2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti



2-mavzu. Sportning nazariy asoslari

REJA: 
 
1. Sportchini tayyorlash tizimi. 
2. Sport mashqlariga moslashish 
3. Moslashish bosqichlari 
4. Sport mashg‘ulotlarining vositalari 
5. Sport mashg‘ulotlari tizimida tayyorgarlik mashqlari 
 
Sport mashqlariga moslashish 
Birinchi bor adaptasiya (lotincha - moslashish) tushunchasi Selening (bu tushunchani 
aniqlab bergan Kanadalik olim) umumiy moslashish holati haqidagi ta’limotida ochib berilgan.
Adaptatsiya sindromi (alomati) ni Sele tananing qo‘zg‘aluvchi ta’siriga nisbatan 
noodatiy javobi deb tushuntiradi. Bu holat quyidagicha kechadi: 
Xavotir - rezestentlik - oriqla (rezenstenlik - tanani muxitning turli ziyon keltiruvchi 
omillari ta’siriga bardoshligi).Xavotir davriga tananing me’yor va g‘ayritabiiylik darajasiga o‘ta 
safarbarligiga xos xususiyatidir. Agar bu ta’sir kuchi to‘xtamasa, bir qancha vaqtdan keyin tana 
imkoniyati tugab, uning sezish quvvati so‘nadi.
Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress xolati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF) zaxirasini 
kamayishi kuzatiladi, natijada maxsulotlarining parchalanish nisbati qolgan qismiga qaraganda 
ortib ketadi, bu yesa moslashishning asosini tashkil yetadi. Moslashish jarayonida bir biriga 
bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, jismoniy kuch ta’siri ostida yurak og‘irligi 20-
40 % ga ortishi mumkin, bu bilan bog‘liq ravishda yurak mushagining ingichka tomir tarmoqlari 
ham kattaradi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘aluvchining kuchi borgan 
sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim xolat o‘rniga moslashishning buzilishi vujudga keladi, 
negaki moslashishning vazifaviy zaxirasi tamom bo‘ladi.
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki, sport bilan 
shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini zo‘riqishga olib keladi. Bu 
doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy rioya qilinmasa, og‘irlik va tiklanish 
to‘g‘ri bir - biriga munosib ravishda olib borilmagan chog‘da yuzaga keladi.
Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda sportchining moslashish zahiralarini 
tiklanish va saqlanish shaxsiy xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi 
omillar hisobga olinishi lozim.
Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi ikki turdagisi mavjud.
Ma’lum yuklamaga javoban sportchi tanasidagi siljishlar sport amaliyotidagi tez 
moslashishga misol bo‘lishi mumkin. Zero,mashq qilmagan sportchida bu siljishlar mashq 
qilganga nisbatan past bo‘ladi, negaki uning tanasi mashq qilgan sportchinikiga nisbatan kamroq 
yuklama ostida ishlashga moslashgan. Shuning uchun yuqori darajada mashq qilagn (sport 
imkoniyatlari yuqori bo‘lgan) sportchilar yuqori natijalar ko‘rsata oladi.
Yuqorida keltirilgan misolda turli darajadagi, ya’ni XTSU va 3- razryadli sportchilarning 
osoyishtalik va 400 m masofaga yugurganidan keyin tanasidagi asosiy a’zolarning qiyosiy 
ko‘rsatkichi berilgan.


Nima sababdan ko‘rsatilgan masofani XTSU kamroq tayyorgarlik ko‘rgan sportchiga 
nisbatan tezroq bosib o‘tdi, degan savol tug‘iladi. Buni birinchi navbatda uning tanasining yuqori 
funksional imkoniyatlari bilan tushuntirish mumkin.
Yugurgandan keyin XTSU yurak urishi minutiga 210 ga 3- razryadli sportchiniki yesa 180, nafas 
olish nisbati minutiga 120l va 75 ga teng bo‘ladi, yuksak malakali sportchining qon aylanish 
xajmi 30 l bo‘lgan ixtisoiligi pastroq sportchiniki bori yo‘g‘i 20% bo‘ladi, ham kislorod iste’mol 
qilish farqi minutiga 20 ml/kg qabilida belgilanadi.
Bejiz yemaski, tananing yuqori jismoniy ish qobiliyatini ta’minlovchi asosiy a’zolarining 
bunday imkoniyati masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tishga yo‘l ochadi.
Hozirda to‘qima tushunchasi bu tarkibiy oqsillardan iborat bo‘lgan yarim qattiq suyak, 
ko‘pchilik "naychali" maxsus turli xildagi oddiy va murakkab molekulasi suyuqliklar aylanib 
yuradigan murakkab tarkibdan iborat. Undan modda quvvatli, hamda axborot aloqalari amalga 
oshiriladi.
To‘qimalar faoliyati ko‘pincha kimyoviy reaksiyalar bilan bog‘liq, ularning har biri 
o‘zining oqsil - yermenti ta’siri ostida kechadi. Oqsillar RNK namunalari qoliplar buyicha 
ribosomalarda sintezlanadi (hosil bo‘ladi) ular DNK dagi bir gendan nusxa olish yo‘li bilan hosil 
qilinadi.
Genlarda to‘qimalar faoliyati jarayonini boshqaruvchi maxsus yo‘riqnomalar va turli 
oqsillarning namunalari mavjud.
Mushak tolalarining (to‘qimalarining) bir qisqarish kuchi uch omil bilan belgilanadi: 

kuchli tashqi qo‘zg‘aluvchi ; 

avval "sarflangan" ferment og‘irligi ; 

"ta’minlovchi" tarkiblar berayotgan kuchning mavjudligi.
Bioximiklar oqsillarni oddiy molekulalarga bir xildagi tezlik bilan parchalanishini 
aniqladilar. Uning kattaligi "yarim parchalanish davri" sifatida belgilanadi. Yuqorida 
aytganimizdek yangi oqsil "ishchi yelementlardan" "talaba bo‘lganda" ribosomalarda hosil 
bo‘ladi. Oqsil fermentining har bir molekulasi qanchalik tarang ishlasa, yangisini paydo 
bo‘lishga yextiyoj shunchalik kuchli bo‘ladi. Bu holatda yangi oqsilni paydo bo‘lishi uni 
parchalanishidan o‘zib ketadi, bu oqsil ferment og‘irligini ortishiga, shuningdek to‘qima 
vazifasining kuchayishiga olib keladi. Oqsil hosil bo‘lishiga yextiyoj kamayganda yesa, oqsil 
parchalanishi uning hosil bo‘lishidan o‘zib ketish xolati yuz beradi.
Birinchi xolatda biz maxoratning ortishi, ancha yuqori og‘irlikka moslashish jarayonini 
kuzatgan bo‘lsak, ikkinchi xolatda maxoratni moslashishni susayishini kuzatamiz. Tezlik bilan 
ruy beradigan moslashish reaksiyasida quyidagi uch bosqich kuzatiladi:
1-bosqich berilgan ishni bajarilishini ta’minlovchi funksional tizimlar faoliyatini 
jadallashtirish bilan bog‘liq yurak urishi, nafas olish, kislorod yutish, laktat to‘planish va x.k 
kuchayishi. 
2-bosqich qordagi funksional tizimlarning faoliyatini mo‘tadillashuvini ifodalaydi. 
Tananing nisbatan muqobil holatini ko‘rsatadi.
3-bosqich tana faoliyatiga (javobiga) yextiyoj va uni ta’minlash orasidagi muvofiqlikni 
buzilishi bilan bog‘liq. Bu ishchi tizimlar va a’zolarning harakati xamda faoliyatlarning asabiy 
boshqarish mexanizmlarini charchashi, shuningdek kuch zahiralarini nihoyalanishini ifodalaydi.
Tez moslashishning uchinchi bosqichiga ish bilan bog‘liq talablarni tanaga qayta - qayta 
yuklanaverishi uzoq muddatli moslashuvning shakllanishiga, shuningdek sport faoliyatini 
ta’minlovchi tana a’zolari tizimi va faoliyatini munosiblikdan chetlashuviga olib keladi. Uzoq 
muddatli moslashishning shakllanishi tez moslashish kabi uch bosqichda kechadi. Mashq paytida 


ortiqcha zo‘riqish oqibatida mashq jarayonining tuzilish tizimiga putur yetgan bo‘lsa to‘rtinchi 
bosqich vujudga kelishi mumkin. 
1-bosqich tez moslashishni ko‘p marta qaytariladigan samaralarini umumlashtirish 
asosida uzoq muddatli moslashishi mexanizmlari kuchaytiriladi
2-bosqich reja asosida takrorlanadigan doimiy o‘sib boruvchi (ma’lum doirada) yuk 
asnosida harakatdagi a’zolar va to‘qimalarda tarkibiy hamda vazifaviy o‘zgarishlar jadal 
kechadi; 
3-bosqich a’zolar faoliyatining yangi darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira 
mavjudligida ifodalangan uzoq muddatli moslashishning muhim bosqichidir; 
Maqsadga yo‘naltirilgan mashq boshida moslashish jarayoni tez kechadi. Keyinchalik 
turli a’zolar va qismlarning rivojlanish darajasini ortib borishi asosida uzoq muddatli 
moslashishning shakllanish tezligi susayadi.
Yurak og‘irligini (yurak gipertrofiyasi) kattalashuvi bilan bog‘liq yurakning qisqarish 
qobiliyati kuchayadi. Tananing yangi imkoniyatlariga nafas olish va qon aylanish tizimi ham 
moslashadi. Mushaklarning qizg‘in ishlash paytida nafas olish 15-20 martaga ortadi, nafas olish 
kuchining o‘sish hisobiga nafas olish harakatli quvvati oshadi, turli og‘irlikdagi jismoniy yukka 
chidamlilik qobiliyati asosi sifatidagi MPK ko‘rsatkichi o‘sadi.
-moslashish jarayoni nafaqat sportchiga yuksak natijalarga yerishishgagina imkon 
berib qolmasdan, balki og‘irlikka chidashning qolipdagi yuklamalar mashg‘ulot ta’siriga
yega bo‘lmay qoladi, ulardan mashqlarga chidamlilikni saqlashga imkon beruvchi vosita 
sifatida foydalanish mumkin. 
- mashg‘ulotlar orasida yo‘l qo‘yilgan uzoq tanaffuslar moslashish yutuqlari
darajasini pasaytiradi.
- sportchi tanasini moslashishi yuklama tarkibi va yo‘nalishi bilan bog‘liq yo‘nalishda ro‘y 
beradi. 
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi. 
Kam tezlikda 10-14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko‘payadi, yurak
qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4-6 hafta davomida mushak og‘irligi o‘sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori
ko‘payadi. 
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo‘lgandagina
moslashish jarayoni ro‘y beradi. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin