2-mavzu: rekrutmentning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü42,42 Kb.
#208658
  1   2   3   4   5   6   7
2-мавзу


2-MAVZU: REKRUTMENTNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

REJA:
1. Klassik rekrutment vositalari


2.Rekrutmentning zamonaviy tendentsiyalari
3. Kadrlarni izlash va tanlash yo'nalishlari
4. Xorijda rekruting xizmatlari turlari


1. Klassik rekrutment vositalari
Hozirgi kunda jahon amaliyotida rekruting kompaniyalari yoki korxonalarning inson resurslarini boshkarish bo‘limlari potensial nomzodlarni qidirish va tanlash texnologiyalariga asoslangan yo‘nalishlarga ko‘gtrok e’tibor qaratmokda. Ularning eng keng tarqalgan turi klassik rekrutment (an’anaviy rekrutment) hisoblanadi. Klassik rekrutmentning ob’yekti nofaol ish qidiruvchilar, band bo‘lmagan iqgisodiy faol aholi va ishsizlar hisoblanadi.
Klassik rekrutment - bu kompaniya uchun o‘rta va quyi pog‘onali menejerlar, muhandis-texnik xodimlar va mutaxassislarni izlash hamda ularni tanlash usulidir. Masalan, bu usul sizga savdo bo‘yicha menejer, buxgalter yoki huquqshunos bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda qo‘l keladi. Ushbu usulning o‘ziga xos xususiyati 5fta darajadagi xodimlar uchun standart qidiruv vositalaridan keng foydalanish hisoblanadi. Bunday usul mehnat bozorini o‘rganish va bo‘sh ish o‘rinlarini reklamasi asosida olib boriladi.
Klassik rekrutmentning asosiy xususiyati uning barcha sohalarga xosligidir, ya’ni tanlovning konveyr xarakteri, puxta ishlab chiqilgan qidirish prosedurasi hamda jarayon uchun anik vaqtning belgilanishi. Hozirda klassik rekrutmentni amalga oshirish vositalari agentlik ma’lumotlar bazasi, ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari, internet saytlari hisoblanadi.
Klassik rekrutmentning asosiy yo‘nalishlari:

Klassik rekrutmentning tarkibiy va texnologik ishsizlikni tartibga solishdagi ahamiyati katta, chunki bu mamlakatda ishsizlik darajasini haqikatan ham kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek, davlat ish bilan bandlik markazlariga murojaat qilmaydigan yukori malakali ofis xodimlarini ish bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin