Yutassik rekrutment usuli bilan kadrlarni tanlash texnologiyasi kuyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Kerakli mutaxassisni topish uchun so‘rovni shakllantirish
Buyurtmachi kompaniya bilan batafsil muzokaralar olib borish, vazifalar va vakolatlarni to‘g‘ri shakllantirish rekrutment jarayonida muvaffaqiyat kalitidir. Shu sababli ushbu bosqichda rekruterlar buyurtmachi bilan yaqin aloqalar o‘rnatadi va o‘zaro uchrashib suhbatlashadi. Muzokaralar jarayonida nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar aniqlanadi va buyurtmachi kompaniyaning tashkiliy tuzilishi hamda bo‘sh lavozim xususiyatlari to‘g‘risida ma’lu-mot yig‘iladi. Bo‘sh lavozimni to‘ldirish uchun xizmat haqi kelishiladi va ikki tomon o‘rtasida shartnoma imzolanadi.
E’lon berish Buyurtmachi kompaniyadan olingan bo‘sh lavozim asosida “ nomzodlarni qidirish xaritasi” tuziladi, ya’ni kerakli mutaxassisni izlash usullari va manbalari rejalashtiriladi. Ushbu xaritada e’lon matni va uni ommaga yetkazish kanallari aniqlanadi. E’lon matni imkon qadar ko‘prok nomzodlar e’tiborini jalb qiladigan holda tayyorlanadi. Ushbu e’lon agentlik veb- sahifasi, bandlik saytlari va ijtimoiy tarmoqlar hamda bosma nashrlarga joylashtiriladi.
Qidiruv doirasini kengaytirish Ushbu bosqichda nomzodlarni turli manbalardan kidirish, “ qidirish xaritasi”ga ko‘ra, odatda, yollovchilar ma’lumotlar bazasini turli ish saytlari, bosma ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orkali shakllantiradi.
Nomzodlarni baholash Potensial nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazilgandan so‘ng, yollanma oluvchi nomzodning shaxsiy ma’lumotlari, bilimlari, ko‘nikmalari, shaxsiy ma’lu- motlari mijoz tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi, nomzodning shaxsiy shartlariga, nomzodning shaxsiy uslubiga va mijozning korporativ uslubiga mos keladigan, mijoz tomonidan belgilangan talablarga muvofiq- ligi mavzusidagi ma’lumotlarni tahlil kiladi. Shuningdek, nomzodning motivatsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Nomzodlarni baholash asosida yollovchi uni mijozga topshirishga qaror qiladi. Oldingi ish joylaridan tavsiyalar to‘plash faqat oxirgi nomzodlar uchun amalga oshiriladi.