Natija-pedagogik faoliyatning yakuni bo‘lib, u yutuqlar va muvaffaqiyatli
bo‘lishi ham, muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ham mumkin.
Natija – oldindan belgilangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, faoliyat
oxirida aniqlanadigan, maqsadli o‘zgarishdir. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, natija
qo‘yilgan maqsadga yo‘naltirilgan jarayon tugagandan keyingi holat. Bu holat
ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin.
Faoliyat natijasi maqsad bilan bog‘liq. Maqsad- ta’lim jarayonidan kutilgan
natijaning ifodasi. Maqsadga, ya’ni kutiladigan natijaga pedagogik vazifani hal
etish orqali erishiladi. Shuning uchun maqsad ham, kutiladigan natija ham ta’limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga ta’lim beruvchi,
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida qaraladi (13.1-rasm).
13.1-расм. Pedagogik faoliyatda maqsad va natija
Dostları ilə paylaş: |