2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi


Makrosikllarda mashg‘ulotlar jarayonining tuzish metodikasi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Makrosikllarda mashg‘ulotlar jarayonining tuzish metodikasi. 
Makrosikllarning umumiy strukturasi va turlari.
Mashg‘ulot makrosikllarining tuzish metodikasi birinchi navbatda mashg‘ulotda 
quyilgan asosiy vazifaga bog‘liq bo‘lib, bu vazifani mashg‘ulot jarayonida bajariladi. Ko‘p 
yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichida (bu bosqichning asosiy vazifasi har tomonlama 
gormonik jismoniy rivojlanish asosida samaradorroq) tayyorgarlik uchun texnik va funksional 
(ko‘nikma va malakalarni) tuzish mashg‘ulot makrosikllarini tuzilishi sportchi o‘zini individual 
imkoniyatlarini maksimal ravishda amalga oshirish bosqichida tuziladigan makrosikllar asosida 
tuziladi. Bunda sportchi tayyorgarligining hamma tomoni parallel rivojlantiriladi. Ayrim 
hollardagina (qachonki tayyorgarlikning ma’lum bir tomonini takomillashtirishga E’tibor 
berilishi kerak bo‘lganda, yaqqol ko‘rinib turgan kamchiliklarni tuzatganda) sportchining texnik, 
taktik, jismoniy psixik tayyorgarligining vazifalari hal yetiladi.
Keyinchalik qachonki yuqori sport ko‘rsatkichlariga yerishish uchun va musobaqalarda 
yaxshi qatnashish uchun sportchilarga o‘zlarining individual imkoniyatlarini maksimal holda 
ishlatish vazifasi quyilganda mashg‘ulotlar makrostrukturalari ancha murakkab (har bir holatda 
konkret aniqlashgan) xarakterda bo‘ladi.
Makrosikllarning davo yetishi va tuzilishi ko‘pgina faktorlar bilan belgilanadi. Bu 
faktorlar ichida birinchi navbatda sport turining maxsus xususiyatlarini va sport mahoratini 
tashkil yetuvchi asosiy qonuniyatlarni: sportchining aniq musobaqalarga (masalan: Yevropa 
dunyo Olimpiya birinchiliklariga) tayyorgarlik ko‘rishi zarurligini: sportchining individual 
adaptasiya qilish imkoniyatlarini, tayyorgarlik strukturasini, o‘tilgan mashg‘ulot mazmunlarini 
aytib o‘tish kerak.
Mashg‘ulotning makrostrukturasida har xil makrosikllar ajralib chiqadi. Bu 
makrosikllar (to‘lqinsimon bo‘lib) goh pasayib goh ko‘tarilib bir necha oydan yilgacha davom 
yetishi mumkin. 4 yillik makrosikllar olimpiada uyinlariga rejali ravishda tayyorgarlik ko‘rishni 
tashkil yetish uchun tuziladi. Bunday holda makrosiklning har bir yillik bosqichining mazmuni 
va vazifasi orqali bajarilishiga qaratilgan.
Sport musobaqalari taqvimini doimiy ravishda kengayib borishi 3-4 ta makrosikllarni 
kelib chiqishiga olib keldi. Bu musobaqa taqvimiga ko‘pgina hal qiluvchi musobaqalar bo‘lib 
ularni o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan. Sport musobaqalarini tobora ko‘payib borishi sport 
tayyorgarligi uchun material bazasini yaxshilashga olib keldi.

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin