ta’sir ko‘rsatmaydi. Ish qobiliyatini kuchaytirish va qayta tiklash vositalarni ishlatishni
boshqarishda yuklamadan keyin charchash ko‘rinishlarini tezroq yo‘qotishdir.
Mikrosikllarda mashg‘ulotni umumiy xajmini oshirish, hamda ayrim mashqlarning
shiddatini kutarish, katta yuklamali mashg‘ulotlar sonini oshirish bilan bog‘liq.
Sportchilarni mashg‘ulot yuklamasi oldidan dastlabki ish qobiliyatini kuchaytirish ham
ish qobiliyatini boshqarish vositasi hisoblanadi. Mashg‘ulotni xajm va shiddatini oshirib borish
funksional zahiralarni kuchayishini, bu yesa qonda yenergiya tashish va nafas olishlarini
tezlashtirib, shu jarayonga moslashishi samaradorligini oshiradi.
Oldingi va keyingi mashg‘ulotlarni yo‘nalishini hisobga olgan holda qayta tiklash
muolajalarini rejalashtirish.
Sportchilarni tayyorlash jarayonida ish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash vositalarini
rejalashtirishda tayyorlash jarayoni hisobga olgan holda aniq vazifa bilan bog‘lash zarur.
Ko‘rsatilgan vositalarni shartli ravishda uch: joriy oraliq va bosqichli darajada qabul
qilinishi mumkin.
Joriy ish qobiliyatini kuchaytirish - va qayta tiklash jarayonining vazifasi, bitta
mashg‘ulotni dasturini to‘liq bajarish maqsadida tez ish qobiliyatini kuchaytirish hisoblanadi.
Oraliq darajadagi tadbirlar bilan mezo va mikrosikllarda ayrim musobaqalarda sportchi
organizmini optimallashtirishga qaratiladi.
Bosqichlardagi darajada trenirovka makrosikllaridan keyin sportchilarni funksional holatini
me’yoriga tushirish, ularni jismoniy va psixologik tomondan qayta tiklash masalasi quyiladi.
Dostları ilə paylaş: