13.2. O‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish texnologiyasining
asosiy elementlariga o‘quv mazmunini o‘quvchilarga o‘qitish metodlari, o‘qitish
shakli, vositasi va tashxislash kabilar kiradi [68].
Biz yuqoridagi mavzularda o‘qitish texnologiyasining shakli, vositasi va
metodlari haqida to‘xtalib o‘tganmiz. Endi o‘qitish texnologiyasida tashxislashni
amalga oshirish ustida to‘xtalib o‘tamiz. Tashxislash va baholash o‘qitish
texnologiyasining natijasi ifodasidir [42].
Ta’lim sifatini tashxislash va baholash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
tushunchalardir. Pedagogik tashxislash ta’rifi 1968 yilda K.Ingenkamp tomonidan
taklif etilgan. Uning fikriga ko‘ra pedagogik tashxislash jamiyatni rivojlantirish
uchun o‘quv-tarbiya jarayonini shart-sharoiti va natijalarini tartibga solish va
maqbullashtirish uchun tatbiq etiladi.
Har qanday pedagog o‘zining u yoki bu faoliyati samaradorligini baholashni,
yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tezgina to‘g‘rilashni, o‘zgartirishni istaydi. Pedagogik
faoliyatning xususiyati shundaki, natijani aniqlash uchun ma’lum bir vaqt o‘tishi
kerak bo‘ladi. Pedagogik tashxislash pedagogik faoliyatning ajralmas qismi
hisoblanib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish bu jarayonni tahlil qilish va
baholashni talab etadi [68].
Pedagogik tashxislashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning muayyan
tashxislash obyekti mavjud bo‘lib, bu pedagogik jarayondir. Pedagogik tashxislash
o‘quvchidagi u yoki bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan pedagogik jarayonning
o‘zgarishini bashoratlaydi va hisobga olib boradi.
Pedagogik tashxislash pedagogik faoliyatning boshlang‘ich bosqichi ham,
tugallanuvchi bosqichi ham bo‘lmasdan, bir pedagogik vazifani bajarilishi bilan
yakunlanmaydigan davriy xarakterga ega. Pedagogik tashxislashda olingan
natijalar o‘qituvchining innovatsion faoliyatini amalga oshirish uchun kuchli turtki
bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib
olishi bilan, o‘z ishini samaraliroq bo‘lishi uchun yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va
muammolarni aniqroq ko‘rishga harakat qiladi. Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: |