2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: 1


Sport mashg‘ulotlarining davrlari va tuzilishi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix12.10.2023
ölçüsü340,1 Kb.
#154771
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Mikrosikllar turlari va ularning tuzilish xususiyatlari

Sport mashg‘ulotlarining davrlari va tuzilishi 
Makrosikl davomidagi mashg‘ulot jarayonini ma’lum davrlarga bo‘lib tuziladi. 
Boshqacha qilib aytganda, ayrim sport turlarida dastur, musobaqa qoidalari, musobaqalar soni va 
xalqaro musobaqalarni ko‘payishi mashg‘ulot tuzilishi va mazmunining barcha yelementlariga - 
yo‘nalishiga, vositalariga, uslublariga, umumiy va maxsus tayyorgarlik nisbatlariga, yuklamalr 
dinamikasiga va xokazolarga qanday bo‘lmasin ta’sir yetadigan qonuniy suratdagi davriy 
o‘zgarishlarga olib keladi.
Mazkur davriy o‘zgarishlarning sabablari haqida gapirish uchun sport formasi 
tushunchasiga hamda uning taraqqiyot qonuniyatlarini ko‘zdan kechirib chiqmoq kerak.
Sport formasi.
Sport formasi ko‘p jihatlidir. Maxsus ma’lumotlarni umumlashtirib, unga 
xos bo‘lgan belgilar kompleksini ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik nuqtai nazardan sport formasiga quyidagilar xosdir:


-sport formasida bo‘lmagan paytda mumkin bo‘lmagan yuksak funksional darajada spesifik 
muskul ishini bajara olish qobiliyati, ya’ni sport formasi davrida organizm yeng yuksak 
funksional darajaga yega bo‘ladi; 
-funksiyalarni tejash, ya’ni nihoyat darajasiga yetmagan standart ishlarni bajarishda
(jumladan yenergiya sarflashda) barcha ish jarayonlari mukammalroq koordinasiya qilinishi 
hamda organizmning funksional imkoniyatlarini yuksakroq bo‘lishi tufayli qator fiziologik 
o‘zgarishlarni kamaytirish
Yuksak turg‘unlik va shu bilan birga sport harakati malakalari dinamik steriotiplarining 
varinativligi (o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olishi). 
Yuksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va 
bir ishdan ikkinchi ishga tezroq o‘ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish 
jarayonlarining tezroq o‘tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilish bilan bir qatorda 
charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo‘ladi.
Sport formasi haqida psixologik tasavvurlar hozircha to‘la va yetarli darajada konkret 
yemas. Shunday bo‘lsada quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin.
Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq maxsus idrok yetish qobiliyatining 
yaxshilanishi suzuvchilarda "suvni his yetish" va xokazo; 
Harakatlarni ongli ravishda boshqarish (harakat malakalarini maqsadga muvofiq ravishda 
avtomatlashtirish asosida) va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo‘lish 
imkoniyatlarining yuksalishi; 
Iroda kuchi diapazonining kengayishi (ham uzoq vaqt iloji boricha iroda kuchi sarflash 
imkoniyatlarining kengayishi, ham shu imkoniyatlarning absolyut darajasi yuksalishi);
Musobaqalashishga va yutuqlarga yerishishga qaratilgan alohida yemosional kayfiyat, 
sport formasi - kuch - quvvatiga qat’iy ishonishga asoslanib, yeng zo‘r jasorat ko‘rsatish mumkin 
bo‘lgan davr.
Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa yerishishga 
optimal tayyor yekani hamma tomonlarning- psixik, jismoniy, sport - texnik va taktik jihatdan 
tayyor yekanining - garmonik birligidan iboratdir.
Ana shu komponentlarning barchasi mavjud bo‘lsagina sportchi formada hisoblanadi. 
Sportchining jismoniy sifatlari qanchalik yuksak taraqqiy yetgan bo‘lmasin, uning texnikasi va 
taktikasi qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, agar u jiddiy musobaqaga psixik jihatdan tayyor 
bo‘lmas, agar unda shu maqsadga qaratilgan tirishqoqlik yoki boshqa iroda sifatlari bo‘lmasa, u 
xech qachon yuksak natija ko‘rsata olmaydi. Xuddi shu gaplar sport formasining boshqa barcha 
tmonlariga ham taalluqlidir. Shu bilan birga jismoniy fazilatlar va harakat malakalarining birligi, 
ya’ni bu fazilat va malakalarning o‘zaro uyg‘unligi shunday bo‘lishi kerakki, unda sportchi 
tanlangan sport turida o‘z jismoniy fazilatlarini ayni texnik va taktik malakalar formasida 
maksimal darajada namoyon yetishga qodir bo‘lsin.
Yuqorida aytilganlarning hammasini har bir aniq sharoitning o‘ziga qarab tadbiq yetmoq 
kerak. Chunki optimal tayyorgarlik tushunchasi nisbiydir. U sport formasi taraqqiyotining faqat 
konkret sikli uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Sportda kamolotga yerisha borgan sari optimum (yeng 
yaxshi) daraja o‘zgarib boradi - sport formasi sport kamolotining har bir bosqichida ham sifat 
jihatdan, ham miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqacha bo‘la boradi.
Sport formasini baholash uchun xilma - xil uslublardan foydalanadilar. Shulardan 
asosiylarini shartli ravishda pedagogik va tibbiy fiziologik uslublarga bo‘lish mukin.
Pedagogik uslublar sportchining sifatlari, malakalari va mahoratlarini umumlashtirib
baholash asosida uning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, ya’ni 


sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan real sport kurashi sharoitidagi sport 
natijalari yeng umumiy mezon bo‘ladi. Bunday natija da sportchi tayyorgarlik darajasini barcha 
tmonlari xuddi ko‘zguda ko‘rilgandek ravshan aks yetadi. Agar sportchi o‘zining avvaligi 
shaxsiy rekordidan yuqori yoki o‘sha darajaga yaqin natija ko‘rsasa, taxminan bo‘lsa ham, u 
sportchini formada yekan deb hisoblay dilar.
Biroq sport natijasi tayyor yekanlikning ayrim tomonlarini tanlab nazorat qilishga imkon 
bermaydi. Bundan tashqari sportning ayrim turlarida hozircha sport natijalarining yetarli 
darajada ob’ektiv miqdor o‘lchovlar mavjud yemas (gimnastika, yakkama - yakka olishuv va 
boshqalar). Bular bari qo‘shimcha xususiy mezonlar bo‘lishini talab yetadi.
Shu maqsadda jismoniy, texnik - taktik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat mashqlardan 
foydalaniladi. Shuningdek, musobaqalar va ma’suliyatli chamalashlar sharoitida sportchining 
texnikasini, taktik harakatlarini va umuman o‘zini qanday tutishini kuzatish ham keng 
qo‘llaniladi. Tanlab baholash yana ham aniqroq bo‘lishi uchun tugal harakatlarni yoki hatto 
ularning ayrim yelementlarini maxsus apparatlar, video tasma, siklografiya, dinamometriya, 
spidografiya va boshqalar) yordamida ham hisobga olinadi.
Sport formasini baholashning tibbiy - fiziologik uslublari organizmning harakat 
faoliyatini amalga oshiradigan hamda ta’min yetadigan yeng muhim tizimlari ish qobiliyatni 
aniqlashga qaratilgan. Buning uchun, jumladan, standart va maksimal spesifik yuklamalar bilan 
funksional sinovlardan foydalaniladi( sport medisinasi va sport fiziologiyasi kursiga qarang).
Ham pedagogik, ham tibbiy - fiziologik ma’lumotlardan kompleks foydalanilgandagina 
sport formasiga to‘liq tavsif berish mumkin bo‘ladi. Bunda ayniqsa, tibbiy - fiziologik 
ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. Biroq, sport formasini aniqlashda hal qiluvchi so‘z shubhasiz 
murabbiyda qoladi.
Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga yega yekanligini 
ko‘rsatadi. Bu jarayon uch fazadan - formaga kirish, uni saqlash va sport formasini vaqtincha 
yo‘qotishdan iborat bo‘ladi. 
Sport formasiga kirish fazasi sport formasi uchun zarur sharoit shakllanishi va taraqqiy 
yetishidan hamda sport formasi bevosita tashkil topishidan iborat bo‘ladi.Bunda gap avvalo 
organizmning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini ancha yuksaltirish, sportchining 
jismoniy va iroda fazilatlarini har tomonlama rivojlantirish, xilma - xil harakat mahorati va 
malakalarini, shu jumladan, tanlangan sport turining texnika - taktikasining yangi yelementlarini 
shakllantirish haqida bormoqda. Bular bari qo‘shilib sport formasining poydevorini barpo yetadi. 
Sport formasining qay darajada bo‘lishi, binobarin mashg‘ulotning mazkur siklidagi sport 
natijalarining darajasi ham ana shu poydevorning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq, 
bu 
vaqtda hali yutuq uchun hamma narsa tayyor bo‘lmaydi, organizmda yeng muhim funksional
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi davom yetadi.
Bunda ayrim jismoniy fazilatlar o‘rtasida, shuningdek, xarakat malakalari o‘rtasida
bir-biriga salbiy ta’sir yetish xam bo‘lishi mumkin. Bu sport formasining yelementlari
yendigina paydo bo‘layotgan payt, ular bir-biriga "jipslashib" bir butun bo‘lib birlashib
ketmagan bo‘ladi.
Bu fazaning ikkinchi yarmi, ya’ni sport formasi bevosita shakllanayotgan vaqtda
moslashish jarayonlar kuproq, ixtisoslashgan xarakter kasb yetadi va ko‘chayotgandek 
bo‘ladi. Maxsus mashq bilan chiniqqanlikning ortishi ixtisoslanish uchun tanlangan sport
turiga javob beradigan sifatlarining rivojlanishi va tegishli sport texnikasi va taktikasini
chuqur mukammallashtirilishi barcha o‘zgarishlarning yetakchi yo‘nalishi bo‘ladi. Sportda


yutishga tayyor yekanligini ta’minlaydigan ayrim komponentlar birlashib, g‘oyat darajada 
betartib yaxlit tizimni-sport formasini yaratadi.
Sport formasini fazasi sportda yutishga optimal (mazkur sikl uchun) tayyor 
yekanligini saqlab borish bilan harakterlanadi. Bu vaqtda sport mashg‘uloti bilan bog‘liq
bo‘lgan biologik o‘zgarishlarning davom yetish darajasi (juda bo‘lmaganda katta yoshli 
sportchilarda) tushib ketishi o‘z - o‘zidan xar qalay kamaya borsa kerak, chunki bu vaqtda 
yuksak darajadagi sport ko‘rsatkichlari nisbatan tuyg‘unlasha boradi.
Sport formasi davrida tub o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ular sport 
formasini yo‘qotishga olib kelgan bo‘lar yedi. Biroq, bu bundan oldingi konstruktiv fazada 
qo‘lga kiritilgan imkoniyatlar va bu yerda faqat yekspluatasiya qilinadi degan ma’noni 
bildirmaydi. Sport formasini saqlash fonida sport yutuqlariga yerishish bevosita bog‘liq bo‘lgan
hamma narsalarning yanada rivojlanishi davom yetadi. Shuning uchun natijalar o‘sa boradi, 
biroq bu o‘sish mazkur sport formasi darajasidan chiqmaydi. 
Mashg‘ulot tuzilishi xususiyatlariga qarab, sport formasini saqlab turishning turli 
usullarini ifodalovchi sport natijalari bir yillik dinamikasining tiplari turlicha bo‘ladi.
Bular quidagilardan iborat : "cho‘qqilar"orasida uzoq, davom yetmaydigan 4-6 xaftaga
boradigan pasayishlar bor "bir cho‘qqililik", "qo‘sh cho‘qqililik". Bular ko‘p turli xollarning 
barchasini qamrab olmaydigan faqat asosiy qancha keng tarqalgan variantlar xolos. Bundan 
tashqari sportning ayrim turlari (masalan og‘ir atletika) uchun oralig‘i 3 oydan ortiq pasayishga 
yega bo‘lgan " qo‘sh cho‘qqililik" dinamika tipikdir. 
Sport formasini saqlab turish muddatlarini aniq belgilash ancha qiyin ish. Sportning 
ayrim turlaridagi sport natijalari dinamikasini statistik analiz qilish asosida taxminan shuni 
aytish mumkinki, yuqori malakali sportchilarda bu muddat odatda " bir cho‘qqililik"
dinamikada 2-3 oyga yaqin, " qo‘sh cho‘qqililik" yesa jamlab hisoblansa 4-4,5 oyga boradi. 
Cho‘qqilar orasiga nisbatan uncha uzoq davom yetmaydigan pasayishlar aftidan, aloxida oraliq 
momentlar sifatida sport formasini saqlab turish davriga kiritilishi to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Bu 
paytda sport formasining asosiy tarkibiy qismlari yo‘qolmasa kerak; faqat spesifik funksional
kayfiyat biroz pasayishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatlarni tibbiy fiziologik ma’lumotlari ham 
qisman tasdiqlaydi.
Sport formasini saqlab turishning qaysi varianti yaxshiroq yekanini aytish hozircha 
qiyin. Ko‘p narsa shubxasis sport turlarining hususiyatlariga bog‘liq. Yana shu narsa ham 
ma’lumki, " qo‘sh cho‘qqililik" variantlarida mashg‘ulotlarning musobaqa davrini uzaytirish 
imkoni paydo bo‘ladi. Mazkur variantlar xam aslini olganda anashunday zaruriyat orqasida 
paydo bo‘lgan.
Sport formasini vaqtincha yo‘qotish fazasida mashq bilan chiniqqanlikni ma’lum 
tomonlari readaptasion pasayadi, sport formasining ayrim yelementlarini birlashtirib turgan
aloqalar so‘na boradi va organizm boshqacha ishlashga o‘ta boradi.
Sport formasining yo‘qotilishi organizm xayotiy funksiyalarining tushkunligi yemas.
Umumiy rejim va mashg‘ulotni rasional tashkil yetilsa, odatdagi xayot faoliyati saqlanadi va
yanada yaxshilanadi - bu maxsus tadqiqotlarda tasdiqlangan ( V.P. Filin, L.P. Matveev, Ye.V. 
Kukolevskaya, Ye.Ye. Nemova). Bu vaqtda organizmda avvalga yuklamalar xamda kundalik
mashg‘ulotlar natijasida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi davom yetadi. 
Aftidan, bu vaqtda avvalgi yuklamalar tufayli yeng uzoq davom yetadigan o‘zgarishlar
nihoyasiga yetadi, plastik almashinish jarayonlarida ba’zi bir assimilyasiya momentlari 
kuchayadi. 


Sportchi ko‘p vaqt va kuch sarf qilib, sport formasiga kirib olgandan keyin uni yo‘qoti 
xato yemasmi ? bu savolga to‘g‘ri javob berish uchun quyidagilarni xisobga olish kerak.
1.Sport mashg‘uloti uzluksiz suratda komolotga yerishib borishga qaratilgan. Sport 
takomilining u yoki bu bosqichida qo‘lga kiritiladigan sport formasi yesa huddi anashu bosqich 
(va faqat shu bosqich) uchun optimal holatdir. Biroq sport mahoratining bir bosqichi uchun
optimal bo‘lgan xolatdan keyingi yana ham yuksakroq bosqichi uchun optimal bo‘la olmaydi. 
Shu sababdan bir marta qo‘lga kiritilgan sport formasini xar doim saqlab turishga intilish- bir 
joyda qimirlamay turib qolish istagi bilan barobardir. Oldinga siljish uchun yeski formani
"tashlab" yangi formaga kirish kerak. Yangi formaga kirish uchun, anchagina o‘zgarishlar qilish 
, jismoniy sifatlar salmoqli va xar tomonlama rivojlanishini ta’minlash, yangi davrida mumkin 
bo‘lganiga qaraganda anchagina ko‘p o‘zgartirish va yaxshilash kerak.
2. Mashg‘ulot - yuklamalari faqat yaqindayoq yeffekt beribgina qolmay, balki uzoq 
muddat qo‘llanilgan yuklamalar ta’siri bir biriga qo‘shilib bilan bog‘liq bo‘lgan komulyasiyasi
sababli organizmda yertami yoki kechmi (bu yuklamalarning absolyut miqdoriga va boshqa 
holatlariga bog‘liq) adaptasion mexanizmlarning xaddan tashqari zo‘riqib ketishiga qarshi
qo‘riqlovchi reaksiya paydo bo‘lsa kerak. Agar yuklamani olib tashlash boshqa holatga o‘tish, 
faol dam olish uchun sharoit yaratilmasa, unda yuklamalar o‘ta mashq bilan chiniqqanlikka olib 
keladigan stressorlar xizmatini o‘taydigan bo‘lib qolishlari mumkin.
3.Sport formasining negizida yotgan - turli biologik funksiya va jarayonlar o‘rtasidagi 
murakkab dinamik muvozanat saqlashning o‘zi xam sportchi tizimi uchun juda og‘irdir. Bu 
vazifa yana shu bilan murakkablashadiki, uni organizmning tinmay o‘zgarib turadigan tashqi 
va ichki muxiti fonida va turli adaptasion jarayonlar o‘rtasidagi nixoyatda nozik aloqalar 
sharoitida xal yetishga to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, sport formasini saqlab turish ko‘pgina tashqi hamda ichki qiyinchiliklar bilan 
bog‘liq. Agar sport formasini haddan tashqari uzoq muddat saqlab turishga xarakat qilinsa, ular 
ortiqchalik qilib ketishi va unda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq aslini olganda
bunday qilish uchun xech qanday zarurat xam yo‘q. Aksincha formaga bir kirib olguncha uni 
o‘zgartirmaslik yangi forma rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan ya’ni bundan keyingi jarayon 
yo‘lida
tormozlik qilgan bo‘lar yedi. Demak sport formasining vaqtincha yo‘qotilishi fazasi, sport 
takomili jarayonidagi alohida fazadir. Shunday qilib, sport bilan shug‘ullanish jarayonida
sportchi xamisha formada bo‘la olmaydi. U vaqti-vaqti bilan sport formasiga kirib, uni ozmi-
ko‘pmi saqlab turadi va so‘ngra vaqtincha yo‘qotadi. Ma’lum sharoitlarda bu fazalar tobora
yuksak, asosda muntazam suratda qayta - qayta almashinib turadi. Murabbiy bilan sportchi
agar ular ishning muvaffaqiyatli bo‘lishini istasalar, yuqorida sanab o‘tilgan fazalarni
"bekor" qila olmaydilar. Biroq, sport formasini rivojlantirishning ob’ektiv qonunlarini bilib 
olgach, bu jarayonni boshqarish mumkin. 
Sport formasini tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha yo‘qotilishi nixoyatda
aniq, mashg‘ulotlar ta’siri natijasida ro‘y beradi. Sport formasining taraqqiyot fazasiga
qarab ularning xarakteri o‘zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayoni uch davrga
bo‘linadi. 
1) sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr
(fundamental davri); 
2) sport formasini saqlab turiladigan va uni sport yutuqlariga aylantiradigan davr ( 
shaxsiy musobaqalar davri); 


3) zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beriladigan davr. Bu davr
mashg‘ulotning kumulyativ yeffekti o‘ta mashq bilan chiniqqanlik o‘tib ketishi oldini oladi 
va shu bilan birga sport takomilining ikki bosqichi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi ( 
o‘tish davri). 
Bu davrlar faqat sportchi biologik sabablar bilan hamisha sport formasida bo‘la 
olmasligi uchungina yemas, balki mashg‘ulotlarning tuzilishi va mazmunini muntazam
o‘zgartirib turish sportda kamolotga yerishishning zarur ob’ektiv sharti bo‘lgani uchun
ham paydo bo‘ladi.
Mashg‘ulot davrlari bilan sport formasining rivojlanish fazalari o‘rtasidagi
mustaxkam aloqani ta’kidlash bilan birga, ularni aslo bir biriga tenglashtirmaslik kerak.
Sport formasining rivojlanish fazalari - bu biologik asosdagi jarayonning birin - ketin
keladigan momentlari stadiyalardir ; ular sportchi organizmida mashg‘ulotning va bashqa 
omillarning ta’siri ostida ro‘y beradigan fiziologik, bioximik va morfologik o‘zgarishlarning
bosqichlaridir. Mashg‘ulot davrlari yesa, o‘z mohiyati jihatidan pedagogik jarayonning
birin-ketin keladigan stadiyalaridir; ular sportchining o‘sishiga maqsadga muvofiq ta’sir
ko‘rsatadigan ma’lum vosita va metodlardan unumli foydalanish bilan xarakterlanadi. 
Demak, mashg‘ulot davrlari - sport formasini rivojlantirishni boshqarish jarayonining birin 
ketin keladigan stadiyalaridir. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin