2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: 1


Yosh sportchilarni tanlash muammolari



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix12.10.2023
ölçüsü340,1 Kb.
#154771
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Mikrosikllar turlari va ularning tuzilish xususiyatlari

Yosh sportchilarni tanlash muammolari 
Pedagogik, tibbiy biologik, ruxiy va sosiologik ilmiy tekshirish metodlariga asoslangan 
holda kompleks xal qilinishi kerak. Pedagogik ilmiy tekshirish metodlari yosh sportchilarni
jismoniy sifatlarini rivojlanish darajasini, koordinasion qobiliyatlari va sport texnik mahoratini 
baholashga imkon beradi. Tibbiy biologik uslublarni qo‘llash bilan sportchining sog‘liq 
darajasi, analizator sistemasining holati, morfologik hususiyatlari aniqlanadi. Ijtimoiy metodlar 
bolalarni sportga qiziqishi, yuqori natija ko‘rsatishga ruhiy uslublar sportchilarni ruxiy 
xususiyatlari, ruhiy birlik va xokazolarni ko‘rsatadi. 
Sportda tanlash uch bosqichda amalga oshiriladi 
Dastalbki-bunga bolaning marfo-funksional va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda
to‘g‘ri sport turini tanlash vazifasini hal qiladi. Oraliq 2-3 mashg‘ulot bosqichlarida 
shug‘ullanuvchilarda sport natijasi ixtisoslashish qobiliyatini aniqlash vazifasi xal yetiladi. 
Yakunlovchi - xalqaro miqiyosdagi natijalarga tanlash masalalarini xal yetadi.
Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichida tanlash va yo‘llanma. 
Vazifasi - bolaga sportga takomillashish uchun bir sport turini tanlab olishga yordam 
berishdir.
Sport maktabiga 2-3 o‘quv guruxini tanlash uchun 100 dan ortiq bolani tekshirish lozim. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda suv xavzasiga kelgan 60.000 boladan faqatgina 1 ta
xalqaro toifadagi sportchi chiqadi, ko‘pgina xalqaro toifadagi sport ustalaridan olimpiya 
g‘oliblari chiqadi. Bolaning keyingi yutuqlarini aniqlaydigan narsa, sport bilan shug‘ullanishni 
boshlanishi qaysi yoshda boshlash kerakligi bilan belgilanadi. Aynan shu yoshda ko‘pgina 
chet yel va vatan sportchilari port bilan shug‘ullanishni boshlaganlar.Chang‘ichi Kulakova 
Galina 20 yoshda, konkichi 1976 yil g‘olibi Stepanskaya 17 yoshda, velosipedchilar Garelov, 
Komiskiy, Chikamov 17-19 taxlillarga ko‘ra sport turining u faqat 8 turida BO‘SM dasturidagi
yoshga to‘g‘ri keladi. 
Quyidagilarni yesda tutish kerak:
1.6-7 yoshda bashorat qilish ko‘p hollarda noto‘g‘ri. 
2. Sportdagi katta yuklamalar bola qancha kichik yoshdan boshlasa shuncha tez sport bilan 
shug‘ullanishini tugatadi. 6-8 yoshda shug‘ullanishni boshlaganlar 15-17- yoshda tugatadi. 
BO‘SM larga tanlash kamida 30 mashg‘ulotdan keyin boshlanishi kerak.
Tez xarakatni o‘rganuvchilardan kelajagi bor sportchilar chiqmaydi. Lekin ozg‘in, bo‘yi 
novcha bolalardan yaxshi sportchi chiqadi. Tanlashda kam o‘zgaradigan morfofunksional
ko‘rsatkichlarga E’tibor bering. Masalan: Bulgakova J. 11-16 bolalar yoshida katta bog‘liqlik
topgan. 12 yoshli bolalarning bo‘yi bo‘lajak bo‘yining 86 % tashkil qilar yekan. Tanlashda 
bolaning tana tuzilishiga E’tibor berish shart. Masalan : suzishga va yeshkak yeshish bo‘yi va 
vazni katta bolalar tanlanadi. Organizmni yenergiya bilan ta’minlanishi tizimini o‘rganish katta
ahamiyatga yega. Velosipedchi, uzoq masofaga yuguruvchilar uchun o‘pkaning tiriklik sig‘imi 
katta ahamiyatga yega. Masalan: 12 yoshli velosipedchilarda 300-350 sm. Keyingi yillarda 
muskul biopsiyasiga E’tibor berilyapti. Ma’lumki, muskul to‘qimasini tuzilishi xam katta 
ahamiyat kasb yetadi. Tez qisqaradigan muskullar sprint uchun 90 %. Sklet muskul ko‘ndalang 
kesim. Staerlarda sekin qisqaradigan muskul tolalari ko‘p 80-90 % ni tashkil yetadi.
Dastlabki tanlashda - pedagogik testlar ko‘p qo‘llaniladi. Testlar tezkorlikni, xarakat 
uyg‘unligini, chidamlilikni, aerob va anaerob imkoniyatlarini tekshirish bilan bog‘liq pasport va
biologik yoshni aniqlash muxim masalalardan biridir. Jinsiy organlarni tez rivojlanishi tezkor 
yaxshi natijalarga olib keladi, keyinchalik yesa yaxshi natija bermaydi. Dunyo miqiyosidagi 16-
17 yoshdagi sportchilarni kech rivojlanganlarini tanlash ham mavjud. Jinsiy organlarni yosh 


yetilishi - qizlarda 8-9, bolalarda 10, o‘rtachasi: 10-11, bolalarda 12-13 yoshda kech rivojlanishi: 
qizlarda 13 yoshdan keyin, o‘g‘il bolalarda 15 yoshdan keyin.
Ruhiy ko‘rsatkichlar ham katta ahamiyatga yega. Shug‘ullanishga yextiyoj mashq 
bajarishda yaxshi baxoga intilish qo‘rqmaslik va x.k.
Dastlabki tanlashda sportdagi natija kriteriya bo‘la olmaydi. Yoshlar butun ittifoq 
musobaqalardan yutganlari xar 19- o‘rtacha SSSR g‘olibi : Yevropa chempionining xar 52- 
olimpiada o‘yinlarining g‘olibi 120 tadan bittasidir.
Ko‘p yillik tayyorgarlikni 2-3 bosqichida tanlash. 
Vazifalari- yuqori sport natijalarini ko‘rsata oladigan qobilyatli sportchilarni , individual 
imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshira oladigan sportchilarni tanlash. Bu bosqichda 
morfologik xususiyatlar katta ahamiyatga yega. Xar xil turlariga, xar xil morfologik tuzilishiga
bu xususiyatlar nasldan o‘tadi. Kishilarni doimiy ravishda sport mashg‘ulotlariga jalb qilish, 
ularni qiziqishi va shaxsiy natijalari, shu yoki boshqa sport turlarining maxsus xususiyatlariga 
xamda individual qobilyatiga bog‘liqdir. Xar bir kishi sport turini tanlashda individual 
xususiyatlarini ko‘pchilik qismi shu sport turini talablariga mos kelishi, sport orientasiyasining 
mohiyatini tashkil qiladi. Sport orientasiyasi yesa, ko‘pincha bolalar va o‘smirlar hamda 
ommaviy sport bilan bog‘liq.
Sport orientasiyasini yo‘lga qo‘yilishi qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa 
shunchalik sport turida tanlov o‘tkazish samaraliroq bo‘ladi. Chamalash va tanlovni
texnologiyasi bir xil bo‘lib qaysi yo‘l bilan yondashish bo‘yicha bir-biridan chamalash ma’lum 
inson uchun sport turini aniqlasa, tanlov jarayonida yesa sport kishini tanlaydi.
Sport tanlovi-yuqori darajali qobiliyatga yega bo‘lgan shu sport turining maxsus 
talablariga javob beradigan tadbirlarning majmuasidir. Tanlov ko‘p yillik va yillik tayyorgarlik 
tizimiga kirib, sifat tomonidan o‘zgarib boradi va uning xamma davrlarida ishtirok yetib, to‘rt
bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich- aniq sport turini aniqlash yegallash uchun potensial qobiliyatga yega 
bo‘lgan (ko‘pincha 9-14 yoshli) bolalarni boshlang‘ich tanlovi. Tashkiliy tomondan tanlov 3 
davr bo‘yicha o‘tkaziladi.
Birinchisi - mashg‘ulotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida targ‘ibot ishlarini o‘tkazish :
ikkinchisi - testlar bo‘yicha tekshirish va shu sport turi uchun kerakli qobilyatli boalarni
ko‘rsatish: uchinchidan - o‘rgatish jarayonidan va jismoniy sifatlarni rivojlanishi, o‘quv
materialini o‘zlashtirish tempi ustidan uzoq vaqtli kuzatish.
Ikkinchi bosqich-o‘smirlarni (16-17 yoshli) shu sport turi uchun yuqori darajadagi
qobilyatini va ma’lum mutaxasislik turlaridagi (yengil atletika, o‘yin va x.q) bo‘lgan hoxishini 
aniqlash.
Uchinchi bosqich - yuqori malakali sportchilar jamoasiga kiiritish uchun, tanlov (18-20 
yosh) o‘tkazish. Tanlov bolalar va o‘smirlar jamoasidagi mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini 
o‘rganish, maxsus o‘rganiladigan o‘quv yig‘ilishi mashg‘ulotlari nazorat testlari va funksional 
tayyorgarligini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich- xar xil terma jamoa (jumxuriyat idoralar va x.k) guruxiga kiiritish
va ma’sul musobaqalarga qatnashuvchilarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov. Bu 
maqsadda sportchining o‘z klubidagi mashg‘ulot va musobaqa faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar
taxlil qilinsa, terma jamoada uning musobaqa faoliyati milliy birinchiliklarda va o‘quv 
mashg‘ulot yig‘inlarida o‘rganiladi. Tanlovda shu sportchilar bilan ishlaydigan murabbiylar va 
shu hududdagi yuqori malakali mutaxasislardan tuzilgan yeksportlar qatnashadi. Tanlab olish 
usulining mazmuni sport turining aniq mazmuni va o‘ziga mosligi bilan belgilanadi bu yesa


pedagogik tibbiy biologik va psixologik ko‘rsatkichlarga qarab, yuqori bashorat qilish 
ahamiyati (jismoniy sifatlari, texnik va taktik xarakatlarni bajarish uchun qobiliyat darajasi, 
morfologik ko‘rsatkichlari, organizmning funksional xususiyatlari xamda markaziy asab tizimiga 
) qarab aniqlanadi. Dastlabki holati, yoshi va mashg‘ulot ta’siri ostida ko‘rsatkichlarning 
o‘zgarishi va ularning sport ko‘rsatkichlari bilan aloqasi hisobga olinadi. Tanlovning sifatli 
bo‘lishi, ko‘p yillik sport o‘rinbosarlarini tayyorlashda asosiy shart bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin