2-mavzu: plagiat va unga yo‘l qo‘ymaslik talablari



Yüklə 10,95 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü10,95 Kb.
#209992
1   2   3
2-mavzu plagiat va unga yo‘l qo‘ymaslik talablari-fayllar.org (1)

Antiplagiat nima?
Bugungi kunda Antiplagiat — bu matnli hujjatlardagi o‘zlashtirib olishlarni qidirish bo‘yicha Rossiya va MDH mamlakatlari bozori yetakchisi. Biz — plagiatni aniqlash bo‘yicha birinchi va eng yaxshi Rossiya tizimi ishlab chiquvchisimiz. Biz foydalanuvchilarimizga kurs ishlari, diplomlar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va hisobotlardagi o‘zlashtirib olishlarni topishga yordam beramiz. Biz mualliflik huquqlariga amal qilinishi va ularning saqlanishiga ko‘maklashamiz.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talaballarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o`rganishini tashkil etish, olingan bilim, ko`nikmalarini chuqur o`rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko`rish, aqliy mehnat madaniyati, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlartalabaning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan vamuntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan. Mustaqil ishlar referat, slayd, vaziyatli masalalar, test, internet ma’lumotlari ko‘rinishlarida bajariladi.
Dasturning informatsion metodik ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy ilg‘or interfaol usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining prezentatsiya (taqdimot) texnologiyalaridan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarda texnikalardan keng foydalaniladi.
Mustaqil ta’lim – muayyan fan dan o‘quv dasturida belgilangan hamda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni,o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi. Ushbu maqolada mustaqil ta’limni tashkil etish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, bugungi kunda mavjud materiallar asosida shakllantirilgan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ish (TMI) - muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi-oliy ta’lim talablariga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bo‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobilyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma- bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur, Shunda mustaqil ta’limga ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobilyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
- o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
http://fayllar.org
Yüklə 10,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin