MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………..………………………3 I-BOBSINFDAN TASHQARI O`QISH DARSLARIDA ANVAR OBIDJON ASARLARINI O`RGANISHNING BOLALAR MA`NAVIYATIGA TA`SIRI…………………………………………………………………………..5
1.1 Anvar Obidjonning ning hayot yo’li.........................................................5
1.2 Adibning ijod maxsullari haqida………………….…...............................16
II-BOBBOSHLANGʻICH TA’LIMDA ANVAR OBIDJON IJODINI OʻRGANISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI……………20 2.1. Sinfdan tashqari oʻqish metodikasi ……...………………………….20
2.2 Sinfdan tashqari o’qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o’rganishning bolalar ma’naviyatiga ta’siri…………………………………………………….23
XULOSA………………………………………………………..……………….28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..……...….30
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 20 mart 76-sonli qaroriga muvofiq 2011-2016 yillar Oliy lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturi asosida oliy ta‘limning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu isloxotlarning amalga oshirilishida bevosita ilmiy tadqiqot ishlari sifatini yaxshilashga ham taʻsir etmasdan qolmaydi, albatta. Su ma‘noda o‘zbek tilshunosligi mutaxassislari ilmiy salohiyatini yuksaltirishda lingvistik tadqiqotlarning yangi va yangi qirralarining ochila borayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikka valentlik nazariyasi asosida yondashish frantsuz tilshunosligida L.Ten‘er, rus tilshunosligida Filicheva N.I. Katsnel‘son S.D., nemis tilshunosligida L.Veysgerber, G.Xel‘biglar tomonidan boshlangan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida I.Qo‘chqortoev. G‘. Abduraxmonov, A.Nurmonov, N.Maxmudov, R.Rasulov, M.Mirtojiev kabi tilshunosligimizning yetuk darg‘alari tomonidan ham tadqiq ishlari amalga oshirildi. Bunda albatta, lisoniy birliklarning birikuvchanlik xususiyatlarini o‘rganish valentlik nazariyasiga olib keladi. Anvar Obidjonning dramaturgiyadagi faoliyati bolalarga atalgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” nomli komediyasi 1983 yilda Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilishidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Toʻtiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon” kabi pyesalari qoʻyildi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida bu adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan.
Anvar Obidjonga 1998 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2011), “Shuhrat” medali (1997) bilan taqdirlangan.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarning ongi va shuuriga kuchli taʼsir koʻrsata oladi. Shu sababli bunday kitoblar tarbiyaviy nuqtai nazardan alohida ahamiyatga egadir. Bu xildagi sheʼrlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini toʻplab, ulardan xulosa chiqarishga undaydi.
Bolalar adabiyoti namunalarini oʻrganish yuzasidan tashkil etiladigan darslarda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlari, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish borasidagi barcha ishlar muvaffaqiyatlar garovi sanaladi. Yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish esa taʼlimning muhim omillari sirasiga kiradi. Tafakkur mustaqilligi maʼlum darajada bilim olishdagi mustaqillikka tayanadi, oʻz navbatida uni maʼnan va ruhan oziqlantirib turadi.
Taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon asarlariga shu jihatdan nazar tashlaganda uning shoir, nosir, kinossenarist, dramaturg, noshir sifatidagi koʻp qirrali ijodiy faoliyatida bolalarning ruhiyatini ochib beradigan, ularni kitob olamiga oshno etadigan ajoyib jozibani koʻramiz. Uning asarlari yosh avlod qalbiga ezgulik va yaxshilik urugʻlarini sochib, ulardagi insoniy fazilatlarni oshirishga xizmat qiladi.
Uning sheʼr va hikoyalari, qissa va pesalarida oʻta jozibador yumor ustunlik qilayotgandek tuyulsa-da, yurtning shaʼnini, xalqning qadr-qimmatini kamsituvchi istibdodga nafrat, milliy ozodlikka tashnalik, oʻzlikni tanishlikka daʼvat dadil tarzda yangraydi. Ijodkor zamon dard-u tashvishlarini bolalarga xos sodda va taʼsirchan ifodalar orqali yetkazib bera olganligining guvohi boʻlamiz.