ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 13
Часть–1_ Январь–2023
105
2181-3187
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA KASBGA YO‘NALTIRISHNING
PSIXOLOGIK MUAMMOLARI VA KASB TANLASH MUAMMOSI
Mamutova Azima Sarsenbaevna
Chimboy tumani 49-maktab Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 999558242
Annotatsiya:
O`smirlikdan keying navbatdagi bosqichni o`spirinlik
davri deb
bir bosqich hisoblashimiz mumkin, lekin hozirgi ko`pchilik psixologlar klassfikatsiya
bo`yicha ikki bosqichga ajratishimiz ham mumkin. Avval o`smirlikdan
keying
bosqichni o`smirlik, keyingisini ilk o`spirinlik
deb atalardi- da ,14 yoshdan 21
yoshgacha bo`lgan davrlarni qamrab olardi. Hozirda psixologlar 15 -18 yoshni qamrab
oluvchi davrni ilk o`spirinlik deb atashni ma’qul ko`rishmoqda.
Kalit so'zlar
:Ilk o‘spirinlik,kasb,psixologiya,bola,axloq,muammolar,orzu,istak
Ilk o‘spirin uchun kasb tanlash avvalo axloqiy muammodir. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham shaxs mehnat
qilish huquqi bilan birga, o‘z
qobiliyati, layoqati va qiziqishiga ko‘ra kasb tanlash huquqiga egaligi ta’kidlangan.
Birinchi bosqich – bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga
har xil kasbiy rollarni
qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.
Ikkinchi bosqich – o‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularida, o‘zini u yoki bu qiziqarli
kasbning namoyondasi sifatida ko‘radi.
Uchinchi bosqich - ilk o‘spirinlik
davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.Har xil faoliyat turlari o‘smirning
qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman,
tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtai nazaridan
kasb tanlashga harakat
qilinadi
To‘rtinchi bosqich – amaliy qaror qabul qilish, kasb tanlash bosqichi bo‘lib, o‘z
ichiga ikki bosh tarkibiy qismni oladi: avval biror faoliyat bilan shug‘ullanish istagi
paydo bo‘ladi, keyin esa qonkret soha tanlanadi (“O‘qituvchi bo‘laman”, “Matematika
o‘qituvchisi bo‘laman”).
Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.
Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va
har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini
bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga etishmaydi. Ilk
o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga,
ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga bog‘liq.Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki
xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan
xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot
ham ilk o‘spirinlarga etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish