Образование и инновационные исследования (2022 год №7) ISSN 2181-1717 (E) 255 http://interscience.uz
TA’LIM TIZIMI VA MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHDA “VIRTUAL EKSKURSIYA” METODINI QO’LLANILISHINING AHAMIYATI https://doi.org/10.53885/edinres.2022.7.7.051
Tilakova Mavjuda Ashurovna, Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, “Pedagogika va psixologiya ta`lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri Eshmanova Nodira Nazarkulovna, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “ Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada kreativ qobiliyatlarga xos xususiyatlar, jumladan, o‘ziga xos tafakkur, mustaqil, dadil, shaxsiy fikr; muayyan masala yechimini topishda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni boshqalarini hal etishga ko‘chirish; ob’yektni uning qismlarining birligida, yaxlitlikda idrok qilish; tahlil qilish va sintezlash qobiliyati; kerakli axborotni zarur paytda uzatish; turlicha idrok qilish, kuzatish, tekshirib borish; o‘xshatish, ichki tuyg‘uni (intuitsiyani) ishga solish; ajrata bilish, talqin qilish; ijodiy taxmin qilish va tasavvur etish; yakuniga yetkazish, takomilllashtirish; aks ettirish, tubdan o‘zgartirish kabilar bo‘yicha fikr- mulohazalar bayon etilgan. Kalit so`zlar: kreativ qobiliyat, tarixiy-madaniy meros, intellectual, “Virtual ekskursiya”, ijodiy, emotsional-hissiy, mustaqil, dadil, shaxsiy fikr, nosandartlik, muayyan masala yеchimini topishda egallangan bilim, ko`nikma va malakalar, axborot, birlik, innovatsion metod, didaktika