2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə6/15
tarix11.05.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#111372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

O‘zbekistonda Termiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Farg‘ona ganch o‘makorligi maktablari mavjud. Ularning har biri o‘z o‘ymakorlik uslubi bilan farqdanib turadi. Sovuq oppoq ganchga ustalar iskanasi jon ato etib, uni xayolot, ohang, bezak hamda harakat bilan mujiza yaratadi.


  • O‘zbekistonda Termiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Farg‘ona ganch o‘makorligi maktablari mavjud. Ularning har biri o‘z o‘ymakorlik uslubi bilan farqdanib turadi. Sovuq oppoq ganchga ustalar iskanasi jon ato etib, uni xayolot, ohang, bezak hamda harakat bilan mujiza yaratadi.

  • Taniqli ganchkor ustalar Mahmud Usmonov, Ibrohim Shermuhamedov, Anvar Quliev, Jamolitdin Erkaboev, Odamboy Yoqubov, Odamboy Bobojonovlar iste‘dodli yosh ustalarga xalq san‘atining ushbu ko‘hna turini o‘rgatishdi. Endilikda bu shogirdlar ganch o‘ymakorligi an‘analarini davom ettirishmoqda.

  • O‘rta Osiyoda toshqog‘oz yoki mag‘zi soxta (pape-mashe) tayyorlash va undan tayyorlangan anjomlarga loklangan bezak berish XV asr boshida ravnaq topgan edi. Samarqanddagi Go‘ri Amir majmuasi va jome masjidi ichki qoplamasidagi toshqorozdan ishlangan muqarnas va iroqilar shu san‘at namunalaridir. Ushbu materialdan tayyorlangan qalamdonlar, kitob jild (muqova)lari, qutilar, ko‘zachalar, shohmotlar hamda zargarona nafis naqsh bilan ziynatlangan boshqa mayda buyumlar asrlar osha bizgacha etib kelib, hozir respublika muzeylarida avaylab saqdanmoqda.

  • O‘rta Osiyodagi ko‘plab xalqlarda qovoq (kadi)ning dekorativ turlaridan xilma-xil buyumlar, idishlar, nosqovoqdar tayyorlab kelingan. Qovoqning dekorativ turlari maxsus yetishtiriladi. Uning sirti o‘ziga xos tarzda badiiy bezatiladi. Qovoqni qanday bezatish uning shakliga bog‘liq. Qovoqning turfa xil shakllari mavjud bo‘lib, ularning naqsh berilgan sirtiga folklor mavzusidagi, fantastik mavjudotlar hamda voqelik elementlaridan iborat har qanday rasm konturi chiziladi. Unda odam, hayvon qiyofasi, uy-ro‘zgor buyumi, o‘simliklar, parrandalar, samolyotlar, avtomobillar, yulduzlar, sanalar aks ettirilishi mumkin. Nosqovoqdar, ayniqsa, naqshinkor kumush gardish bilan yarimqimmatbaho toshlar qadab bezatiladi. San‘atning bu turi mayda qovoq (nosqovoq) yetishtirishga mirishkor hududlarda ko‘proq tarqalgan.

  • Milliy pichoqchilik O‘zbekiston amaliy san‘atida metallga badiiy ishlov berishning o‘ziga xos sohasidir. Pichoq charm applikatsiya va kandakori metall qoplama bilan bezatilgan qinga solinadigan qilib tayyorlanadi. Pichoqdar, tayyorlanadigan joyning mahalliy xususiyati va pichoqchilik maktablari an‘analariga ko‘ra, shaklan rang-barang bo‘ladi. Pichoqchi ustalar pichoqni damidan tortib, yaxlit yoki yig‘ma metall, yog‘och yoxud suyakdan tayyorlangan sopi (dastasi)gacha qadama, chekma yo bo‘yama naqsh bilan bezatishadi.

  • O‘zbekiston milliy kashtachiligi uy-joy ichki ziynatini, me‘moriy bezak bilan bir qatorda, o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi. Ko‘plab asrlar davomida Buxoro, Urgut, Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Samarqand, Toshkent, Namangan, Piskentda kashtachilikning mahalliy badiiy uslubi va yirik markazlari yuzaga kelgan.

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin