Natijaviylik esa mahsuldorlik, samaradorlik ya’ni ta’lim jarayoni yakunida
ijobiy natijaga erishishdir.
Informatika ta’limi jarayonida natija va natijaviylikka erishganlikni
baholash orqali aniqlash mumkin. Natijani baholash uchun baholash mezonlari va
ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lishi kerak. Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
o’quvchi shaxsning rivojlanish bosqichining asosiy g‘oyasi, maqsadi va
vazifasidan kelib chiqib informatika o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi.
13.3. O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish
metodi-metod(usul)-yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos”-biror narsaga
yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning
muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga
solingan usullar yig‘indisidir. O‘qitish metodlari haqida 3-mavzuda to‘xtalib
o‘tganmiz [29, 87].
Informatiika fanini o‘qitish jarayonida o‘qitish texnologiyasining asosiy
elementlaridan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanib ta’lim jarayonini loyihalashtirish
o‘quvchilarda quyidagi kompetentlikni shakllantiradi:
o‘rganish - informatika fanini asosiy tushunchalarini o‘qib olish, ularni
bir-biridan farqlash, tasavvur etish, idrok etish, qo‘llay olish;
o‘ylash - o‘rganilganlarni tahlil eta olish, informatikaga oid
tushunchalarni butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga o‘tkaza olish;
qidirish - informatikadagi o‘quv, ijodiy topshiriqlarni, masala va
mashqlarni yechishning yangi usullarini izlab topish;
yaratish - o‘rganilgan yangi bilimlarga asoslanib o‘quvchi o‘zi uchun
yangilik yaratishi;
hamkorlik - o‘quvchining dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda fan
o‘qituvchisi va o‘z tengdoshlari bilan alohida va hamkorlikda ishlashi;
moslashish-o‘quvchining yangi o‘quv jarayoniga, interfaol o‘qitish
usullariga, ijodiy jarayonga moslashib olishi ва h.k.
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari
1. O‘qitish texnologiyasining ilmiylik tamoyilini informatika fani mavzusi
misolida tushuntirib bering!
2. Pedagogning o‘qitish texnorlogiyasiga yondashuvi deganda nimani
tushunasiz? Misollar bilan tushuntirib bering!
3. O‘quvchi qachon ijodiy tafakkur sohibi bo‘la oladi. Informatika misolida
tushuntiring!
4. O‘qitish texnologiyasining tarkibiy elementlariga nega o‘qitish maqsadi
kiritilmagan? Izohlang!
5. Siz o‘qituvchi sifatida o‘quvchingizni qanday tashxislaysiz?
6. O‘qitish jarayoni nega ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin?
7. Informatika fanidan ixtiyoriy mavzuni olib umumiy mezonga asoslanib
xususiy mezonni ishlab chiqing!
8. Informatikani o‘qitish metodi o‘qitish texnologiyasi bilan qanday farq
qiladi? Misollar bilan tushuntiring!