2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi


Moslashish jarayonining davomiyligi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Moslashish jarayonining davomiyligi 
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi.


Kam tezlikda 10-14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko‘payadi,
yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4-6 hafta davomida mushak og‘irligi o‘sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori
ko‘payadi. 
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo‘lgandagina
moslashish jarayoni ro‘y beradi. 
Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni to‘g‘ri tashkil yetish natijasidir. 
 
Sport mashg‘ulotlarining vositalari 
Insonning harakat faoliyati asosida harakat vazifalarini bajarish usuli sifatidagi harakat 
kuchi yotadi. Sport mashg‘ulotlarining vositalari - sportchini mahoratiga to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki 
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi har xil jismoniy mashqlardir. Sport mashg‘ulotlarini vositalar 
tizimiga aniq sport turini, mutaxassislik sport predmeti bo‘lib hisoblanadigan mashqlar tanlanadi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari harakat faoliyatining vazifalarini xal yetish 
vositalaridir. Harakat kuchi makondagi harakat shakli (harakat) va holatlar (vaziyat)dan iborat 
bo‘lishi mumkin. Qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra harakat kuchi maishiy, mehnat, o‘quv yoki sport 
harakteriga yega bo‘lishi mumkin. Agar biz yurib ketayotgan transportga ( masalan, 
avtobusga)yetib chiqib olish uchun yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish maishiy
yo‘nalishga yega bo‘ladi. Agar biz yugurish texnikasini yaxshilash yoki chidamlilik, tezlikni 
oshirishi maqsadida yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish sport yo‘nalishiga yega 
bo‘ladi. Shuning uchun xam xar qanday harakat kuchi jismoniy mashq hisoblanavermaydi, faqat 
ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan jismoniy takomillashish yoki sport tayyorgarligi vazifasini hal 
yetuvchilarigina jismoniy mashq doirasiga kirishi mumkin. 
Jismoniy mashqlar bir (yegilish, o‘tirish, va x.k) yoki bir qator harakatlardagi (o‘yinlar, 
gimnastika mashqlari va boshqa) iborat bo‘lishi mumkin. 
Sport mashqlari harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish yoki
sportchini funksional imkoniyatini oshirishga qaratiladi. Har ikkala holatda xam bu sportchiga 
taqdim yetilayotgan ishga moslashish (tanani harakat faoliyatiga ko‘nikishi) qonuniyati bo‘yicha 
amalga oshadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish paytida kishi tanasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar mashq 
samarasi sifatida belgilanadi. Mashq bajargandan keyin tanada qoladigan o‘zgarishlar izli mashq 
samarasi sifatida belgilanadi. 
Mashg‘ulotlar, izli mashq samaradorligining ma’lum davrini umumlashtirish yakuniy
yoki mashq samaralarining ma’lum davrini umumlashtirish yakuniy yoki mashq samarasi 
sifatida belgilanadi. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin