2-mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini
loyihalashtirish
Reja
13.1. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari
13.2.O‘qitish texnologiyasining elementlari
13.3.O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari
13.1. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari.
Pedagogik
texnologiyalarni loyihalashda asosiy qoidalari, tamoyillarini keltirish mumkin
[69]:
O‘zbekiston respublikasida oliy, o‘rta-maxsus, kasb-hunar va umumiy
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, davlat dasturlari va talablarni bajarishi;
o’qitish maqsadlariga erishish uchun ta’limning maqsadi, mazmuni,
shakli, metodi va vositalarining o'zaro muvofiqligi, bir butunligi tamoyili;
pedagogikaning asosiy (“oltin”) qoidasi ta’lim va tarbiyaning birligi
tamoyili;
moslik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasining o‘quvchining
individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan o‘qituvchining imkoniyatlariga
mosligi.
informatikani o‘qitish texnologiyasi shakl, vosita, metod va
o‘qituvchining ish usulini psixologik asoslanganligi tamoyili;
ilmiylik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasi fanning so‘nggi,
eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish;
fanlararo bog’liqlik (metapredmetliliklik)- bu informatika fanini turli
mavzular bo'yicha loyihalarni tanlash va boshqa fan o'qituvchilari bilan o'zaro
hamkorlik
qilish
(informatika+matematika,
informatika+
fizika,
informatika+musiqa, informatika+kimyo va h.k.).
pedagogik yondashuvning ustuvorligi tamoyili, o’qitish texnologiyasini
loyihalash jarayonini nazariy tushunchalarini ishlab chiqish, echilishi kerak bo'lgan
muammolarni yechish uchun modellar yaratish va h.k.
Olib borilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba shuni ko’rsatmoqdaki,
pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoninig barcha sohalarini qamrab oluvchi
yaxlit tizim bo‘lsa, o‘qitish texnologiyasi esa ma’lum fanning didaktik talablar
asosida o‘qitishning yaxlit tizimini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya va
o‘qitish texnologiyasining maqsadi bitta ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalab
yetishtirishdan iborat.
Informatikani o‘qitishda shunday vaziyatni yaratish kerakki, o‘quvchi o‘z
xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni o‘rganishga
qiziqish uyg‘onsin.