2-mavzu Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari
2-mavzu Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari O'quvchilarga ona tilini o'rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariy asasoslanib, barcha yaqin, o'zaro bog'liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o'qitish metodikasi o 'z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan o'zgacha bo'lib, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi o'quv mehnatining yo'nalishlarini belgilab beradi. Ona tili o'qitish tamoyillari quyidagilar.
1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da, e ’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik ko'nikmalarga yetarli e ’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta ’lim tamoyili tildan olib boriladigan m ashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini ta ’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o'rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til m a’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o ‘zaro bog'langan holda o'rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o'rganish, o'zlashtirish mumkin. Sintaksisni o'rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so'z yasalishiga suyanadi va hokazo. So'zni morfemik tahlil qilish uning m a’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamm a tomonlari bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'qitishda buni albatta hisobga
olish kerak.
3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. Til — juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo'lsa-da, uning qonuniyatlarini, o'xshashliklarini o'zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo'lmaydi. Bola gaplashish,
o'qish , eshitish bilan til materiallarini yig'adi, uning qonunlarini o'zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni, mazmuninigina emas, balki so'z va nutq birliklarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo'yoqdorligini ham tushunishni ko'zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o'ziga xos ,,noziklik“larini ham anglab yetishga yordam beradi.
5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta ’sir etadi va til o'qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o'qituvchi bilan o'quvchining maqsad-ga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo'nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo'lib xizmat qiladi.