2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: 1


Geografik poyas va havoni o‘zgarishi bilan mashg‘ulotni tuzilishi va musobaqa



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix12.10.2023
ölçüsü340,1 Kb.
#154771
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mikrosikllar turlari va ularning tuzilish xususiyatlari

Geografik poyas va havoni o‘zgarishi bilan mashg‘ulotni tuzilishi va musobaqa 
faoliyati. 
Katta musobaqalarga qatnashish uchun sportchi qit’adan - qit’aga boradi. Shunga 
nisbatan yangi sharoitga geografik poyasda soat vaqtining o‘zgarib qolishiga organizmning 
moslashishi zarur.
Ma’lumki, inson organizmi o‘zining kunlik ritmiga yega. Biologik faol moddalar 
organizmining ichki muhitida kunduzgi kechki vaqtida, kishining qobiliyati har xil jismoniy va 
psixologik ta’sirlariga qarab o‘zgarib turadi. Organizmning funksional imkoniyatlarining yuqori 
darajasi soati 10 dan 13 gacha, keyin 16-19 gacha, keyin ozroq susayishi qayd qilingan. Hayotiy 
funksiyalarning minimal faolligi kechasi 2 dan 4 gacha belgilangan.
Bir necha soatlik geografik poyasni kesib o‘tganda kunlik rejimni psixologik funksiyasi 
yangi poyas vaqti bilan kelisha olmay qoladi. Birinchi kunlari o‘rganilgan ritmga kun va tunning 
o‘zgarishiga tzg‘ri kelmaydi. Tashqi disenxroz belgilanadi. Keyinchalik vaqt kuchiga qarab 
organizm funksiyasida qayta tashkil topish - ichki disenxrozga o‘tadi. Kassel G.N (1983) 
tadqiqotlari buyicha 7 soatlik farqi bor poyasda faqat 6 kundan keyingina organizm shu yerga 
o‘zgargan sharoitga moslashgani ko‘rinadi.


Bunda ko‘proq harakatchan bo‘lib psixik (oliy asab) faoliyati va ishchanlik 
ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Fiziologik ritmlar va fiziko - ximik jarayonlar, organlarda oqayotgan, to‘qima va 
submetkalar tizimidagi qon va mashg‘ulotdagi suyuqliklarni aniqlaydigan ko‘rsatkichlar ancha 
uzoq vaqt ichida oldingi stereotil darajada qoladi.
Vaqtincha moslashuvni uchta fazasi mavjud
1- (moslashuvni birinchi reaksiyasi) bir kunga yaqin davom yetadi; bu yesa hali stress - sindrom 
ancha og‘ishi, oxirgi moslashuv samaradorligi yig‘ilish darajasida yekanligini ko‘rsatadi.
2 - asosiy faza bir haftagacha davom yetadi. Bu vaqt ichida organizmda boshlang‘ich qayta 
qurish jarayoni boshlanadi, unda boshqaruvchanlik tizimi o‘rnini to‘ldiruvchi moslashuv 
reaksiyasi paydo bo‘ladi.
3 - (moslashuv reaksiyasini tugallash) 2-3 hafta davom yetadi. Bu vaqt ichida oxirgi moslashuv 
samaradorligi asta - sekin qayta tiklanadi. Organizm tizimini funksionallik darajasi 
turg‘unlashadi hamda gemostazani tashkil topishi tugallanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan fazalarni davom yetishi vaqt poyaslarini kesib o‘tish bilan bog‘liq. 
2-3 soatli vaqt poyaslarini kesib o‘tganda organizmning funksional holati o‘rtacha xarakterda 
bo‘lib, vaqt moslashuvi tez tugallanadi. 5-8 soatlik poyaslarni kesib o‘tganda organizmning kun 
ritm funksiyasi ancha buziladi va moslashuv jarayoni ko‘p vaqt davom yetadi. Masalan: 
O.P.Panfilov (1986) ma’lumotlariga qaraganda 7-8 soatlik poyaslarni almashuvida taxminan 
ko‘rsatkichi va ish qobiliyati 2-3 kun ichida tez ushib ketadi, keyin asta - sekin tiklanib, 7-13 
kun ichida to‘liq tiklanadi.
Shuning uchun yuqori tansifli sportchilar olimpiya yoki dunyo chempionatida qatnashish 
uchun musobaqa o‘tadigan joyga oldindan ketishadi. Ko‘pchilik sportchilar 3-4 marta bosh 
startlaridan oldin, trenirovka rejimini musobaqa o‘tkaziladagan joyning vaqtiga qarab 
o‘zgartirishadi.
Ob- havo sharoiti ham mashg‘ulot va musobaqa faoliyatiga sportchilarni tayyorlash va 
tashkil qilishga va musobaqalarni o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mashg‘ulot jarayonini tuzish va musobaqa faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun 
ob- havo basharatidan foydalanish zarur. Qisqa vaqt uchun beriladigan bashoratlar 80- 90% ni 
o‘rtacha 70-75 % va uzoq vaqtga qilingan bashoratlar 60- 65 % ma’lumotlarni aniq bera 
oladilar.
Iliq komfort havoda badan qizdirishni bir muncha qisqartirish va shiddatini tushirish 
mumkin. Kuchli shamolda texnika - taktikasiga musobaqa faoliyatiga bir muncha o‘zgartirishlar 
kiritish. Past haroratda mashg‘ulot dasturiga o‘zgartirishlar kiritish, juda kerak bo‘lganda 
musobaqa dasturini o‘zgartirish uchun talab qo‘yish mumkin.
Yomg‘ir vaqtida velosiped sporti buyicha, ochiq treklarda o‘tkaziladigan musobaqalar 
boshqa vaqtga ko‘chiriladi. Har xil funksional tizimlarning samaradorligi (trenirovka va 
musobaqa faoliyati) ham ob- havo sharoitiga ancha bog‘liqdir. Masalan: orqadan yoki oldindan 
yesib turgan shamol tezlikning oshishiga yoki pasayishiga yoki yenergiya sarflashga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Umumiy ob - havo to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar ma’lum miqdorda sportchini 
tayyorlash musobaqa o‘tkazishni tashkil qilish sifatini oshiradi, mashg‘ulot va musobaqa 
samarali yechishga yordamlashadi.



Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin