b) zarbali mikrosikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi.
Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy texnik va
taktik, jismoniy axloqiy irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni yechishda
yordamlashishdan iboratdir.
Bularni asosiy o‘rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik bosqichi va shaxsiy
musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v) yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrosikllar - asosiy vazifasi musobaqaga
yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi.
Murabbiy asosan sportchini mexnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga
asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.
g) qayta tiklovchi mikrosikllar - bular bilan ko‘pincha zarbali mikrosikllar seriyasi
tugallanadi.
Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin xam (rejalashtiriladi)
rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrosikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining
dasturiga binoan tuziladi. Mashg‘ulot mikrosikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini rhorganizmiga, har xil xajmdagiva yo‘nilishdagi yuklama qanday ta’sir
ko‘rsatishini;
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom yetish
vaqtini.
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida
va o‘rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.
Mikrosikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil
tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,
b) mashg‘ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo‘qligiga.
v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya - mikrosiklda katta va anchagina yuklamali, optimal
mashg‘ulot soni kiritib ular o‘zaro rasional holda hamda kichik yuklamali mashg‘ulotlar bilan
almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar soni va ularning
yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsasa, uchinchi tipdagi reaksiya -
mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar rasional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya
berishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: