O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘BEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
Fakulteti - Mumtoz sharq filologiyasi Ta`lim yo`nalishi –Din sotsiopsixologiyasi F.I.O Shukurova Sojidaning
JISMONIY TARBIYA VA SPORT fanidan Mavzu : Yengil atletika sport turining rivojlanish tarixi va sportining turlari to‘g‘risida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: FIO guruhi S.H.Shukurova (din sotsiopsixologiyasi)
TEKSHIRDI: Jismoniy tarbiya va sport fani o`qituvchisi B.A.Maxmudov_______________
Toshkent-2021
Reja. Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “ O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PF-5924 - Farmoni
Yengil atletikaning xorijiy mamlakatlarda rivojlanish tarixi
Yengil atletikaning yurtimizda rivojlanishi
Yengil atletikaning turlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “ O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PF-5924 - Farmoni ayniqsa mamlakatimizda bu sport turini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki bu qarorda aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish ham belgilab o’tilgan. Bu esa aholining yengil atletika bilan shug’ullanish istagini oshiradi. 2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish ham farmonda belgilab o’tilgan. Ma’lumki bunday musobaqalar aholini sportga jalb qiladi. Marafonlar esa yengil atletikaning yugurish turning ommalashishida katta ahamiyatga ega. Yurtimizda marafonlarning o’tkazilishi yengil atletikaning rivojlanishiga katta xissa qo’shadi.