2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Yüklə 82,05 Kb.
səhifə1/6
tarix05.11.2022
ölçüsü82,05 Kb.
#67476
  1   2   3   4   5   6
2-мавзу. янги


2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Reja:

  1. O‘zbekistonda XX asrning 80-yillari oхirlaridagi inqirozli holat.

  2. Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi chora-tadbirlar.

  4. O‘zbekistonning mustaqillikka erishish strategiyasi. 1991 yil avgust voqealari.

Tayanch so’z va iboralar: Sovet ittifoqi, ma’muriy buyruqbozlik, rejali iqtisodiyot, qayta qurish, “paxta ishi”, “o‘zbek ishi”, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, Farg‘ona fojeasi, millatlararo mojaro, milliy manfaatlar, davlat tili, prezidentlik, Mustaqillik dekloratsiyasi, GKChP – davlat to’ntarishiga urinish.
1. O‘zbekistonda XX asrning 80-yillari oхirlaridagi inqirozli holat. Sobiq Sovet Ittifoqi va uning totalitar rejimi XX asrning 80-yillariga kelib inqirozga yuz tuta boshladi. Buning sabablari quyidagilar edi: yillar davomida iqtisodiyot ekstensiv yo‘ldan rivojlantirildi, Sovet Ittifoqi izolyatsiyalab qo‘yilganligi teхnik-teхnologik yangiliklar kirib kelishini qisqartirib yubordi, ishlab chiqarish uskunalari yangilanmaganligi sababli sanoat tovarlariga jahon bozorida talab pasayib ketdi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablag‘ning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Afg‘onistonga qo‘shin kiritilishi (1979) хalqaro keskinlikni yanada kuchaytirdi va katta xarajatlarga olib keldi.
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotda moddiy manfaatdorlik yetarli darajada ta’minlanmaganligi iqtisodiy rivojlanishni va unga yangiliklarning joriy qilinishini sekinlashtirdi. Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik avj oldi. Sovet ittifoqida kuchaygan tanglik holati mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bo'ldi. Xalq xo'jaligidagi tanglik holatlarining keskin suratda va shitob bilan kuchayib borishi sotsialistik tuzumning tayanch negizlariga tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka o'sib o'tdi. Butun jamiyatda keskin, tub o'zgarishlar qilish zaruratini paydo qildi. Kirib qolingan boshi berk ko'chadan chiqib ketish yo'llari izlandi.
Shunday vaziyatdan chiqish maqsadida 1985 yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari «qayta qurish» siyosatini boshlashdi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. Jamiyatni oshkoralik, yangicha fikrlash asosida qayta isloh qilish mumkin degan tamoiyil ilgari surildi. Qayta qurish hodisasini tarixiy jarayon sifatida ikkita bosqichga bo`lish mumkin.

Yüklə 82,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin