Bajardi:HHB-5 guruh talabasi Olimov Saidumar Shuxrat o’g’li Qabul qildi: H.Sh.Xadjayeva Labaratoriya ishi 4 Mavzu: Matlab dasturida muhandislik masalalarini yechish. O`quv mashg’ulotining maqsadi: MatLab tizimida oddiy hisoblashlarni bajarish. Elementlari bilan tanishish va hisoblash ko‗nikmalarini olish. Mavzu bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, variant misollarini bajarish. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 1. Nazariy qism bilan tanishib chiqish. 2. MatLab tizimi bilan tanishing. 3. Instrumentlaridan foydalangan holda sxema yarating 4. Matematik formulalar bilan ishlash. 5. Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash. Nazariy qism: MATLAB tizimi fan va texnikaning ixtiyoriy sohasi modellashtirish masalalarini yechishga imkon beruvchi interfaol tizimdir.Odatda MATLAB matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimi sifatida qaraladi. MATLAB tizimi AQSh ning The MathWorks, Inc., kompaniyasi tomonidan 20-asrning 80-yillarida ishlab chiqilgan. MATLAB to‘g’risidagi ma’lumotlarni www.mathworks.com, www.matlab.ru, www.exponenta.ru, www.softline.ru saytlaridan olish mumkin. Matlab bu: • Matematik algoritmlarni yaratish. • modellashtirish • tahlil qilish • ma’lumotlarga ishlov berish • dastur grafikasi bilan ishlash • GUI ilovalarini ishlab chiqish kabilar dastur paketlarning umumiy sonini belgilab beradi.
Matlabda paketlar to‘plami: • Tizimning qo‘shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi.U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo‘naltirish imkoniyatini beradi.