2-mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish



Yüklə 328,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix17.01.2022
ölçüsü328,15 Kb.
#51351
  1   2   3   4   5


2-mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini 

loyihalashtirish 

Reja 


13.1. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari 

13.2.O‘qitish texnologiyasining elementlari 

13.3.O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari  

 

13.1.  O‘qitish  texnologiyalarini  loyihalashtirish  qoidalari.

 

Pedagogik 



texnologiyalarni  loyihalashda  asosiy  qoidalari,  tamoyillarini  keltirish    mumkin 

[69]: 


 O‘zbekiston  respublikasida  oliy,  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar  va  umumiy 

o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, davlat dasturlari va talablarni bajarishi; 

 o’qitish  maqsadlariga  erishish    uchun  ta’limning  maqsadi,  mazmuni, 

shakli, metodi va vositalarining o'zaro muvofiqligi, bir butunligi tamoyili; 

 pedagogikaning  asosiy  (“oltin”)  qoidasi  ta’lim  va  tarbiyaning  birligi 

tamoyili; 

 moslik  tamoyili  -  informatikani  o‘qitish  texnologiyasining  o‘quvchining 

individual  xususiyatlarini  hisobga  olishi  bilan  o‘qituvchining  imkoniyatlariga 

mosligi.   

 informatikani  o‘qitish  texnologiyasi  shakl,  vosita,  metod  va 

o‘qituvchining ish usulini psixologik asoslanganligi tamoyili

 ilmiylik  tamoyili  -  informatikani  o‘qitish  texnologiyasi  fanning  so‘nggi, 

eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish; 

 fanlararo  bog’liqlik  (metapredmetliliklik)-  bu  informatika  fanini  turli 

mavzular  bo'yicha  loyihalarni  tanlash  va  boshqa  fan  o'qituvchilari  bilan  o'zaro 

hamkorlik 

qilish 


(informatika+matematika, 

informatika+ 

fizika, 

informatika+musiqa, informatika+kimyo va h.k.). 

  pedagogik    yondashuvning  ustuvorligi  tamoyili,  o’qitish  texnologiyasini 

loyihalash jarayonini nazariy tushunchalarini ishlab chiqish, echilishi kerak bo'lgan 

muammolarni yechish uchun modellar yaratish va h.k. 

Olib  borilgan  tadqiqotlar  va  pedagogik  tajriba  shuni  ko’rsatmoqdaki, 

pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoninig barcha sohalarini qamrab oluvchi 

yaxlit  tizim  bo‘lsa,  o‘qitish  texnologiyasi  esa  ma’lum  fanning  didaktik  talablar 

asosida  o‘qitishning  yaxlit  tizimini  tashkil  etadi.  Pedagogik  texnologiya  va  



o‘qitish  texnologiyasining  maqsadi  bitta  ijodiy  tafakkur  sohibini  tarbiyalab 

yetishtirishdan iborat. 

Informatikani  o‘qitishda  shunday  vaziyatni  yaratish  kerakki,  o‘quvchi  o‘z 

xohishi  bilan  izlansin,  tafakkurini  rivojlantirsin,  intilsin,  unda  fanni  o‘rganishga 

qiziqish uyg‘onsin. 


Yüklə 328,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin