Jismoniy tarbiya va sport


Yengil atletikaning turlari



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə4/6
tarix25.09.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#64110
1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish

3 . Yengil atletikaning turlari .
Yengil atletika musobaqa mashqlarining turli-tumanligi bilan farqlanadi va ularni bajarishning turli usullari hamda variantlari mavjud.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasniflash uchun uni besh bo‘limga ajratib (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘pkurash) qarash maqsadga muvofiqdir. Ular, o‘z navbatida, turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar uchun, 22 turi ayollar uchun
Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan
Yurish -insonning joydan-joyga ko'chishi oddiy usul bo‘lib, turli yoshdagi kishilar ucnun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. Oddiy yurishdan tashqari uning boshqa xillari ham b o ‘ladi: sayohatda yurish, safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnik jihatdan eng qiyin, lekin eng foydali xili — sportcha yurish qo'llaniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq. Ammo bunday yuqori tezlikka erishish uchun sportcha yurish texnikasi asoslarini o ‘rganib olishning o ‘zigina kifoya qilib qolmay, balki oddiy yurishga qaraganda
anchagina shiddatli ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Shu sababdan sportcha yurish sportchi organizmiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi
Yugurish joydan-joyga ko'chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqmng ko‘proq tarqalgan turi b o ‘lib, juda ko'p sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko‘p xillari yengil atletikada ham har xil turlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Yugurganda badandagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, modda almashinuvi ancha oshadi. Yugurish bilan shug'ullanish jarayonida kishi irodasi mutahkamlanadi. 0 ‘z kuchini taqsimlay olish, to ‘siqlardan o ‘ta bilish,
ochiq joyda mo'ljal ola bilish qobiliyati hosil bo'ladi.Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to ‘siqlar osha yugurish, estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo‘ladi.
Tekis yugurish. M a’lum masofa yoki vaqtbay tarzda yugurish yo‘lkasida o'tkaziladigan 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo‘lka ajratiladi. Belgilangan masofani bosib o'tish uchun sarflangan vaqt sekundlarda o'lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo'lib, natijada shu vaqt ichida bosib o ‘tilgan masofa metr
hisobida aniqlanadi.
To‘siqIar osha yugurishning ikki xili bor:
1) g‘ovlar osha yugurish — bunday yugurish yo'lkasida birbiridan bir xil masofadagi uzoqliqda muayyan joylarga qo'yilgan bir tipdagi to ‘siqlardan pshib o'tib, 60 m dan 400 m gacha masofaga yuguriladi. Har qaysi sportchi alohida-alohida yo‘lkadan yuguradi;
2) 3000 metrgacha to ‘siqlar osha yugurish (stil-chez). Bunda yugurish yo'lkasida yerga mustahkam o ‘rnatilgan to'siqlar osha,
stadion sektorlaridan birida suv to ‘ldirilgan chuqurchadan oshib
o ‘tib yuguriladi.
Estafetali yugurish — bunda jam oa bo‘lib yuguriladi: masofa jamoadagi yuguruvchilar soniga qarab shuncha bosqichlarga bo‘linadi. Estafetali yugurishdan maqsad — estafeta tayoqchasini bir-biriga uzatib, uni mumkin qadar tez startdan marragacha yetkazib borishdir.
Sakrash Sakrash to ‘siqlardan o ‘tishning tabiiy usuli.
Yengil atletikaning sakrash mashg‘ulotlarida sportchilarning o ‘z tanalarini idora qila olish, kuchlarini bilish, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik qobiliyatlari takomillashtiriladi.
Yengil atletikada sakrash ikki turga bo'linadi.
1. Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertical to ‘siqlardan o ‘tish — balandlikka sakrash va langarcho‘pga tayanib sakrash.
2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to ‘siqlardan o ‘tish — uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetrlarda o‘lchanadi. Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi. Uch
hatlab sakrash va langarcho‘pga tayanib sakrash musobaqalari ayollar uchun ham o ‘tkaziladi. Bulami bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarblar ayollar ichki organlari holatiga salbiy ta ’sir qilishi mumkin.

Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin