2-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari. (2 soat) Reja



Yüklə 36,62 Kb.
səhifə10/12
tarix04.10.2023
ölçüsü36,62 Kb.
#152058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Pedagogika fanining predmeti,tadqiqoqt metodlari.

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim -tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;

  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:

  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

  3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;

  4. suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;

  6. suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

  7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

  8. olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.


Yüklə 36,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin