Fonetika.Orfografiya.Leksikologiya
1.
Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan
so’zlar berilgan?
A) shudring, yanga, dengiz B) singil,
menga, ko’ngil S) kongress, yengil, shtanga
D) tenglik, ingramoq, tungi
2. Quyidagi so’zlardan qaysilarida tutuq
belgisi unlining cho’ziqroq aytilishini
ifodalash uchun qo’llangan?
1) ma..no; 2) san..at; 3) mo’..tadil; 4) in..om;
3) shu..la;
B) 1,2,3,4,5 B) 1,5 S) 1,3,5 D) 2,4
4. Quyidagi so’zlardan qaysilarida tutuq
belgisi unlining undoshdan ajratib talaffuz
etilishini ifodalash uchun qo’llangan?
1) qat..iy 2) da..vo 3) mo’..jiza 4) sur..at 5)
e..lon.
A) 1,4 B) 2,3,5 S) 1,3,4,5 D) 2,5
5. Qator undoshli so’zlar berilgan qatorni
toping ?
A) traktor, paxta, chaqqon B) ikki, million,
metall S) stol, do’st, daraxt D) paxta,
nimcha, o’simlik
6.
Kitobni qadrlamoq kerak, bu taffakur
qasriga izzat-ehtirom bilan qadam qo’ymoq
lozim.
Ushbu berilgan gapda nechta qo’sh va qator
undoshli so’zlar berilgan?
A) 2 ta qator undosh, 1 ta qo’sh undosh B) 2
ta qo’sh undosh, 1 ta qator undosh S) 2 ta
qo’sh undosh, 3 ta qator undosh undosh
D) 2 ta qo’sh undosh, 4 ta qator undosh
7. Qaysi harf til oldi , portlovchi, jarangsiz
undoshni ifodalaydi?
A) ch B) sh S) j D) k
8. Shudring so’zi tarkibida qanday til
undoshlari qatnashgan ?
A) 3
ta til oldi, 1 ta til orqa B) 4 ta til oldi, 1 ta
til orqa S) 4 ta til oldi, 1 ta til o’rta D) 3 ta
til oldi, 1 ta til o’rta
9.
Singlimning ancha ulg’ayib qolgan o’g’li
yig’lab o’rnidan turdi-da, yana onasining
bag’rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi nechta
so’z tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
A) 3 ta so’zda B) 4 ta so’zda
S) 5 ta so’zda D) 6 ta so’zda
10.
Mening bu voqeadan xabardorligimni
unga ayta ko’rma. Ushbu gapda qanday
fonetik o’zgarishlar ro’y bergan ?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi va
tushishi S) tovush almashishi va tushishi,
orttirilishi D) tovush orttirilishi
11.
Kongress so’zi tarkibida qanday til
undoshlari mavjud ?
A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari B) 2 ta
til orqa, 4 ta til oldi undoshlari S) 2 ta til
orqa, 3 ta til oldi D) 1 ta til orqa, 2
ta til oldi
12. Qaysi qatorda bitta til orqa harf birikmasi
berilgan ?
A) ng B) sh S) ch
D) bunday harf birikmasi mavjud emas
13.
Ko’ngil, singlisi, kongress so’zlarining
birinchi bo’g’ini qaysi qatorda to’g’ri
izohlangan?
A) har uchala so’zning birinchi bo’g’ini ochiq
bo’g’in B) har uchala so’zning birinchi
bo’g’ini yopiq bo’g’in S) ko’ngil so’zida
ochiq, singlisi, kongress so’zlarida yopiq
bo’g’in D) Ko’ngil, siglisi so’zlarida ochiq,
kongress so’zida yopiq bo’g’in
14. Berilgan so’zlarnig qaysi birida birinchi
bo’g’ini ochiq bo’g’in hisoblanadi ?
1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko’ngil.
A) 1,2,3,4 B) 2,3 S) 1,4 D) 1,3,4
15. Quyida berilgan gapda nechta ochiq
bo’g’in mavjud ?
Go’zallik tuyg’usini singdirmay turib,
barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin
emas.
A) 12 ta B) 11 ta S) 10 ta D) 9 ta
16.
Dengiz so’zi tarkibda qanday til
undoshlari mavjud ?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari B) 2 ta
til oldi,1 ta til orqa undoshlari S) 2 ta til oldi,
1ta til o’rta undoshlari D) 3 ta til oldi, 1ta til
o’rta undoshlari
17. Qaysi so’zda hosil bo’lish o’rniga ko’ra
bir guruhga mansub undoshlar berilgan?
A) norasida B) mabodo
S) qarg’a D) ko’rmana
18. Qaysi so’zning yopiq bo’g’ini unli va
jarangli undoshdan iborat ?
A) qadriyat B) yoqimli S) iztirob D) fazilat
19. Qaysi qatorda unli va portlovchi
undoshlardan tarkib topgan so’zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq,
qichitqi S) dudutlatdi, qobilyat, qorabayir
D) tekintomoq, qanoat, vazifa
20.
Qush edim qanotim qayrildi; gul edim
bulbulimdan ayrildim; ko’nglim sindi chilchil; Mening ozurda yuragimni bu kun
so’roqlamas hech kim. Ushbu gapda nechta
so’z tovush o’zgarishiga uchragan ?
A) 4 ta B) 5 ta S) 6 ta D) 7 ta
21. Qaysi so’zda hosil bo’lish usuliga ko’ra
bir guruhga mansub undoshalar qatnashgan ?
A) suzuvchi B) bedarak
S) havoyi D) dabdabali
22.
K undoshiga to’g’ri tavsif berilgan qatorni
aniqlang ?
A) til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh B) til
orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh S) til
orqa, portlovchi, jarangsiz undosh D) chuqur
til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh
23.
Sanab sanog’iga yetolmadi.
Berilgan gapda nechta tovush o’zgarishi ro’y
bergan ?
A) 2 ta B) 3 ta S) 4 ta D) 5 ta
24.
l, n tovushlari qaysi xususiyatiga ko’ra
bir guruhga mansub emas?
A) sirg’aluvchi undoshlar B)
jarangli
undoshlar S) til oldi undoshlar
D) jarangli va til oldi
25. Fe’l yasovchi -a, -ay qo’shimchasi
qo’shilganda asos qismda o’zgarish bo’lgan
so’zlar qatorini aniqlang?
A) sana, qiyna, yasha, susay, pasay B) yiltira,
pasay, susay, yasha, ata S) qoray, pasay, sana,
yasha D) o’yna, qiyna, yaltira, qoray, suvsa
26. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini
aniqlang ?
A) so’zlar tuzishda ishtirok etish B) so’z
ma’nolarini farqlash S) nutq hosil qilishda
ishtirok etadi D) hammasi to’g’r
27. Qaysi qatordagi so’zlar imlo qoidasiga
ko’ra to’g’ri yozilgan ?
A) uchuriq, uchirim, uchunmoq B) ulgirmoq,
unitmoq, urchuq S) umirtqa, ungur,
ulgurmoq D) umirguzaronlik, unsir, urchiq
28. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping ?
A) oybaldoq, surinkali B) tajavuzkor,
xushsuhan S) hovirlanmoq, xoynahoy
D) hoyhoylamoq,
xushmuomala
29. Qaysi qatorda barcha so’zlarda nuqtalar
o’rniga
o unlisi qo’yiladi ?
A) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli
B) taq..zo, taks..motor, par..voz
S) z..mon, s..vol, j..vob
D) jangov..r, mardonav..r, devonav..r
30. Qaysi qatorda chiziqcha bilan yozish
qoidasi buzilgan ?
A) berilgan barcha birliklarda chiziqcha
to’g’ri qo’yilgan B) kecha-yu kunduz S) qiychuvlashmoq D) 1991 -yil
31. Qaysi qatordagi so’zlarda ikki undosh
tovush o’rtasida unli tovush orttirilib talaffuz
qilinadi?
A) stol, stul B) fikr, hukm
S) sport, mehr D) stansiya, director
32. Uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan so’z
ishtirok etgan gapni toping
1) Mashina devon tepasiga ko’tarildi.
2) Otning afzalini shayladi 3) o’zbek xalqi
ichidan o’nlab daholar yetishib chiqqan.
A) 1 B) 2 S) 3 D) 1,2
33.
Qo’log’idan kun ko’rinadi iborasi qanday
ma’noni bildiradi?
A) xursand B) g’iybatchi S) juda ozg’in
D) eshitganini tezda birovga yetkazuvchi
34. Hoy, otginang nima edi,
qulunim, sho’rvang
sovib qoldi?
Ushbu gapda bolani erkalatish uchun
qo’llangan
qulunim so’zining ma’nosi?
A) ohuning bolasi B)
tuyaning bolasi
S) otning bolasi D) sigirning bolasi
35. Quydagi so’zlardan qaysilarning paronim
jufti yo’q?
A) urush, adib, azim B) ahil, dars, adl
S) avlod, dahriy, lanj D) burch, o’qish, nufuz
36. Chin so’z mo’tabar, yaxshi so’z muxtasar.
Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi qaysi
qatorda to’g’ri izohlangan?
A) tugallangan B) mantiqli
S) qisqa D) foydali
37. 1)
o’t ishi- qovurmoq; 2)
bitta ham yovvoyi
o’t qolmasin; 3)
ko’chadan o’tsang, to’g’ri
o’t; 4)
qalbida ishq o’ti alangladi.
Ushbu gaplarning qaysilarda o’t so’zi bir
so’zning ko’p ma’nolari hisoblanadi?
A) birinchi va ikkinchi gapda B) ikkinchi va
uchinchi gapda S) birinchi va to’rtinchi gapda
D) barcha gaplarda
38. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo’llangan?
A) ikki g’arib bir yoqadan bosh chiqargan
edik. B) pilla xususida tili qisiqlik joyim yo’q
S) qizga o’zbek qishlog’ining oq ko’ngil va
bag’ri keng odamlari juda yoqdi D) o’g’lidan
ko’ngli to’q bo’lgach,
yana nimanidir
qidirmoqda, tevaragiga alanglab qaramoqni
boshladi.
39. Tilshunoslikning atash ma’nosini
o’rganadigan bo’limi qanday ataladi?
A) morfologiya B) sintaksis
S) leksikalogiya D) lug’atshunoslik
40. Qaysi qatorda paronimlar berilgan ?
A) a’zo- azo B) kabutar-kaptar
S) obro’-obro’y D) a’yon-ayon