2.Mavzu:
O`QITUVChI FAOLIYaTIDA PeDAGOGIK QOBILIYaT
Reja:
1.
Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi
2.
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari
3.
O`qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funktsiyalari
Tayanch tushunchalar:
Qobiliyat; psixik sifatlar; xotira va xarakter; individual-psixologik xususiyat;
intellektlar to`plami; modifikatsiya; kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; ko`nikma va
malakalar; mohirlik; iqtidor, iste`dod va daholik; mahsuldor; psixologik va fiziologik
tuzilish; evristik; kreativ; umumiy va maxsus; talant; xususiyatlar ansambli; layoqat va
zehn; kommunikativ qobiliyat; didaktik qobiliyat; tayanch xususiyatlar; etakchi
xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar.
1. Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`lib, muayyan faoliyat
yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub`ektiv shart–sharoitini
ifodalovchi individual psixik sifatlar yig`indisiga aytiladi, zarur bo`lgan bilim, malaka va
ko`nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-
psixologik xususiyat bo`lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya`ni
aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg`ulariga
qarama-qarshi
qo`yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo`yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug`ma, tabiat in`omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy
faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to`plami deb atadi va uning ettita jihatini
ajratib ko`rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o`qituvchi pedagogik
mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim
Ol`ga
Matveeva
ushbu
jihatlarni
psixologik
texnologiya
bilan
kuchaytirib
modifikatsiyalaydi va o`qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini
ta`kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko`rsatib o`tadi:
1.
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati:
O`qituvchi o`quvchilar bilan dars va
darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2.
Voqealarni oldindan ko`ra olish qobiliyati:
Ushbu qobiliyat turi har bir
o`qituvchining sergakligida, o`quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko`ra olishida
namoyon bo`ladi. Shunda o`qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila
oladi.
3.
Eshitish va his qilish qobiliyati:
Bunday qobiliyatga ega bo`lgan insonlar
musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va
poeziyani yaxshi o`qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa she`r va
qo`shiqlarni sevib tinglaydi.
4.
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat:
O`qituvchining o`z hatti harakatlarini
muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo`naltiradi, vaqtni
harakat sur`ati bilan his qiladi, o`zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot
marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5.
Mantiqiy qobiliyat:
Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani,
murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish
malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6.
Shaxsning ichki qobiliyati:
O`z-o`zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish
qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam,
qat`iyatli, har qanday vaziyatda o`z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Qobiliyat o`qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda
qobiliyatli o`qituvchilar o`z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga qaraganda
ko`proq yutuqlarga erishadilar.
Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib
borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori
natijalarga erishishini
ta`minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga
erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa
insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo`lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim
olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma`lum darajada bilim olish
mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o`zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni
egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko`nikma va malakalardir.
Ko`nikmalar
– o`qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va
bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar
– o`qituvchining ongli faoliyatni bajarishi
jarayonida hosil qilingan
kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig`indisi.
Ular o`qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluvchi
jarayonlardir, ular qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni
ta`minlaydilarki, buning natijasida o`qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni
qo`lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko`nikma va malakalarga ega bo`lmagan noshud
o`qituvchi ko`p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko`nikma va malakalarni chuqur
egallashda ro`yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko`nikma va malakalari ko`p qirrali va
mukammallashgan bo`ladi. Ko`nikma va malakalar etarli bo`lmagan qobiliyatni
birmuncha to`ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini tuzatishi mumkin.
Ko`nikmalarni
umumlashtirib