sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon ijodini o`rganish kurs ishi
I-BOBSINFDAN TASHQARI O`QISH DARSLARIDA ANVAR OBIDJON ASARLARINI O`RGANISHNING BOLALAR MA`NAVIYATIGA TA`SIRI 1.1 Anvar Obidjonning ning hayot yo‘li Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum» jurnallarida ishladi.
«Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi.
«Bulbulning cho‘pchaklari», «G‘alati maktublar», «Kumush uy», «Gurungdagi gaplar», «Ajoyibxona», «O‘zimizning ansambl», «Ignalarim chiroyli», «Mening kollektsiyam», «Shirin so‘ylar jajjivoylar», «Kalamushlar kemasi», «Siz eshitmagan qo‘shiqlar», «Dalalardan bolalarga», «Osmondan tushgan sozanda» turkum she’rlari fikrimizga dalildir.
Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.
Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.
U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998). Anvar Obidjonning dramaturg sifatidagi faoliyati “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” komediyasi (1983) Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilganidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir”), “Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Alamazon” kabi pyesalari qoʻyildi. Oʻzbekfilm kinostudiyasida adib ssenariylari asosida “Tilsimoy ‒ gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli meshpolvon” komediyalari tasvirga olindi1.
Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1997 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Armiyadan qaytib, avvaliga oʻz qishlogʻidagi kolxozda paxtachilik brigadasi tabelchi-hisobchisi, keyinchalik qoʻshni qishloqdagi kolxozda Grajdan mudofaasi shtabi boshligʻi, klub mudiri boʻlib ishladi. Tuman gazetasiga muxbirlikka oʻtgach, boshqatdan “Mehnat daftarchasi” ochdirib, hayotining koʻpdan orzulab yurgan yangi davrini top-toza sahifadan boshladi.
Anvar Obidjon 1974–1979 yillar davomida hozirgi Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan taʼlim oldi. U 1969 yilda turmush qurib, 1970 yilda Bahrom, 1972 yilda Bahodir, 1975 yilda Bobur, 1978 yilda Botir, 1980 yilda Bunyod ismli farzandlar koʻrdi. Mustaqillikkacha hukumat nishonlari, adabiy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, 2014 yilda Koreyada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo va koreys xalqlari ertakchiligi mavzusidagi toʻrt kunlik forumda ishtirok etganligini hisobga olmaganda, oʻzi fuqaro boʻlmish mamlakatdan tashqariga sayohatga chiqmagan.
Xilma-xil janrlarda ijod qiluvchi adib sifatida tanilgan Anvar Obidjon bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qator qissalar, sheʼrlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar bitgan.
Anvar Obidjon 1981 yili Toshkentga kelib, hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Choʻlpon” nashriyotlarida, “Mushtum”, “Yosh kuch” jurnallarida, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritdi.
U bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qator qissalar, sheʼrlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar yaratdi. Hozirga qadar “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1980), “Ey, yorugʻ dunyo…”, “Olovjon va uning doʻstlari” (1983), “Alamazon i yego pexota” (1984), “Bezgakshamol” (hajviy gʻazallar, 1985), “Ketmagil” (1985), “Masxaraboz bola” (1986), “Akang qaragʻay Gulmat”, “Juda qiziq voqea” (1987), “Dahshatli Meshpolvon” (1989), “Yerliklar” (1990), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Bulbulning choʻpchaklari”, “Odobli boʻlish osonmi” (2001), “Tanlangan sheʼrlar”(2006), “Oʻq oʻtmas bolakay yoxud oltin yurak” (2011), “Ajinasi yoʻq jinkoʻchalar” (2015) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari nashr etildi.
Anvar Obidjonning dramaturg sifatidagi faoliyati “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” komediyasi (1983) Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilganidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir”), “Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Alamazon” kabi pyesalari qoʻyildi. Oʻzbekfilm kinostudiyasida adib ssenariylari asosida “Tilsimoy ‒ gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli meshpolvon” komediy2alari tasvirga olindi.
Anvar Obidjonning dramaturgiyadagi faoliyati bolalarga atalgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” nomli komediyasi 1983 yilda Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilishidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Toʻtiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon” kabi pyesalari qoʻyildi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida bu adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan.
Anvar Obidjonga 1998 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2011), “Shuhrat” medali (1997) bilan taqdirlangan.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta‘lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi-kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Hozirgi zamon bolalar adabiyotining taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshib kelayotgan Anvar Obidjon 1980-yilda “Bahromning hikoyalari” nomli toʻplami chiqqanidan soʻng adabiy jamoatchilikning eʼtiboriga tushdi. Oradan shuncha vaqt oʻtib ham, u oʻzining munosib oʻrnini mustahkam saqlab turibdi, uning koʻp qirrali ijodiga boʻlgan qiziqish tobora ortmoqda. Ibrohim Gʻafurov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Abdugʻafur Rasulov, Said Ahmad, Safo Matjon, Rahmon Qoʻchqor, Miraziz Aʼzam, Mahmud Sattor, Kavsar Turdiyeva, Tursunboy Adashboyev, Lola Sodiqova-Zvonaryova, Rahmatulla Barakayev, Hulkar Hamroyeva kabi munaqqid va adiblarimiz bu ijodkorning asarlari toʻgʻrisida bir-biridan koʻtarinki maqolalar yozishdi. Izlanuvchi olima Zamira Ibrohimovaning “Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar” nomli kitobida (A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti, 2005) adibning nazm va nasrdagi asarlarining nihoyatda oʻziga xosligi, oʻquvchini oʻziga mahliyo eta olish sirlari keng talqin qilib berilgan3.
Anvar Obidjon ijodi yuzasidan fikr bildiruvchilarning barchasi doimo bir narsaga, ya‘ni uning bolalar adabiyotiga yangicha bir yoʻnalish olib kirganiga alohida urgʻu berib oʻtishadi. Kichkintoylar shoiri Tursunboy Adashboyev bu holni soddagina taʼriflab: “80-yillarga kelib Anvar Obidjon bolalar sheʼriyatidagi ob-havoni bir yoʻla yangiladi”, deb yozgan edi.
Haqiqatan ham, bolalar adabiyotida oʻtgan asrning 80-yillarigacha chop etilgan kitoblardagi sheʼrlarga nazar tashlasak, ularning aksariyat qismi oʻsha mahaldagi tuzumni ulugʻlashga, turmushimizning oʻta farovon, kelajagimizning behad yorqin ekanligiga oʻquvchini ishontirishga qaratilgan “yalangʻoch mafkura”li sheʼrlar, bogʻ, maktab, oromgohlardagi gʻamxoʻrliklarni, yosh avlodning dunyoda eng baxtiyorligini aks ettiruvchi quruq maʼlumotlardan nariga oʻtolmaydigan asarlardan iborat edi. Koʻr-koʻrona pand-nasihatlar, xalq ertaklari va latifalari asosida yengil-yelpi hazillar toʻqish ham avj olgan edi. Bunday asarlarning vazifasi bir xil boʻlib, ular bolalarning ongiga taʼsir oʻtkazishga xizmat qilar edi. Shunday sharoit mavjud boʻlgan, bolalarni “Imperiya mafkurasi” chizib bergan chiziqdan chiqarmay tarbiyalash qonunga aylanib qolgan muhitda boshqacha yoʻlda ijod qilish mumkin emasdek tuyular edi. Anvar Obidjon shu chiziqdan yorib oʻtishni uddalashga urina boshladi.
Anvar Obidjonga xos kashfiyotning siri shundaki, shoir bolalarning ongidan koʻra koʻproq koʻngliga taʼsir oʻtkazish yoʻlidan bordi. Binobarin, koʻngilga qattiq oʻrnashmagan narsa ongda uzoq vaqt saqlanishi, saqlanganda ham faol harakatga sabab boʻlishi qiyin.
“Eski maktab”da suyagi qotgan shoir bezorilikni qoralamoqchi boʻlsa, kuchim koʻp deb boshqalarga ozor yetkazaverma, hammaga xunuk koʻrinib, oxiri nazardan qolasan, sen bilan hech kim oʻrtoq boʻlmay qoʻyadi, deganga oʻxshash mazmunda sheʼr bitishi tabiiy hol edi. Bu bilan u oʻquvchining ongiga taʼsir qilmoqchi boʻladi. “Bezori”da esa, Anvar Obidjon sheʼrxonning koʻngliga yoʻl izladi va oʻquvchiga quvnoq kayfiyat bagʻishlovchi qiziq holat, kulgili obraz yaratish orqali bunga muvaffaq boʻla oldi. Dilozor bezorining koʻpchilik uncha xushlamaydigan, isqirt joylarda ivirsib yuruvchi qargʻa qiyofasida berilganining oʻzi jajji kitobxonning koʻnglida unga nisbatan ijirgʻanish hissini uygʻotadi va bolaning gʻashiga tegishi mumkin boʻlishga qolmaydi.“Bahromning hikoyalari”dagi “Parvarda” degan boshqa bir she‘rda esa yosh Boʻricha onasi quyon goʻshtini, otasi kiyik goʻshtini uning tugʻilgan kuniga sovgʻa qilishmoqchi boʻlsa-da, bunga koʻnmay, hali oʻzi totib koʻrmagan, juda shirinligini birovlardan eshitib bilgan parvarda olib berishlarini talab qilishga tushadi. Ota-onasi kuyunib, parvarda faqat shaharda sotilishini, u yoqqa borish xatarli ekanini tushuntirishga urinishadi. Ammo, Boʻricha bu gaplarga quloq solmay, jonini xatarga qoʻyib boʻlsa ham, parvardani yeb koʻrish ishtiyoqida yonganicha shaharga qochib ketadi. Shaharga borganidayoq uni tutib olishib, ajoyibxonadagi qafasga tiqib qoʻyishadi, hammaga tomosha boʻlib, endi parvardani oʻylamay, oʻzi tugʻilgan adirni sogʻina-sogʻina kun koʻra boshlaydi. Oradan bir necha yil oʻtgach, taqdirga koʻnikib, yuvoshgina boʻlib qolgan Boʻrichaga aynan u tugʻilgan kunda bir qizcha parvarda tashlab oʻtadi. Endi unga parvarda kerakmikan, degan savol tugʻiladi oʻquvchida. Oʻsha davrda bolalar adabiyotida hukm surib turgan muhitni hisobga olganda, bu singari sheʼrlarni yozish oʻziga xos bir oʻjarlik, hatto shakkoklik sanalardi. Chunki u davrlarda qishloqlardagiga qaraganda shaharlardagi hayot darajasi bir necha oʻn baravar yuqori boʻlib, u yerdagi maoshi koʻp zavodfabrikalarga boshqa respublikalardan kelgan ishchilarni joylashtirishar, mahalliy aholini qishloqda ushlab turish uchun koʻpchiligiga hatto pasport ham berilmas, ulardan birovi shaharga borib kelsa, falon gʻaroyibotlarni koʻrdim, deb u yoqdagi turmushning shirinligini maqtashga tushar, barchaning havasi kelar edi. Shoir “Parvarda” she‘rida, bir tomondan, qishloqdan narini bilmay kun kechirayotganlarga achinsa, ikkinchi tomondan, shaharning oʻziga xos hayot tarzini yaxshi bilmay turib borganlarning hammasiga ham “shirin” luqma nasib etavermasligini sha‘ma qiladi. Bu she‘r real hayot haqida edi, faqat bolalarni emas, katta yoshdagilarni ham oʻylantirib qoʻyadigan kuchga ega edi4.
Zamonaga esa, saviyasi qay darajada yuqori boʻlmasin, bunga oʻxshagan sheʼrlar kerak emasdi, bolalarimizning koʻnglini choʻktiradigan, pessimistik (tushkunlik) ruhdagi narsalar bizga yot, biz turmushimizdagi qahramonliklarni, kishilarimizdagi yaxshi xislatlarni targʻib etishimiz zarur, degan gʻoya hukmron edi.Sharoit shunday ekaniga qaramasdan, Anvar Obidjon baribir oʻz uslubiga sodiq qolib, oʻzi tanlagan yoʻlda turib, tinimsiz ijod qilaverdi. Hali qishloqda yashab turgan vaqtlarida, asosan, oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalaridan boshlab yaratgan turkumturkum sheʼrlari avvaliga matbuotda bitta-ikkita boʻlib koʻrinib turdi. Shoir 80-yillar boshida Toshkentga koʻchib kelgach, sheʼrlariga endi matbuotdan kengroq oʻrin berib borildi, bolalar adabiyotini nazorat qilib turuvchi koʻzlar ham uning uslubiga asta-asta koʻnika borib, yangidan yangi kitoblari nashr etildi.
Shoir poytaxtga kelib ish boshlaganida yoshi oʻttiz beshdan oʻtib qolgani bois, tanilishga kechikkanga oʻxshab tuyulardi. Lekin oradan ikki-uch yil oʻtmayoq keng adabiy jamoatchilikning eʼtiborini tortdi, tez nom qozondi. Uning “Siz eshitmagan qoʻshiqlar”, “Dalalardan bolalarga”, “Gʻalati maktublar”, “Botirvoyning kundaligi”, “Kulchalar” kabi turkumlarga jamlangan hamda turli buyumlar, jonzotlar, oʻsimliklar olamini yosh kitobxonga sirdosh etib, ularda tabiatga mehr uygʻotuvchi, ohang va uslub jihatdan juda oʻziga xos, ham kulgi, ham falsafaga boy she‘rlari oʻzbek bolalar sheʼriyatida yangi bir oqimni shakllantira bordi. “Bulbulning choʻpchaklari” turkumi esa, garchi muallif ularni shaklan gʻazal holati deb baholagan boʻlsada, bolalar adabiyotiga gʻazal janrini olib kirdi. Professor Abdugʻafur Rasulov “Ijodiy oʻzlik sari yoʻl” maqolasida (“Sharq yulduzi”, 2-son, 2008) shunday deydi: “Anvar Obidjon bolalar uchun nimaiki yozmasin, goʻzallikni, kuyni, shakl va mundarija mutanosibligini nazarda tutadi. Bulbul qoʻshiqlari turkumida hamma narsa goʻzal, mukammal. Ohangga mos soʻzlarni tanlaydi, qahramonlarning fazilatlarini topib-topib, oʻrniga qoʻyibqoʻyib tasvirlaydi:
Shoir “Juda qiziq voqea” kitobidagi izohda, qat‘iy bir ohangga rioya qilaman deb, soʻzlarning bolalar uchun oson tushuniladigan tizimda ravon boʻlishiga putur yetkazmaslik maqsadida aruz qoidalariga ataylab toʻliq rioya qilmaganini ta‘kidlasa-da, “gʻazal shaklidagi” she‘rlar baribir tekis va jarangdor chiqqan. Shoir bu bilan oʻz zamonasi bolalarining aruzdan butunlay begonalashib ketmasligini ta‘minlashdagi oliyjanob istagiga erishgan.Anvar Obidjonning she‘riy turkumlari haqida soʻzlaganda bir narsani qayd etib oʻtish lozim boʻladi. Baʼzi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she‘rlarining mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar Obidjon esa, avval oʻziga xos mazmunga ega boʻlgan turkumni kashf etib, keyin shu yoʻnalishda she‘rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang, undagi sheʼrlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin. “Siz eshitmagan qoʻshiqlar” turkumi koʻpchilik oʻquvchilar uchun eng sevimlisi boʻlsa, ajab emas. Bolalar adabiyotining keyingi avlodi vakillaridan bir qanchasi shu turkumga taqlid qilib talay she‘rlar yozgani bundan dalolatdir.Hali maktab oʻquvchisi boʻlgan Anvar Obidjonning dastlabki she‘rlari “Gʻuncha” jurnalida bosilishiga sabab boʻlgan shoir Miraziz Aʼzam “Bolakaylarning minnatsiz xizmatkori” maqolasida (“Hurriyat”, 2007-yil, 4-iyul) dunyo bolalar adabiyoti namoyandalaridan yuzga yaqinining asarlarini oʻzbekchaga oʻgirgani, ularni Anvar Obidjon ijodi bilan chogʻishtirib, shunday xulosaga kelganini aytadi: “Qani, oʻylab koʻraylik, Anvar oʻsha shoir yoki yozuvchilarning qaysi biridan kam? Rus klassik bolalar shoirlari Korney Chukovskiy va Samuil Marshak, italiyalik Karlo Kollodi va Janni Rodari, amerikalik Doktor Siyuz va Jon Chiardi, nemis bolalar adiblari Erix Kestner va Jeyms Kryustlardan Anvarning kamlik joyi bormi? Yoʻq, albatta.
Nemis shoiri Bertold Brext “Molingizni koʻrsating” deydi. Biz jahonga Anvarning “mollari”ni, ya‘ni ijod namunalarini koʻrsata olmadik. Yoʻqsa, uning nomi ham jahon boʻylab jaranglagan boʻlardi”.
Anvar Obidjonning she‘riy dostonlari ham talaygina. “Odil Burgutshoh va “Zamburugʻ” laqabli josus haqida ertak”da agar yurt ichidagi odamlar ahil boʻlib, hushyor boʻlib yashamasa, tashqi gʻanimlar har qanday qudratli va obod oʻlkani ham hiyla-nayranglar bilan kuchsizlantirishi, vayron qilishi mumkinligi toʻgʻrisida soʻz boradi. “Oʻgʻirlangan pahlavon haqida ertak” esa bir qarashda, asosan, bosqinchilikni qoralagandek tuyulsada, bunda eng asosiysi millatning tili masalasidir. Dostonda goʻdakligida boshqa yurtga oʻgʻirlab ketilgan bola tengsiz pahlavon boʻlib ulgʻaygach, bosqinchilarga qoʻshilib oʻz xalqiga qarshi jang qilgani, hatto oʻz onasi bilan olishib, onaning tilini tushunmagani bois, halok boʻlishiga sal qolgani hikoya qilinadi. Anvar Obidjon ijodi haqida yozgan munaqqidlarning bir qanchasi uning oʻta kurashuvchanligi, qaramlikdan qutulishga, erkinlikka intilishga daʼvat mavzusini bolalar adabiyotiga dangal olib kirganini alohida ta‘kidlab kelishadi. Garchi Anvar Obidjonning oʻzi, istibdodga nafrat mavzusini “Oʻychan koʻzlar egasi”, “Bizda” singari she‘rlari bilan Miraziz Aʼzam 60-yillardayoq bolalar adabiyotiga olib kirgan, deya yuqoridagi fikrlarini inkor etishga urinsa-da, bu masalaga xolislik va adolat bilan yondashib aytish joizki, munaqqidlar baribir haq. Qaramlik bois millatimiz boshiga tushgan koʻrgiliklarni bolalar adiblaridan baʼzilari ilgari ham onda-sonda shaʼma qilib oʻtishgan, Anvar Obidjon esa bu mavzuga keng koʻlamda yondashdi, talay sheʼrlarida, dostonlarida, hikoyalarida, ayniqsa, “Alamazon va uning piyodalari”, “Dahshatli Meshpolvon” qissalarida, “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” pesasida bosqinchilikni oʻz nomi bilan atab, oʻz millati bolalarini kishanlardan xalos boʻlishga tinmay daʼvat etadi, muntazam ravishda kurashadi. Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor: nazmda, nasrda, dramaturgiyada birdek ijod qiladi. Publitsistika va adabiyotshunoslikda ham oʻz oʻrniga ega5.
Kattalar uchun ham turli janrlarda asarlar yaratgan. Ayniqsa, Gulmat Shoshiy tilidan yozgan gʻazallari, oddiy kishilarning tiliga yaqinligi bilan ajralib turuvchi oʻta quvnoq va tagdor hajviyalari, “Oltiariq hangomalari” turkumi tilga tushgan. Munaqqidlarimiz hajvchilikda uni Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Gʻafur Gʻulom, Said Ahmad an‘analarining davomchisi sifatida baholashadi. Shundan kelib chiqib aytilsa, munaqqidlar Anvar Obidjon ijodi haqida talay maqolalar yozganiga qaramay, uning asarlari har bir janr boʻyicha yanada chuqur tadqiqotlarini kutmoqda Bolalarning sevimli yozuvchisi, asarlari jahondagi oʻnlab xalqlar tiliga tarjima qilingan dovruqli adib Xudoyberdi Toʻxtaboyevning soʻzlari Anvar Obidjon har tomonlama keng oʻrganilishga arziydigan ijodkor ekanini tasdiqlaydi. “Polosonlik Anvar Obidjon” nomli maqolada (“Xalq soʻzi”, 2006-yil 20may) X. Toʻxtaboyev shunday yozadi: “Mark Tven, aka-uka Grimmlar, Sharl Perro, Janni Rodari singari jahonshumul yozuvchilarni oʻqiganda… ularning oʻziga xosligi, adabiyotga hech kim aytolmagan gaplarini aytib kirib kelganligini oʻylab, “Yo, Xudo, bizga ham ana shunday yozuvchilardan bersang edi”, deb ich-ichimdan orzu qilgan paytlarim ham koʻp boʻlgan. Ana shunday ijodkorni Alloh bizga polosonlik Anvar Obidjon qiyofasida berganga oʻxshaydi”. Yetuk ustozlarning mehrini qozongan Anvar Obidjon yurtimiz mustaqillikka erishgach, nihoyat oʻzining munosib bahosini oldi. U 1987-yilda hukumatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi, 1988-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor boʻldi. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” nomli birinchi pesasi 1983-yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan. Keyinchalik mazkur teatrda va Fargʻona, Guliston, Qarshi, Qoʻqon teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang, hay-hay”, “Toʻtiqul”, “Samozvanets”, “Qorinbotir”, “Alamazon”, “Navroʻz va Boychechak” kabi pesalari namoyish etildi. “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida uning ssenariylari asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” kinolari suratga olingan.
1974 yilda Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan sheʻrlaridan iborat
«Ona Er» kitobi chop etildi. Agar toʻplamga kiritilgan sherlarga adabiyotning yuksak badiiylik talablari asosida yondoshilsa, uni oʻzbek bolalar sheʻriyatiga qoʻshilgan muhim hissa, deya baholash qiyin. Chunki toʻplamdagi sheʻrlarning ko’pchiligida yosh oʻquvchilar ma’naviyatini boyitadigan yangi fikrlar deyarli uchramaydi. Bolalar she’riyatida qayta-qayta takrorlanib, shablonga aylangan tayyorga ayyor boʻlish, nafsi buzuqlik, yalqovlik, injiqlik, oʻyinchoqlarni avaylamaslik kabi qusurlarni yomonlash kabi «gʻoyalardan» nariga oʻtilmagan va ular ta’sirli badiiy usullarda oʻz ifodasini topmagan. Ammo kitobdagi «Sotqin baroq haqida» gi ertakda gʻoyani ixcham shaklda ifoda etish, tabiatdagi jonsiz narsalar, turli hayvon, parranda va boshqa jonivorlarni odamlarday soʻzlatish, qiyofalarini real chizish, bolalarbop kulgili vaziyatlar yaratish orqali kichkintoylar maʻnaviy olamini boyitishga intilish, yangicha bir izlanish borligi sezilib turardi. Shoir keyinchalik xudi shu yo’ldan bordi… “Bahromning hikoyalari”. (Bolalarga sheʻrlar. Rangli. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1980 yil, 2 b/t, 32 bet, oʻn ming nusxa).
Oradan olti yil oʻtgach, 1980 yilda Anvar Obidjon oʻzining ikkinchi sheʻriy to’plami –«Bahromning hikoyalari»ni oʻquvchilar hukmiga havola etdi. Bu kitob shoirga katta shuhrat keltirdi. Toʻplamga kiritilgan asarlar oʻzbek bolalar adabiyotiga kichkintoylar uchun nimalarni yozish va nima uchun yozish kerakligini, eng muhimi, qanday yozish lozimligini chuqur his eta olgan boshqacha ovozdagi shoir kirib kelganligidan darak berib turardi. Anvar Obidjonning dramaturgiyadagi faoliyati bolalarga atalgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” nomli komediyasi 1983 yilda Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilishidan boshlandi. Shundan eʻtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Toʻtiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon” kabi pyesalari qoʻyildi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida bu adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan.
Anvar Obidjonga 1998 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2011), “Shuhrat” medali (1997) bilan taqdirlangan.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarning ongi va shuuriga kuchli taʻsir koʻrsata oladi. Shu sababli bunday kitoblar tarbiyaviy nuqtai nazardan alohida ahamiyatga egadir. Bu xildagi sheʻrlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini toʻplab, ulardan xulosa chiqarishga undaydi.Bolalar adabiyoti namunalarini oʻrganish yuzasidan tashkil etiladigan darslarda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlari, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish borasidagi barcha ishlar muvaffaqiyatlar garovi sanaladi. Yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish esa taʻlimning muhim omillari sirasiga kiradi. Tafakkur mustaqilligi maʼlum darajada bilim olishdagi mustaqillikka tayanadi, oʻz navbatida uni maʼnan va ruhan oziqlantirib turadi. Taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon asarlariga shu jihatdan nazar tashlaganda uning shoir, nosir, kinossenarist, dramaturg, noshir sifatidagi koʻp qirrali ijodiy faoliyatida bolalarning ruhiyatini ochib beradigan, ularni kitob olamiga oshno etadigan ajoyib jozibani koʻramiz. Uning asarlari yosh avlod qalbiga ezgulik va yaxshilik urugʻlarini sochib, ulardagi insoniy fazilatlarni oshirishga xizmat qiladi.Uning sheʻr va hikoyalari, qissa va pesalarida oʻta jozibador yumor ustunlik qilayotgandek tuyulsa-da, yurtning shaʼnini, xalqning qadr-qimmatini kamsituvchi istibdodga nafrat, milliy ozodlikka tashnalik, oʻzlikni tanishlikka daʼvat dadil tarzda yangraydi. Ijodkor zamon dard-u tashvishlarini bolalarga xos sodda va taʻsirchan ifodalar orqali yetkazib bera olganligining guvohi boʻlamiz6.