Qiymatningkengaytirilganshakli. Qiymatning kengaytirilgan shakli jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu davrda, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi. Natijada, ishlab chiqarish salmog‘i ortib bordi, mahsulotlar tez – tez tovar sifatida ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga ayirboshlanadigan bo‘ldi. Ayirboshlash jarayonining vujudga kelishida, tomonlarning mafaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli amal qilgan davrda ayrim tovar turlari, mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don = bitta qo‘y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta, mamlakatning geografik xususiyati va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, ular o‘rtasida pul vazifasini bajaradigan tovarlar va mahsulotlarni ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Masalan, AQShda tamaki, Sharqiy Xindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa,
Shotlandiyada mix, Misrda mis, shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar umumekvivalent vazifasini bajara boshladi.