2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Moslashish bosqichlari 
Tezlik bilan ruy beradigan moslashish reaksiyasida quyidagi uch bosqich kuzatiladi:
1-bosqich berilgan ishni bajarilishini ta’minlovchi funksional tizimlar faoliyatini jadallashtirish 
bilan bog‘liq yurak urishi, nafas olish, kislorod yutish, laktat to‘planish va x.k kuchayishi. 
2-bosqich qordagi funksional tizimlarning faoliyatini mo‘tadillashuvini ifodalaydi.
Tananing nisbatan muqobil holatini ko‘rsatadi.
3-bosqich tana faoliyatiga (javobiga) yextiyoj va uni ta’minlash orasidagi muvofiqlikni 
buzilishi bilan bog‘liq. Bu ishchi tizimlar va a’zolarning harakati xamda faoliyatlarning asabiy 
boshqarish mexanizmlarini charchashi, shuningdek kuch zahiralarini nihoyalanishini ifodalaydi.
Tez moslashishning uchinchi bosqichiga ish bilan bog‘liq talablarni tanaga qayta - qayta 
yuklanaverishi uzoq muddatli moslashuvning shakllanishiga, shuningdek sport faoliyatini 
ta’minlovchi tana a’zolari tizimi va faoliyatini munosiblikdan chetlashuviga olib keladi.
Uzoq muddatli moslashishning shakllanishi tez moslashish kabi uch bosqichda kechadi. Mashq 
paytida ortiqcha zo‘riqish oqibatida mashq jarayonining tuzilish tizimiga putur yetgan bo‘lsa 
to‘rtinchi bosqich vujudga kelishi mumkin. 
1-bosqich tez moslashishni ko‘p marta qaytariladigan samaralarini umumlashtirish asosida 
uzoq muddatli moslashishi mexanizmlari kuchaytiriladi; 
2-bosqich reja asosida takrorlanadigan doimiy o‘sib boruvchi (ma’lum doirada) yuk 
asnosida harakatdagi a’zolar va to‘qimalarda tarkibiy hamda vazifaviy o‘zgarishlar jadal 
kechadi; 
3-bosqich a’zolar faoliyatining yangi darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira 
mavjudligida ifodalangan uzoq muddatli moslashishning muhim bosqichidir; 
Maqsadga yo‘naltirilgan mashq boshida moslashish jarayoni tez kechadi. Keyinchalik turli 
a’zolar va qismlarning rivojlanish darajasini ortib borishi asosida uzoq muddatli moslashishning 
shakllanish tezligi susayadi.

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin