Psixologiyaning falsafa fani tarkibida rivojlanishi
Xronologiya
Bosqichning mazmuni
Yakuniy natijasi
Er.av. V-VI asrlar
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy fikrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Ruh haqidagi fanning paydo bo‘lishi va unda 2 yunalish: materialistik va idealistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi. Psixik jarayonlar: sezgi idrok, xotira, tafakkur, affekt, iroda haqidagi ilk empirik bilimlarning paydo bo‘lishi. Tana va ruh munosabatiga har xil yondashish
V-VIII asr
Ruh haqidagi fanning falsafiy ta’limoti doirasida tibbiy bilimlar asosida rivojlanishi
Tomistik psixologiyaning paydo bo‘lishi
XV-XVI asr
Ruh haqida fanning anatomik-fiziologik bilimlar asosida rivojlanishining davom ettirish
Tadqiqot ob’ekti sifatida ruhni inkor etish, «Psixologiya» terminining kiritilishi
Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishi
Xronologiya
Bosqichning mazmuni
Yakuniy natijasi
XIX asr boshidan XIX asrning 60‑yillarigacha
Psixologiya mustaqil fan ekanligini ta’kidlovchi ilk bilimlarning paydo bo‘lishi
Asab tizimi va sezgi organi faoliyatini eksperimental metod bilan o‘rganila boshlashi psixofizika va psixogeometriyaning paydo bo‘lishi, sezish va idrok etish nazariyalarining kashf etilishi
XIX asrning 60‑yillaridan XIX asrning oxirigacha
Psixologiyaning bevosita mustaqil fan sifatida rivojlanishi
Eksperemental metodlar psixologiyadan mustaqil o‘rin egallashi psixologiyada amaliy-empirk tadqiqotlarni paydo bo‘lishi fanda yangi tarmoqlarni vujudga kelishi
20 asrning 10‑30‑yillari
Psixologiyada ochiq krizis (inqiroz)
Chet el psixologiya maktablari, bixeviorizm
30‑50‑yillar
Inqirozning tugallanishi
Yangi tarmoqlar: genetik psixologiya, shaxs psixologiyasining paydo bo‘lishi, yangi maktablar, neobixeviorizm, neofreydizmning vujudga kelishi
60‑yillar
Yangi nazariy va amaliy qidirish
Yangi yo‘nalish: gumanistik psixologiya, logopediya, kognitiv psixologiyaning paydo bo‘lishi, psixologiya predmetini tahlil qilinishi, ongsizlik masalasiga katta e’tibor, sotsial psixologiya masalalarini chuqurlashtirish
Umuman, psixologiya faning rivojlanishida juda ko‘plab olimlarning tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim tamoyil − tarixiylik tamoyilidir. Bu tamoyil tadqiqotchidan o‘rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o‘ziga xosliklari, ijtimoiy-madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o‘rganib, o‘rganiladigan hodisaning qaytarilmasligi va noyobligini ko‘rsata olishni talab qiladi.
Tarixiylik tamoyilining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda namoyon bo‘ladi. Prezentizm − tarixiy tadqiqotni o‘rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo‘lgan ko‘rinishlarinigina ajratib olib o‘rganish bilan cheklanishdir. Antikvarizm − aksincha, tarixiy o‘tmishni hozirgi zamon talablariga bog‘liq bo‘lmagan, qotib qolgan hodisa sifatida o‘rganadi. O‘tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik tamoyilidan chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan hodisalarning umumiy qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning birligiga tayanish ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko‘ra, tarixchi o‘tmish hodisasini shunchaki tasvirlab qo‘ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya’ni bu hodisalarda qandaydir doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy psixologik g‘oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo‘nalishni g‘oyaviy mohiyatini aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy konsepsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy rolidan ajratib o‘rganuvchi ob’ektivizm va sub’ektivizmdan farq qiladi.
Tarixiy psixologik tadqiqotlarda M.G. Yaroshevskiy ta’kidlaganidek, determinizm − sababiylik tamoyili katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko‘plab turlari paydo bo‘lgan. Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning har biri psixik hodisalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi (Yaroshevskiy M.G. - 1980).