Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress xolati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF)
zaxirasini
kamayishi kuzatiladi, natijada maxsulotlarining parchalanish nisbati qolgan qismiga qaraganda
ortib ketadi, bu yesa moslashishning asosini tashkil yetadi. Moslashish jarayonida bir biriga
bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, jismoniy kuch ta’siri ostida yurak og‘irligi 20-
40 % ga ortishi mumkin, bu bilan bog‘liq ravishda yurak mushagining ingichka tomir
tarmoqlari
ham kattaradi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘aluvchining kuchi
borgan sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim xolat o‘rniga moslashishning buzilishi vujudga
keladi, negaki moslashishning vazifaviy zaxirasi tamom bo‘ladi.
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki,
sport bilan
shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini zo‘riqishga olib keladi. Bu
doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy rioya qilinmasa, og‘irlik
va tiklanish
to‘g‘ri bir - biriga munosib ravishda olib borilmagan chog‘da yuzaga keladi.
Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda sportchining moslashish zahiralarini
tiklanish va saqlanish shaxsiy xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi
omillar hisobga olinishi lozim.
Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi ikki turdagisi mavjud.
Dostları ilə paylaş: