2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi



Yüklə 71,56 Kb.
səhifə5/12
tarix10.05.2022
ölçüsü71,56 Kb.
#57083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-мавзу (1)

Qiymatning umumiy shakli. Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e‘tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bo‘lgan tovarni o‘zlashtirishga qaratildi.

Umumiy ekvivalent sifatida qo‘y, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar e‘tirof etildi, lekin ular o‘zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt umumekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kishilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni tezlashtirdi, bu sharoitda umumekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlarni olib yurish, saqlash va boshqa jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim olish uchun to‘quvchiga donni taklif etsa, to‘quvchiga don emas, balki qo‘y zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo‘yga almashtirish va shundan so‘ng to‘quvchiga qo‘yni berib o‘ziga zarur bo‘lgan kiyimni olishi mumkin, ya‘ni ayirboshlash jarayonlarida ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlari doimo ham bir – biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchlik va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi.




  1. Yüklə 71,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin