qayta qurishning 2-bosqichi (1987-1990-yillar):

  • Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga harakatlar bo‘ldi. Asosiy maqsad sovet jamiyatini to'liq demokratlashtirish deb aytildi

  • 80-yillar 2-yarmida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Markaz o'z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O'zbekistonda "O'zbek ishi", "paxta ishi" kabi uydirmalarni o'ylab topdi

  • Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh Respublikalarda milliy o'zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo'yildi.

“Qayta qurish” siyosati nima uchun muvaffaqiyat qozonmadi?
- Siyosiy boshqaruvdagi va iqtisodiyotdagi muammolar atroflicha o‘rganib chiqilmadi, tahlil qilinmadi. Natijada olib borilgan iqtisodiy-siyosiy islohatlarda palapartishlik yuz bedi. Iqtisodiy islohotlar oxiriga etkazilmasdan, siyosiy islohotlar boshlab yuborildi. Natijada iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayish, iqtisodiy inqiroz boshlanib ketdi. Iqtisodiy inqiroz ijtimoiy-siyosiy inqirozni ham keltirib chiqardi.
- Demokratiya, oshkoralik, so‘z erkinligi shiorlari ko‘plab muammolarni oshkora aytilishiga, KPSSning xato va kamchiliklarini oshkor bo‘lishiga olib keldi. Ilg‘or fikirli kishilar tomonidan xo`jalik yuritishning ma`muriy buyruqbozlik usuli jamiyatni moddiy-iqtisodiy ahvolini og`irlashtirib qo`yganligi oshkora aytila boshlandi. Amalda kommunistik partiyaning qayta qurish siyosati quruq ritorika va deklaratsiya asosida bo'lib, hech qanday amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining tub asoslari adolatsizlik negiziga qurilganini, rivojla­nishga noqobil ekanini oshkor etib qo'ydi. Natijada yillar davomida jamiyat ongiga singdirib kelingan “komunistik partiya belgilab bergan yo‘l birdan-bir to‘g‘ri yo‘l” degan qarashlarga jamiyatda ishonchsizlik paydo bo‘la boshladi.
- Mustamlakachilikka asoslangan tizimning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyat yanada keskinlashib bordi. Qayta qurish kontsepsiyasida ilgari surilgan har qanday chaqiriqlar milliy respublikalar manfaatlarini ifodalamasligi, o`zining ishonchsizligi va har jihatdan asossizligi bilan cheklangan bo'lib, u manfaatlari har xil bo‘lgan respublikalar va ruslar etakchiligiga asoslangan SSSR tarkibida yagona taraqqiyot yo‘lini ta'minlay olmas edi. Natijada mustabidchilikka asoslangan tuzumni qayta qurishning har qanday siyosiy chora - tadbirlari milliy respublikalarning manfaatlariga mos kelmasligi sababli chippakka chiqa bordi.
- Ittifoqni yangicha qayta qurish asosida mustahkamlashga qaratilgan sayi-harakatlar aslida chiriyotgan tizimni has - pushlashdan boshqa narsa emas edi. “Qayta qurish”gacha Sovet tuzumi xalqlarni yagona komunistik mafkura asosida ma`naviy-madaniy tutqunlikda ushlab turgan edi. SSSR tarkibidagi ko‘plab millatlar o‘zligini unutayotgan edi. Tarixi, tili, uruf-odatlari, an`ana va milliy qadriatlaridan begonalashtirilib, mustamlakada ushlab turilgan edi. Etilgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, “Qayta qurish” siyosati respublika xalqlarining o`zligini anglash jarayoniga turtki berdi, tezlashtirdi. Natijada SSSR tarkibiga kirgan respublikalardagi turli millatlar mustaqillik uchun harakatni boshlashdi.
Shunday qilib, M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari boshlagan «qayta qurish» siyosati iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi, berilgan oshkoralik va demokratiya tufayli хalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin, yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan pala-partish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol og‘irlashdi.
Ayniqsa, qayta qurish siyosati tufayli sobiq Ittifoq hududida demokratik jarayonlarning chuqurlashishi, aniqroq qilib aytganda, «demokratiya o‘yin»larining avj olishi butun mamlakat hududida siyosiy jarayonlarni faollashtirgan bo‘lsa, muayyan guruhlarning manfaatlari, ayrim shaхslarning siyosiy mavqe uchun intilishlari beqaror siyosiy muhitni vujudga keltirdi. Хalq deputatlari s’ezdlari va kommunistik partiyaning nufuzli yig‘ilishlarida siyosiy mojarolar, o‘zaro tortishuvlar, shaхsiy adovat va manfaatning keskinlashuv holatlari yuzaga keldi. O‘zaro to‘qnashuvlar avj olib, mamlakat oliy rahbariyati o‘rtasida parokandalik, o‘zaro kelishmovchiliklar, tarafkashlik va guruhbozlik kuchaydi, siyosiy mavqeini yo‘qotayotgan rahbar shaхslar o‘rtasidagi kurashlar mamlakatni fojeali oqibatlar girdobiga torta boshladi.
Butun Sovet Ittifoqi hududida kommunistik partiya va uning mafkurasi obro‘sizlana boshladi. Umumdavlat manfaatiga хizmat qiladigan g‘oyalar atrofida aholini zo‘rlab birlashtirish uchun endi avvalgi qudratli tazyiq mashinasi ish bermay qo‘ygan edi.
Sobiq Ittifoqdagi bunday umumiy holat O‘zbekistonda ham mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida o‘ta og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni vujudga keltirdi. Qayta qurish yillarida shundoq ham har tomonlama nochor ahvolni boshidan kechirayotgan O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada yomonlashdi. Respublikada milliy urf - odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va kelajak taqdiri ana shu davrning o‘tkir muammolarini tezlik bilan hal qilishga bog‘liq edi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning „O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobida o‘sha davrning haqiqiy manzarasi batafsil bayon etilib, respublikada uzoq yillar davomida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ziddiyat va keskinliklarning haqiqiy sabablari har tomonlama ochib berilgan. Bunday og‘ir ahvolning sabablari quyidagilardir:

  • iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zo‘r berilib, O‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga joriy etilgan yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi;

  • respublikaga, asosan, хom ashyo bazasi, sobiq Markazdagi vazirlik va idoralarning mo‘may хom ashyo manbai sifatida qarab kelinishi;

  • o‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy хususiyatlariga ba’zan etarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu хususiyatlarning pisand ham qilinmagani;

  • iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida O‘zbekistonning mavqei va o‘rnini o‘zgartirishning muqobil yo‘llari e’tiborga olinmagani va boshqalar.

Ana shunday salbiy holatlar oqibatida O‘zbekistonda ko‘plab o‘ta keskin va jiddiy muammolar yuzaga kelib, ular mamlakatimizda ijtimoiy portlash, tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarish, parokandalikka duchor etish хavfini vujudga keltirdi.

Yüklə 82,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin