Sport mashg‘ulotlari tizimida tayyorgarlik mashqlari Tayyorgarlik mashqlari asosiy va maxsus tayyorgarlik turlariga bo‘linadi.
Asosiy yo‘nalishiga qarab maxsus tayyorgarlik mashqlari asosan harakat shakllarini yegallashga
qaratilgan o‘rgatuvchi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarga bo‘linadi.
Umumiy tayyorgarlik mashqlari. Mashqlarning bu guruhi sportchining umumiy
tayyorgarlik vositasidan iborat bo‘ladi.
Umumiy tayyorgarlik mashg‘ulotini tashkil yetishda, umumtayyorgarlik mashqlarini
tanlashda quyidagilarni E’tibor ga olish zarur;
-mashqlarni barcha asosiy jismoniy sifatlarini keng rivojlanishiga va harakat ko‘nikma va
malakalarining fondini boyishiga ta’sirining samaradorligini hisobga olish;
-mashqda sport ixtisoslashuvi xususiyatlarini aks yetishini hisobga olish.
Bunda ko‘nikma, sifat, mashq bilan chiniqqanlikning ma’lum qoidasini hisobga olish
zarur, chunki u mashg‘ulot ishlari chog‘ida faqat ijbiy ko‘nikma va sifatlarnigina yemas,
balki sportning bu turida yomon ta’sir qiladigan salbiy narsalarni ham bir xilda
muvoffaqiyat bilan o‘tkazishni ta’minlaydi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning maqsadi va vazifalari: -texnik tayyorgarlikda qurilish materiali rolini o‘ynovchi yordamchi vazifaga yega bo‘lgan,
musobaqa mashqlari yoki maxsus mashqlarini bajarishni yaxshilashga yordam beruvchi
ko‘nikma va malalalarni ijobiy ko‘chirish bo‘yicha shakllantirish, mustahkamlash yoki
takomillashtirish uchun;
- tanlangan sport turi bo‘yicha yetarli darajada rivojlanmagan sifatlarni tarbiyalash vositasi
sifatida, ish qobilyatining umumiy darajasini oshirish uchun;
-faol dam olish sifatida qo‘llaniladi.
Sport mashg‘ulotlarining qo‘shimcha vositalari. Jismoniy mashq o‘z ahamiyatiga ko‘ra
sportchini tayyorlash tizimida asosiy asosiy vosita hisoblansa, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi
kuchlari (quyosh, havo, suv) va gigienik omillar (shaxsiy va jamoa gigienasi) jismoniy
mashqlarning samarali ta’sir yetishiga imkon beruvchi (ulardan to‘g‘ri foydalanilganda)
qo‘shimcha vosita sifatida foydalaniladi.