Мавзусида мустақил иши топширди; 1-bosqich si-76/22 gurux talabasi Maxkamov Rustam Shuxrat o’g’li



Yüklə 113,74 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü113,74 Kb.
#98254
  1   2   3   4
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOTDA INFORMATSION KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR ФАНИДАН

O‘ZBEKISTONDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISHI”


МАВЗУСИДА
МУСТАҚИЛ ИШИ

Топширди; 1-bosqich SI-76/22 gurux talabasi Maxkamov Rustam Shuxrat o’g’li


Текширди; ____________________________

Тошкент 2023

KIRISH

Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va takdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq.


Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan foydalanish, ayniqsa, muhim axamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi».
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo etish ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari va axborot kommunikatsiyalar texnologiyalarini ilg’or ishlab chiqarish sohalarida qo’llash hamda materiallar va xom-ashyo yaratish bilan chambarchas bog’langan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo’lida axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo’llash bo’yicha malakasini oshirishga va o’zining tugamas qobiliyatini amalda sinab ko’rishga katta imkoniyat tug’diradi. Shunday ekan, yuqoridagi masalalarni ko’rib chiqib, mazkur ishda ko’rilgan mavzu dolzarb mavzuni tashkil etadi.
Ish axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mohiyati va nazariy jihatlari, boshqaruv faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning hozirgi holati, iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘limlaridan iborat.
Korxona faoliyatini takomillashtirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini mohiyati o’rganilgan. Shuningdek, bu bo’limda O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari batafsil yoritib berilgan. Jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining Davlat xavfsizligi, iqtisodiy isloxlatlarni rivojlantirish, jaxon iqtisodiy xamjamiyati tarkibiga kirish va zamonaviy dasturiy maxsulotlar bozorini shakllantirishda afzallik hamda kamchiliklari ko’rib chiqilgan.
O’zbekistonda elektron boshqaruv usullari va elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shu bilan birga milliy operatorimiz “O‘zbektelekom” AK faoliyati tahliliga ham bag‘ishlangan bo‘lib, unda dastavval kompaniya faoliyati samaradorlik nuqtai-nazaridan tahlil qilingan. Aksionerlik kompaniyasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan loyihalar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘rib chiqilgan.


Yüklə 113,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin