2-mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish



Yüklə 328,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix17.01.2022
ölçüsü328,15 Kb.
#51351
1   2   3   4   5
Natijaviylik  esa  mahsuldorlik,  samaradorlik  ya’ni  ta’lim  jarayoni  yakunida 

ijobiy natijaga erishishdir. 

Informatika  ta’limi  jarayonida  natija  va  natijaviylikka  erishganlikni 

baholash orqali aniqlash mumkin. Natijani baholash uchun baholash mezonlari va 

ko‘rsatkichlari  belgilangan  bo‘lishi  kerak.  Baholash  mezonlari  va  ko‘rsatkichlari 

o’quvchi  shaxsning  rivojlanish  bosqichining  asosiy  g‘oyasi,  maqsadi  va 

vazifasidan kelib chiqib informatika o‘qituvchisi  tomonidan ishlab chiqiladi. 



13.3.  O‘qitish  metodlari  o‘qitish  texnologiyasining  elementlari.  O‘qitish 

metodi-metod(usul)-yunoncha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  “Metodos”-biror  narsaga 

yo‘l  ma’nosini  anglatadi.  Ta’lim  sohasida  metod  –  o‘qituvchi  va  talabalarning 

muayyan  maqsadga  qaratilgan,  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etishning  tartibga 

solingan  usullar  yig‘indisidir.  O‘qitish  metodlari  haqida  3-mavzuda  to‘xtalib 

o‘tganmiz [29, 87].  

Informatiika  fanini  o‘qitish  jarayonida  o‘qitish  texnologiyasining  asosiy 

elementlaridan  o‘z  o‘rnida  to‘g‘ri  foydalanib  ta’lim  jarayonini  loyihalashtirish 

o‘quvchilarda quyidagi kompetentlikni shakllantiradi: 

 

o‘rganish    -  informatika  fanini  asosiy  tushunchalarini  o‘qib olish,  ularni 

bir-biridan farqlash, tasavvur etish, idrok etish, qo‘llay olish; 

 

o‘ylash  -  o‘rganilganlarni  tahlil  eta  olish,  informatikaga  oid 

tushunchalarni butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga o‘tkaza olish; 

 qidirish  -  informatikadagi  o‘quv,  ijodiy  topshiriqlarni,    masala  va 

mashqlarni yechishning yangi usullarini izlab topish; 

 yaratish  -  o‘rganilgan  yangi  bilimlarga  asoslanib  o‘quvchi  o‘zi  uchun 

yangilik yaratishi; 




 hamkorlik  -  o‘quvchining  dars  va  darsdan  tashqari  mashg‘ulotlarda  fan 

o‘qituvchisi va o‘z tengdoshlari bilan alohida va hamkorlikda ishlashi

 moslashish-o‘quvchining  yangi  o‘quv  jarayoniga,  interfaol  o‘qitish 

usullariga, ijodiy jarayonga moslashib olishi ва h.k. 



 

Muammoli va  mantiqiy nazorat savollari 

1. O‘qitish  texnologiyasining  ilmiylik  tamoyilini  informatika  fani  mavzusi 

misolida tushuntirib bering! 

2. Pedagogning  o‘qitish  texnorlogiyasiga  yondashuvi  deganda  nimani 

tushunasiz? Misollar bilan tushuntirib bering! 

3. O‘quvchi qachon ijodiy tafakkur sohibi bo‘la oladi. Informatika misolida 

tushuntiring! 

4. O‘qitish  texnologiyasining  tarkibiy  elementlariga  nega  o‘qitish  maqsadi 

kiritilmagan? Izohlang! 

5. Siz o‘qituvchi sifatida o‘quvchingizni qanday tashxislaysiz? 

6. O‘qitish jarayoni nega ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin?  

7. Informatika  fanidan  ixtiyoriy  mavzuni  olib  umumiy  mezonga  asoslanib 

xususiy mezonni ishlab chiqing! 

8. Informatikani  o‘qitish  metodi  o‘qitish  texnologiyasi  bilan  qanday  farq 



qiladi? Misollar bilan tushuntiring! 

 

Yüklə 328,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin